Email va telefon raqami

Boʻlimga kirish


Bir qancha TikTok hisobida bitta email manzilidan foydalanish mumkinmi?  •  TikTokda email manzilini qoʻshish, oʻzgartirish yoki olib tashlash  •  Bir qancha TikTok hisobida bitta telefon raqamidan foydalanish mumkinmi?  •  TikTokda telefon raqamini qoʻshish, oʻzgartirish yoki olib tashlash 






Bir nechta TikTok hisobida bitta email manzilidan foydalanish mumkinmi?


Email manzilingizni faqat bitta TikTok hisobiga ulash mumkin, shu sababli, qoʻshimcha yoki bir nechta hisob yaratish uchun bir xil email manzilidan foydalana olmaysiz. Agar yangi hisob yaratmoqchi boʻlsangiz, boshqa email manzilidan foydalaning yoki mavjud hisobingizga ulangan email manzilini oʻzgartiring.

Yodda tuting:
•  Agar TikTok hisobingizga kirishda muammoga duch kelayotgan boʻlsangiz, parolingizni tiklashingiz mumkin.
•  Agar hozirda email manzilingiz ulangan TikTok hisobingizni oʻchirsangiz, u avval 30 kun davomida faolsizlantiriladi, keyin oʻchiriladi. Bu email manzilini 30 kundan keyin yangi hisobga ulashingiz mumkin.

TikTok hisobingizga ulangan email manzilini topish uchun:
1. TikTok ilovasida pastki qismdagi
 Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi
Menyu ☰ tugmasini bosing.
3.
Sozlamalar va maxfiylik bandini bosing.
4.
Hisob tugmasini bosing.
5. Avval
Foydalanuvchi haqidagi axborot, keyin Email bandini bosing.






TikTokda email manzilini qoʻshish, oʻzgartirish yoki olib tashlash


Hisob sozlamalaridan email manzilingizni istalgan vaqtda qoʻshish yoki oʻzgartirishingiz mumkin; uni olib tashlash uchun muqobil hisobga kirish usulini taqdim etishingiz kerak.

Hisobingizga har doim telefon raqamini qoʻshish tavsiya qilinadi, bu email manzilingizga kirish imkoniyatini yoʻqotsangiz, hisobingizga kirishga yordam beradi. Hisobingizga telefon raqamini qoʻshish 2 bosqichli tekshiruv yordamida hisobingiz himoyasini kuchaytirish hamda reklama tajribasini yaxshilash va moshlashtirish imkonini ham beradi.

TikTokda emailingiz qanday ishlatilishi haqida batafsil..

Hisobingizga email manzilini qoʻshish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi
Profil tugmasini bosing.
2. Yuqori qismdagi 
Menyu ☰ tugmasini bosing.
3.
Sozlamalar va maxfiylik ruknini tanlang.
4. Avval
Hisob, keyin Foydalanuvchi axboroti tugmasini bosing.
5
Email bandini bosing, email manzilingizni kiriting, keyin shaxsingizni tasdiqlash uchun Kod yuborish tugmasini bosing.
6. Email manzilingizga yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting.

TikTok hisobingizga ulangan email manzilini oʻzgartirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi
Profil tugmasini bosing.
2. Yuqori qismdagi 
Menyu ☰ tugmasini bosing.
3.
Sozlamalar va maxfiylik ruknini tanlang.
4. Avval
Hisob, keyin Foydalanuvchi axboroti tugmasini bosing.
5
Email bandini bosing, keyin Emailni oʻzgartirish tugmasini bosib, joriy emailingizga yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting. 6. Keyingi oynada yangi email manzilini kiritib, Kod yuborish tugmasini bosing va yangilangan emailingizga yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting.

Eslatma: Tasdiqlash kodlari emailingizga yuboriladi, shunga hisobingizga ulangan eski email manzili ham, yangi email manzili ham faol boʻlishi va tasdiqlanishi lozim.

TikTok hisobingizga ulangan email manzilini olib tashlash uchun:
1. TikTok ilovasining pastki qismdagi
 Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi
Menyu ☰ tugmasini bosing.
3.
Sozlamalar va maxfiylik bandini bosing.
4.
Hisob tugmasini bosing.
5. Avval
Foydalanuvchi haqidagi axborot, keyin Email bandini bosing.
6. Avval
Emailni uzish, keyin Uzishda davom etish tugmasini bosing.
7. Email manzilingizga yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting.






Bir nechta TikTok hisoblarda bitta telefon raqamidan foydalanish mumkinmi?


Mobil telefon raqamingizni faqat bitta TikTok hisobiga ulash mumkin, shu sababli, boshqa bir yoki bir qancha hisob yaratish uchun bir xil telefon raqamidan foydalana olmaysiz. Agar yangi hisob yaratmoqchi boʻlsangiz, boshqa telefon raqamidan foydalaning yoki mavjud hisobingizga ulangan telefon raqamini oʻzgartiring.

Yodda tuting:
•  Agar TikTok hisobingizga kirishda muammoga duch kelayotgan boʻlsangiz, parolni tiklashingiz mumkin.
•   Agar hozirda telefon raqamingiz ulangan TikTok hisobingizni oʻchirsangiz, u avval 30 kun davomida faolsizlantiriladi, keyin oʻchiriladi. Bu telefon raqamini 30 kundan keyin yangi hisobga ulashingiz mumkin.

Hisobingizga ulangan telefon raqamini topish uchun:
1. TikTok ilovasining pastki qismdagi
 Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi
Menyu ☰ tugmasini bosing.
3.
Sozlamalar va maxfiylik bandini bosing.
4. Avval
Hisob, keyin Foydalanuvchi axboroti tugmasini bosing.
5.
Telefon raqami bandini bosing.






TikTokda telefon raqamini qoʻshish, oʻzgartirish yoki olib tashlash


Hisob sozlamalaridan telefon raqamingizni istalgan vaqtda qoʻshish yoki oʻzgartirishingiz mumkin; uni olib tashlash uchun muqobil hisobga kirish usulini taqdim etishingiz kerak. Hisobingizga email manzilini qoʻshish tavsiya qilinadi, bu telefon raqamingizdan foydalanish imkoniyatini yoʻqotsangiz, hisobingizga kirishga yordam beradi. Hisobingizga email manzilini qoʻshish 2 bosqichli tekshiruv yordamida hisobingiz himoyasini kuchaytirish hamda reklama tajribasini yaxshilash va moshlashtirish imkonini beradi. TikTokda telefon raqamingiz qanday ishlatilishi haqida batafsil.

Hisobingizga telefon raqamini qoʻshish uchun:
1. TikTok ilovasining pastki qismdagi
 Profil tugmasini bosing.
2. Yuqori qismdagi 
Menyu ☰ tugmasini bosing.
3.
Sozlamalar va maxfiylik ruknini tanlang.
4.
Hisob bandini bosing.
5. Avval
Foydalanuvchi axboroti, keyin Telefon raqami bandini bosing.
6. Telefoningizga yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting.

Hisobingizga ulangan telefon raqamini oʻzgartirish uchun:
1. TikTok ilovasining pastki qismdagi
 Profil tugmasini bosing.
2. Yuqori qismdagi 
Menyu ☰ tugmasini bosing.
3.
Sozlamalar va maxfiylik ruknini tanlang.
4.
Hisob bandini bosing.
5. Avval
Foydalanuvchi axboroti, keyin Telefon raqami bandini bosing.
6. Keyingi oynada yangi telefon raqamini kiritib,
Kod yuborish tugmasini bosing va yangilangan telefon raqamingizga yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting.

Eslatma: Tasdiqlash kodlari telefoningizga yuboriladi, shu sababli, hisobingizga ulangan eski telefon raqami ham, yangi telefon raqami ham faol boʻlishi va tasdiqlanishi lozim.

Hisobingizga ulangan telefon raqamini olib tashlash uchun:
1. TikTok ilovasining pastki qismdagi
 Profil tugmasini bosing.
2. Yuqori qismdagi 
Menyu ☰ tugmasini bosing.
3.
Sozlamalar va maxfiylik ruknini tanlang.
4.
Hisob bandini bosing.
5. Avval
Foydalanuvchi axboroti, keyin Telefon raqami bandini bosing.
6. Avval
Telefonni uzish, keyin Uzishda davom etish bandini bosing.
7. Telefoningizga yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting.

Hisobingiz xavfsizligini taʼminlash haqida batafsil.




Foydali boʻldimi?