TikTok videoga Hadya yuborish

Ijodkorning kontentiga reaksiya bildirish va minnatdorchilikni koʻrsatish uchun TikTokdagi videoga Hadya yuborishingiz mumkin.

Hadya yuborish uchun Tanga xarid qilishingiz kerak. Hadya yuborganingizda hisobingiz balansidan shu Hadyaning Tangadagi qiymati yechib olinadi.

Eslatma:
•  Hadyalar yuborish imkonini beruvchi Tangalarni sotib olish uchun yoshingiz 18 dan katta boʻlishi (yoki Janubiy Koreyada 19 yosh) lozim.
•  Hadyalar faqat bir qancha mamlakatda ishlaydi.
•  Hadya yuborish virtual elementlar siyosatimizga bogʻliq.
•  Videolarga Hadyalarni faqat shaxsiy hisoblardan yuborishingiz mumkin. Biznes hisoblar, hukumat, siyosatchi va siyosiy partiya hisoblari va boshqa davlat manfaatiga ega hisoblar kontent uchun Hadya yuborishi yoki qabul qilishi mumkin emas.



TikTokda videoga Hadya yuborish


1. TikTok ilovasida biror videodagi Fikrlar tugmasini bosing.
2. Fikr bildirish bandi yonidagi Hadya tugmasini bosing. Agar Hadyalar chiqmasa, unda ayni vaqtda bu video Hadyalarni qabul qila olmaydi.
3. Yuborish uchun Hadyani tanlang.
4. Koʻproq Tanga sotib olish kerak boʻlsa, Toʻldirish tugmasini bosing va toʻlovni amalga oshirish koʻrsatmalarini bajaring. 
5. Firk yozing va Yuborish tugmasini bosing. 





Foydali boʻldimi?