Video haqida shikoyat

Agar TikTokda Hamjamiyat qoidalarini buzadi, deb hisoblaydigan biror videoni koʻrsangiz, bu haqida bizga shikoyat qiling.



TikTok videosi haqida qanday shikoyat qilinadi


Biror TikTok videosi haqida shikoyat qilish uchun:

TikTok ilovasida:
1. Videoga kiring va video yon tomonidagi Ulashish tugmasini bosing yoki videoni bosib turing.
2. Shikoyat tugmasini bosing va sababni tanlang. Agar quyi mavzu tanlash soʻralsa, shikoyatingiz uchun mos keluvchi quyi mavzuni tanlang.
3. Yuborish tugmasini bosing.

Veb brauzeringizdagi TikTok uchun:
1. Videoni oching va kursorni yuqoridagi Boshqa parametrlar ustiga olib boring.
2. Shikoyat tugmasini bosing va sababni tanlang.
3. Taqdim etilgan roʻyxatdan mos keluvchi holatni tanlang. Agar quyi mavzu tanlash soʻralsa, shikoyatingiz uchun mos keluvchi quyi mavzuni tanlang.
4. Yuborish tugmasini bosing.

TikTokda kontent qoidabuzarliklari haqida batafsil bilib oling.




Foydali boʻldimi?