TikTokdagi JONLI efir hadyalari

Boʻlimga kirish


TikTokdagi JONLI efir hadyalari nima?  •  JONLI efir uchun muvofiqlik talablari qaysilar?  •  JONLI efir hadyalari qanday boshqariladi 






TikTokda JONLI efir Hadyalari nima?


JONLI efir hadyalari ijodkorlarga Olmoslar toʻplash imkonini beradigan funksiyalardan biri boʻlib, ular JONLI efiringizning ommabopligiga qarab beriladi.

JONLI efir hadyalarini yoqib JONLI efirni boshlaganingizdan keyin tomoshabinlar virtual Hadyalar yuborishi mumkin, ular ekranda qalqib chiqadi. Bu Hadyalar tomoshabinlaringizga real vaqtda kontentingizga reaksiya bildirish va oʻz minnatdorligini bildirish imkonini beradi va tomoshbinlar tomonidan kontentingizni ommabop qilish yoʻllarining biridir. Biz kontentingiz ommalashgani sari sizga Olmoslar taqdim etamiz.

JONLI efir oxirida JONLI efir xulosasida olingan Olmoslarning umumiy miqdorini koʻrishingiz mumkin.

Eslatma: JONLI efir vaqtida Hadyalar olish va Olmoslar toʻplash virtual elementlar siyosatimizga koʻra amalga oshiriladi.






JONLI efir hadyalarini olish uchun muvofiqlik talablari qaysilar?


JONLI efir hadyalarini yoqish uchun siz quyidagi talablarga javob berishingiz lozim:
•  JONLI efir hadyalari ishlaydigan hududda yashash.
•  18 yoshdan katta boʻlish (yoki Janubiy Koreyada 19 yosh).
•  JONLI efir qilishga muvofiq boʻlish.
•  Yaxshi nomga ega va Hamjamiyat qoidalari va Xizmat shartlarimizga muvofiq boʻlgan hisobga ega boʻlish.

Eslatma: Hukumat, siyosatchi va siyosiy partiya hisoblari va boshqa davlat manfaatiga ega hisoblar JONLI efir Hadyalari orqali Olmos toʻplashiga ruxsat etilmaydi.







JONLI efir hadyalarini boshqarish


JONLI efir hadyalarini yoqish yoki oʻchirish uchun:
1.
JONLI efir ekranida Sozlamalarga bosing.
2.
JONLI efir hadyalari sozlamasini yoqing yoki oʻchiring.
3.
JONLI efir ekranida har qanday qoʻshimcha kiriting va yakunlash uchun JONLI efirni boshlash bandiga bosing.


Foydali boʻldimi?