Intellektual mulk

Boʻlimga kirish


TikTokda intellektual mulk  •  Intellektual mulkni olib tashlash haqida maʼlumotlar  •  Intellektual mulkka oid resurslar 






TikTokda intellektual mulk


TikTok boshqalarning intellektual mulk (IP) huquqini hurmat qiladi va biz sizdan ham shuni kutamiz. Xizmat shartlari va Hamjamiyat qoidalariga koʻra, boshqa birovning mualliflik huquqi, savdo belgisiga boʻlgan huquqi yoki boshqa intellektual mulk huquqlarini buzadigan yoki ularga tajovuz qiladigan kontentni joylash, ulashish yoki yuborish taqiqlanadi.

Batafsil maʼlumot uchun Intellektual mulk siyosati bilan tanishing.

TikTokda intellektual mulk haqida bilish kerak boʻlgan muhim maʼlumotlar:
•  Bu sahifadagi maʼlumotlar asosan foydalanuvchi yaratgan kontentga taalluqlidir. Ehtiyojlaringizni yaxshiroq qondirish uchun bizda TikTok Shop va TikTok For Businessʼni dastaklovchi intellektual mulk boʻyicha maxsus jamoalar mavjud. Batafsil maʼlumot uchun TikTok Shop Intellektual mulk siyosati va Reklamalar uchun intellektual mulkka tajovuzga qarshi kurashish qoidalarini koʻrib chiqing.  
•  Intellektual mulk huquqiga oid maxsus qonunlar va tartib-qoidalar turli yurisdiksiyalarga qarab farq qilishi mumkin. Muayyan bir mamlakat yoki hududdagi qonuniy talablar haqida savollaringiz boʻlsa, huquqiy maslahat xizmatiga murojaat qiling, chunki TikTok huquqiy maslahat bilan taʼminlay olmaydi yoki uchinchi tomon sifatida nizolarga aralasha olmaydi.  
•  Bu sahifadagi, Mualliflik huquqi hamda Savdo belgisi va qalbakilashtirish haqidagi barcha axborotlar intellektual mulkka oid mavzular boʻyicha umumiy maʼlumot uchun keltirilgan. Intellektual mulkka oid batafsil axborotni Intellektual mulk siyosatidan olishingiz mumkin.

TikTokda cmualliflik huquqi hamda tsavdo belgisi va qalbakilashtirish haqida batafsil.






Intellektual mulkni olib tashlash haqida maʼlumotlar


Mualliflik huquqi va savdo belgisiga boʻlgan huquq bilan bogʻliq holda kontentni olib tashlash holatlari toʻgʻrisidagi bildirishnomalar boʻyicha eng soʻngi maʼlumotlar bilan Intellektual mulkni olib tashlash soʻrovlari haqida hisobotda tanishishingiz mumkin.






Intellektual mulkka oid resurslar


TikTok resurslari
•  Hamjamiyat qoidalari
•  Intellektual mulk siyosati
•  Xizmat shartlari

Global resurslar
•  Butunjahon intellektual mulk tashkiloti

Mahalliy resurslar
•  Yevropa Ittifoqining Intellektual mulk idorasi
•  AQSH Patent va savdo belgisi idorasi


Foydali boʻldimi?