Boʻlimga kirish
Savdo belgisi nima? • Savdo belgisi himoyasi qanday olinadi • TikTokda savdo belgilaridan foydalanish • Savdo belgisiga tajovuzlar • Hisob tanbehlari va bloklanishlari • Qalbakilashtirish nima? • Qanday turdagi mahsulotlar qalbakilashtiriladi? • Qalbakilashtirish nega zararli? • Qalbakilashtirish noqonuniymi? • TikTokda qalbakilashtirishdan qanday qilib saqlanish
Savdo belgisi nima?
Savdo belgisi – bu mahsulot yoki xizmatning manbasini aniqlaydigan va uni boshqa mahsulot yoki xizmatlardan ajratib turadigan soʻz, belgi, shior, dizayn yoki yuqorida aytilganlarning har qanday birikmasidir.
Savdo belgisi himoyasini qanday olish mumkin
Savdo belgisi himoyasini milliy yoki hududiy savdo belgisi idorasida registratsiya qilish orqali olishingiz mumkin.Savdo belgisini registratsiya qilish talablari haqida batafsil maʼlumot olish uchun tegishli savdo belgisi idorasi veb-saytiga kiring.
Umumiy qoidaga koʻra, himoya doirasi nafaqat bir xil mahsulot yoki xizmatlarda ishlatiladigan bir xil belgilarga, balki belgi roʻyxatga olingan yurisdiksiyalarda tegishli mahsulotlar yoki xizmatlarda ishlatiladigan oʻxshash belgilarga ham taalluqlidir.Savdo belgisi himoyasi odatda 10 yil davom etadi va agar registratsiya yangilanmasa, tugaydi.
Agar mamlakat yoki mintaqangizdagi savdo belgisiga oid talablar haqida savollaringiz boʻlsa, biror huquqshunosga maslahat soʻrab murojaat qilishingiz mumkin.
TikTokda savdo belgilaridan foydalanish
TikTokda boshqaning registratsiya qilingan savdo belgisidan uning ruxsatisiz foydalanishga ruxsat etiladimi?
Xizmat shartlari va Hamjamiyat qoidalariga koʻra, boshqa shaxsning mualliflik huquqi, savdo belgisiga boʻlgan huquqi yoki boshqa intellektual mulk (IP) huquqlarini buzadigan yoki ularga tajovuz qiladigan kontentni joylash, ulashish yoki yuborish taqiqlanadi.Bu boshqa shaxsning registratsiya qilingan savdo belgisidan mahsulotlar yoki xizmatlarga bogʻliq holda tegishli mahsulotlar va/yoki xizmatlarning manbasi, kelib chiqishi, homiyligi yoki tegishliligi borasida chalkashlik, aldov yoki xatoga sabab boʻladigan tarzda ruxsatsiz foydalanishni oʻz ichiga oladi.
Quyidagi maqsadlarda boshqaning savdo belgisidan foydalanish odatda qoidalarimizni buzish hisoblanmaydi:
• Savdo belgisi egasining mahsulot yoki xizmatlariga aniq havola berish, qonuniy fikr bildirish, tanqid qilish, parodiya qilish yoki tavsiflash.Masalan, mahsulot haqidagi sharhlarni joylash va mahsulot manbasini tasdiqlash usuli sifatida savdo belgisini eslatib oʻtish.
• Agar belgi insonga yoki uchinchi tomonga tegishli mahsulot va xizmatlarni belgilash uchun ishlatilmasa, ularni boshqa mahsulot yoki xizmatlar bilan taqqoslash.
• Agar siz brend nomidan gapirishni yoki unga aloqadorlikni daʼvo qilmasangiz yoki brendning IP huquqlarini boshqa tarzda buzmasangiz, hatto brendning ruxsatisiz ham brend haqida muxlis sahifasini yaratish.
Yodda tuting, agar foydalanuvchi nomingiz, nikingiz, profilingiz rasmi va biometrik maʼlumotlaringizni boshqa shaxsning savdo belgisiga boʻlgan huquqini buzsa, biz uni tozalashimiz mumkin.Biroq biror savdo belgisiga egalik qilish bu savdo belgisi egasiga har doim ham ushbu belgi bilan bir xil yoki unga oʻxshash foydalanuvchi nomini olish huquqini bermaydi (agar bu foydalanuvchi nomi savdo belgisi egasi huquqlarini buzmasa).
Savdo belgisi huquqlarini buzish holatlari
TikTokda savdo belgisiga boʻlgan huquqingiz buzilsa, nima qilish kerak
Agar boshqa bir inson savdo belgisiga boʻlgan huquqingizni buzdi, deb hisoblasangiz, bu masalani hal qilish uchun bevosita shu insonga murojaat qilishingiz mumkin.Yoki bizning onlayn shaklimiz yoki ilovada huquqbuzar kontentni TikTokdan olib tashlashni soʻrash uchun Mualliflik huquqiga tajovuz haqida shikoyat yuborishingiz mumkin.
TikTokda savdo belgisiga tajovuz haqida shikoyat qilish uchun:
1. TikTok ilovasida siz shikoyat qilmoqchi boʻlgan posst yon tomonidagi Ulashish tugmasiga tegining.
2. Xabar berish tugmasiga tegining.
3. Kontrafakt va intellektual mulk tugmasiga tegining.
4. Intellektual mulk huquqi buzilishi tugmasiga tegining va xabar berish uchun quyidagilarni bajaring.
Reklamalarda savdo belgisi qoidalarining buzilishi haqida xabar berish uchun
• Onlayn shaklimiz orqali biz bilan bogʻlaning.TikTok Shopda savdo belgisiga tajovuzlar haqida shikoyat qilish uchun:
• Onlayn shaklimiz orqali biz bilan bogʻlaning.
IM tajovuzlari haqida bilish zarur boʻlgan muhim narsalar:
• Murojaatingizda barcha kerakli va aniq maʼlumotlarni, jumladan, savdo belgisi registratsiyasi haqidagi yaroqli guvohnomani taqdim etishingiz kerak, aks holda shikoyatingiz rad etilishi mumkin.
• Savdo belgisiga tajovuz haqida shikoyat yuborish uchun tajovuzga uchragan savdo belgisining egasi yoki uning vakolatli vakili boʻlishingiz lozim.Shikoyatga sizni ega yoki vakolatli vakil ekaningizni tasdiqlovchi hujjatlar kiritilganligiga ishonch hosil qiling.
• Agar qasddan yanglishtiruvchi yoki yolgʻon shikoyat yuborsangiz, bu, tegishli mamlakatlardagi qonunlarga muvofiq, yetkazilgan zarar uchun javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.
• Bu sahifadagi maʼlumotlar asosan foydalanuvchi yaratgan kontentga taalluqlidir.Ehtiyojlaringizni yaxshiroq qondirish uchun bizda TikTok Shop va TikTok For Businessʼni dastaklovchi IM boʻyicha maxsus jamoalar mavjud.Reklamalardagi savdo belgisiga tajovuzlar haqida xabar berish uchun biz bilan onlayn shakl yoki TikTok Shopdagi savdo belgisiga tajovuzlar uchun ushbu onlayn shakl orqali bogʻlaning.
Savdo belgisiga tajovuz haqidagi daʼvo TikTokka yuborilganidan keyin nima boʻladi?
Savdo belgisiga tajovuz haqidagi barcha daʼvolar IP mutaxassislari jamoasi tomonidan tekshiriladi.Biz shikoyat daʼvolarni oʻrganish uchun barcha zaruriy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgani va savdo belgisi egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan yuborilganini tekshiramiz.Yetishmayotgan maʼlumotlarni taqdim etishingiz uchun sizga murojaat qilishimiz mumkin.Kechikishlarni minimallashtirish uchun darhol javob berish tavsiya etiladi.
Agar kontent Intellektual mulk siyosatiga zid ekanini aniqlasak, uni platformadan olib tashlaymiz.Koʻrilgan chora haqida shikoyat qilgan shaxs ham, shikoyat qaratilgan shaxs ham xabardor qilinadi.
Kontentingiz savdo belgisiga boʻlgan huquqni buzganlikda notoʻgʻri ayblanib olib tashlansa, nima qilish kerak?
Agar savdo belgisiga boʻlgan huquqni buzganlik uchun kontentingiz olib tashlansa, ilovada bu haqida bildirishnoma olasiz.Agar sizda bu savdo belgisidan foydalanish vakolati borligi sababli kontentingizning olib tashlanishi notoʻgʻri deb hisoblasangiz yoki bu savdo belgisidan foydalanish huquqiga ega ekaningizga ishonsangiz, ilovada bildirishnoma orqali shikoyat yuborishingiz mumkin.Siz shikoyatga barcha zaruriy maʼlumotlar, jumladan, kontakt maʼlumotingiz va daʼvongizni tasdiqlovchi har qanday dalilni kiritishingiz kerak.Aks holda, shikoyatingiz rad etiladi.
Hech qanday asosli dalilsiz quyidagi shikoyat sabablari odatda qabul qilinmaydi:
• Savdo belgisini xuddi shunday tarzda ishlatayotgan boshqa insonlar ham bor.
• Siz bu savdo belgisidan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanganini bilmagansiz.
• Bu kontentni joylash soʻz erkinligi huquqi tarkibiga kiradi.
Agar shikoyatingiz tasdiqlansa, kontentingiz qayta tiklanadi.
Hisob tanbehlari va bloklanishlari
Savdo belgisi huquqini buzganlik uchun kontentingiz olib tashlansa, TikTok hisobingizga nima boʻladi?
Takroriy qoidabuzarlik siyosatimizga koʻra, agar kimningdir kontenti savdo belgisiga boʻlgan huquqni buzganlik sababli olib tashlansa, ularga ogohlantirish beramiz.Har bir IM turi uchun 3 ta ogohlantirish limiti mavjud, shundan keyin hisob butunlay olib tashlanadi.Mualliflik huquqi va savdo belgisiga boʻlgan huquq buzilishlari uchun ogohlantirishlar alohida hisoblanadi.Masalan, mualliflik huquqini buzganlik uchun 2 ta ogohlantirish va savdo belgisiga boʻlgan huquqni buzganlik uchun 2 ta ogohlantirish olsangiz, hisobingiz bloklanmaydi.Biroq, savdo belgisiga boʻlgan huquqni buzganlik uchun 3 ta ogohlantirish va mualliflik huquqini buzganlik uchun bitta ogohlantirish olsangiz, hisobingiz bloklanadi.Hisoblangan ogohlantirishlar 90 kundan keyin yozuvingizdan oʻchib ketadi.Savdo belgisiga boʻlgan huquqning buzilgani haqidagi shikoyat qaytarib olinsa yoki shikoyatingiz tasdiqlansa, qoidabuzarliklarni olib tashlashimiz ham mumkin.
Biz, ogohlantirishlar sonidan qatʼi nazar, Hamjamiyat qoidalarini buzgan har qanday hisobni darhol olib tashlash huquqini oʻzimizda saqlab qolamiz.
Savdo belgisiga boʻlgan huquqni buzish natijasida kontentning olib tashlanishidan saqlanish uchun nima qilish kerak
Savdo belgisidan biror masulot yoki xizmatda, ayniqsa, tijoriy maqsadlarda foydalanishdan oldin uning egasidan ruxsat olishingiz kerak.Shuningdek, savdo belgisidan boshqa insonlarni mahsulot yoki xizmatning rasmiy manbasi borasida yanglishtirishi mumkin boʻlgan tarzda foydalanishdan saqlanishingiz kerak.
Agar savdo belgisidan biror brendga tavsif berish, parodiya qilish yoki u haqida muxlis sahifasini yaratish maqsadida foydalanayotgan boʻlsangiz, buni hisob profili va/yoki kontentda aniq koʻrsatish tavsiya etiladi.Yodda tuting, bu kontentning savdo belgisiga boʻlgan huquqni buzganligi uchun olib tashlanmasligini kafolatlamaydi.Bundan tashqari, bilmaslik savdo belgisiga tajovuz daʼvosiga qarshi yaroqli himoya vositasi emas.
Qalbakilashtirish nima?
Qalbakilashtirish – bu registratsiya qilingan savdo belgisi bilan bir xil yoki deyarli bir xil belgi ostida, savdo belgisi egasining ruxsatisiz, koʻpincha sifatsiz mahsulotlarni noqonuniy tarzda ishlab chiqarish, import va eksport qilish, tarqatish, sotish yoki boshqacha tarzda ularning savdosi bilan shugʻullanishdir.
Qanday turdagi mahsulotlar qalbakilashtiriladi?
Qalbaki mahsulotlar sanoatning koʻplab sohalarini, jumladan, kiyim-kechak, aksessuarlar, musiqa, dasturiy taʼminot, dori vositalari, sigaretalar, spirtli ichimliklar, avtomobil va samolyot qismlari, isteʼmol tovarlari, oʻyinchoqlar, elektronika va boshqalarni qamrab oladi.Qalbakilashtirish odatda hashamatli mahsulotlarga taʼsir qiladi.
Qalbakilashtirish nega zararli?
Qalbaki mahsulotlar savdosi quyidagi tarzda ehtimoliy zararli hisoblanadi:
• Jamoat xavfsizligiga tahdid: Qalbaki mahsulotlarda zararli yoki xavfli boʻlgan sifatsiz komponentlar ishlatilishi mumkin.Bularga xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan qalbaki uskunalar, shuningdek, allergen yoki zararli moddalarni oʻz ichiga olgan qalbaki kosmetika vositalari kiradi.
• Biznes daromadining yoʻqotilishi: Brend egalari oʻz mahsulotlarini ishlab chiqish, loyihalash va sotish uchun katta resurslarni sarflaydi.Qalbaki mahsulot ishlab chiqaruvchilar bu hissani suiisteʼmol qilib, noqonuniy mahsulotlarni arzonroq narxlarda taklif qiladi va shu orqali isteʼmolchilarni original brend egalaridan chalgʻitadi va ularning savdosiga taʼsir oʻtkazadi.
• Uyushgan jinoyatchilikni dastaklash: Maʼlumki, qalbaki mahsulotlarni sotishdan olingan foyda terrorizm, giyohvand moddalar va odam savdosi hamda bolalar mehnatidan foydalanish kabi uyushgan jinoyatchilikni dastaklaydi.
Qalbakilashtirish noqonuniymi?
Qalbakilashtirish noqonuniydir va aksariyat yurisdiksiyalarda bunday faoliyatni jinoyat deb belgilovchi qatʼiy qonunlar mavjud.
TikTokda qalbaki mahsulotlarni xarid qilish, sotish, ayirboshlash yoki taklif qilish taqiqlanadi.Budan faoliyatda ishtirok etuvchi har qanday kontent ustidan ilova orqali toʻgʻridan-toʻgʻri shikoyat qilishingiz kerak, bu shaklda qalbaki mahsulotlarni muammo turi sifatida koʻrsating.Intellektual mulk siyosatini buzuvchi har qanday kontentni darhol olib tashlaymiz.
TikTokda qalbakilashtirishdan qanday qilib saqlanish
Qalbaki mahsulotlarni taklif qilish xarid qilish, sotish yoki ayirboshlashni taklif qiluvchi hech qanday kontentni joylamang, yuklamang, translatsiya qilmang yoki ulashmang.Shuningdek, bunday mahsulotlarni namoyish qilish, ularga havolalar berish yoki ularni boshqacha tarzda targʻib qilishdan saqlanishingiz kerak.Masalan, qalbaki mahsulotlar qadogʻini ochish jarayoni videolari yoki ular haqida sharhlarni joylovchi insonlar kontenti Hamjamiyat qoidalarini buzganlik uchun olib tashlanishi mumkin.
Agar muayyan mahsulotning qalbaki emasligiga ishonchingiz komil boʻlmasa, quyidagi xususiyatlardan xabardor boʻling:
• Narx: Qalbaki mahsulotlarning narxi odatda original mahsulotlardan ancha arzon boʻladi.
• Qadoq: Qalbaki mahsulotlar koʻpincha qadoqsiz yoki past sifatli yoxud imlo xatolarga ega qadoqlarda sotiladi.
• Joy: Qalbaki mahsulotlar odatda rasmiy brend veb-saytlarida yoki vakolatli resellerlar tomonidan koʻra, onlayn marketpleyslarda sotiladi.Mahsulot tavfisi, savol-javoblar, kontakt maʼlumotlari va imlo yoki grammatik xatolar kabi boshqa oʻxshash maʼlumotlarni tekshirish ham foydalidir.
Xavfsizlik markazimizda qalbakilashtirish haqida batafsil bilib oling.