Boʻlimga kirish
Kirish kaliti nima? • TikTokda nega kirish kalitidan foydalanish kerak? • Kirish kalitlari qanday ishlaydi? • TikTokda kirish kalitini sozlash • Boshqa qurilmada kirish kaliti orqali hisobga kirish • Kirish kalitlarini oʻchirish yoki faolsizlantirish
Kirish kaliti nima?
Kirish kaliti mobil qurilmangizda saqlanadigan kriptografik kalit boʻlib, parolni eslab qolish zaruratisiz TikTok hisobingizga kirish uchun ishlatilishi mumkin.
Android va Apple qurilmalarida kirish kalitlari haqida batafsil.
TikTokda kirish kalitidan foydalanish uchun quyidagi talablarga javob berishingiz lozim:
Android
• Android 9.0 yoki undan keyingi versiyada ishlovchi qurilmaga ega boʻlish.
• Qurilmangizda ekran quli yoqilgan boʻlishi.
Apple
• iOS 16, iPadOS 16, macOS Ventura, tvOS 16 yoki undan keyingi versiyalarga ega Apple qurilmasiga ega boʻlish kerak.
• Apple qurilmangiz sozlamalarida iCloud kalitlar zanjiri yoqilgan boʻlishi lozim. Batafsil axborot uchun Apple Support sahifasiga kiring.
• Apple ID hisobingizda ikki bosqichli autentifikatsiya yoqilgan boʻlishi lozim. Batafsil axborot uchun Apple Support sahifasiga kiring.
TikTokda nega kirish kalitidan foydalanish kerak?
Kirish kalitlari anʼanaviy parollarga qaraganda yanada xavfsizroq va soddalashtirilgan hisobga kirish usulini taqdim etishi mumkin, chunki ular Face ID (Apple), Passcode (Apple), Touch Unlock (Android) va PIN kod (Android) kabi allaqachon qurilmangizda ruxsat berilgan xavfsizlik funksiyalaridan foydalanadi. TikTok ushbu biometrik maʼlumotlarga kira olmaydi va autentifikatsiya qabul qilinsagina xabardor qilinadi
Face ID va Touch IID haqida batafsil axborot uchun Apple Support sahifasiga kiring. Android Face yoki Touch Unlock va PIN kodlar tafsilotlari uchun Android Help manziliga kiring.
Kirish kalitlari qanday ishlaydi?
Kirish kaliti ikkita kalit – siz foydalanayotgan veb-sayt yoki ilovaga ulangan ommaviy kalit hamda shaxsiy iCloud Keychain, Google Password Manager va 1Password kabi boshqa parollar menejerida maxfiy va xavfsiz tarzda saqlanadigan kalitdan iboratdir. Bu sizga kirish kaliti yoqilgan TikTok hisobingizga Apple ID yoki Google hisobingizga kirilgan har qanday qurilmadan kirish imkonini beradi.
Kirish kalitingiz bilan hisobingizga kirganingizda qurilmangiz qurilmangizda saqlangan shaxsiy kalit va TikTok bilan saqlangan ochiq kalit oʻrtasida moslashni boshlash uchun shaxsingizni yuz, barmoq izi yoki kirish kodingiz bilan autentifikatsiya qiladi. Biz biometrik yoki maxfiy kalit maʼlumotlaringizga kira olmaymiz va faqat autentifikatsiya qabul qilinsagina, bizga xabar beriladi.
TikTokda kirish kalitini sozlash
TikTok hisobingizda kirish kalitini sozlash uchun:
1. TikTok ilovasining quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqori qismdagi Menyu ☰ tugmasini bosing.
3. Sozlamalar va maxfiylik bandini bosing.
4. Hisob tugmasini bosing.
5. Avval Kirish kaliti tugmasi, keyingi oynada esa Sozlash tugmasini bosing va berilgan koʻrsatmalarni bajaring. Agar Google parollar menejeri orqali kirish kaliti yaratsangiz, sozlashni yakunlash uchun ushbu ekranga yoʻnaltirilasiz.
Keyingi safar hisobga kirishingizda saqlangan kirish kaliti orqali kirish taklif etiladi.
Boshqa qurilmada kirish kaliti orqali hisobga kirish
Kirish kalitlari sozlanganidan keyin boshqa Apple yoki Android qurilmangizda boshqa qurilma yoki kirish ekranidagi kirish usullari orqali TikTok hisobingizga kirishingiz mumkin. Hisobga kirganingizdan keyin sizdan qurilmangiz bilan QR kodni skanerlash soʻraladi. Bunga muqobil ravishda, agar Apple qurilmasidan foydalanayotgan boʻlsangiz, kirish kalitlarini boshqa qurilmaga ulashish uchun AirDrop ishlatishingiz mumkin.
Kirish kalitlarini oʻchirish yoki faolsizlantirish
TikTokka kirish uchun yaratgan kirish kalitingizni qurilmangiz sozlamalari orqali oʻchirishingiz mumkin. Kirish kaliti olib tashlanganidan keyin, agar yangi kirish kalitini yaratmasangiz, keyingi safar TikTok hisobingizga kirishda kirish kalitidan foydalana olmaysiz.
Kirish kalitini qurilma sozlamalaridagi iCloud kalitlar zanjiri yoki Google parollar menejeridan ham faolsizlantirishingiz mumkin. Bu kiritish kalitingizni oʻchirmaydi, lekin siz qurilmangizda TikTok yoki boshqa ilovalarda hisobingizga kirish uchun iCloud yoki Google hisobingizga sinxronlangan kirish kaliti yoki boshqa axborotlaringizga kira olmaysiz. Agar 1Password kabi boshqa parollar menejeridan foydalansangiz, uni kalit sozlamalaridan olib tashlash mumkin.
iPhone va Mac qurilmasidan kirish kalitini olib tashlash haqida batafsil axborot uchun Apple Support sahifasiga kiring.