TikTokda notijorat tashkilotlarini dastaklash

Boʻlimga kirish


TikTokda mablagʻ toʻplash nima?  •  TikTokda Xayriyalar qanday ishlaydi  •  TikTokda qanday mablagʻ toʻplanadi  •  TikTokda mablagʻ toʻplash uchun qanday talablar bor 






TikTokda mablagʻ toʻplash nima?


Xayriyalar videolar va profilingizda Xayriya stikerlari orqali siz qaygʻuradigan sabablar uchun mablagʻ toʻplash imkonini beradi. TikTok hisobidagi har kim notijorat tashkilotlari uchun mablagʻ toʻplashga yordam beradigan Xayriyalar funksiyasidan foydalanishi mumkin.






TikTokda Xayriyalar qanday ishlaydi


Siz notijorat tashkilotlari uchun videolaringizda Xayriya stikerlari yoki profilingiz tavsifida Xayriya havolalari orqali mablagʻ toʻplashingiz mumkin. Tomoshabinlar keyin ushbu havolalar va stikerlarni bosishi hamda tashkilotga tashqi provayder orqali xayriya qilishi mumkin.






TikTokda qanday mablagʻ toʻplanadi


Videolar va JONLI efirlaringizga Xayriya stikerini yoki profilingiz tavsifiga Xayriya havolasini qoʻshishingiz mumkin. Mablagʻ toʻplovchi yaratish uchun tasdiqlangan tashkilotlar roʻyxatimizdan notijorat tashkilotni tanlashingiz mumkin.

Profilingizga mablagʻ toʻplovchi kiritish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi
Profil tugmasini bosing.
2. Profilingizdan
Profilni tahrirlash tugmasini bosing.
3.
Profilingizda notijorat tashkilotini kiritish bandini bosing.
4. Profilingizga kiritmoqchi boʻlgan notijorat tashkilotni tanlang. Tashkilot haqida batafsil bilib olish uchun
Batafsil tugmasini bosing.

Tanlanganidan keyin Xayriya havolasi profilingiz tavsifiga avtomatik kiritiladi. Agar profilingizda notijorat tashkilotni oʻzgartirishni xohlasangiz,
Profilni tahrirlash ekranidagi tashkilot nomini bosing.

Videongizga mablagʻ toʻplovchi kiritish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi
Post kiritish + tugmasini bosing.
2. Video yaratish.
3. Yon tomondagi
Stikerlar tugmasini bosing.
4.
Notijorat tashkilotni dastaklash stikerini bosing.
5. Tashkilotni tanlang. Tashkilot haqida batafsil bilib olish uchun
Batafsil tugmasini bosing.
6. Videoda kerakli joyga stiker joylang.
7. Tavsif yozing, video sozlamalarini oʻzgartiring va
Joylash tugmasini bosing.

Tanlangan tashkilot nikingiz yuqorisidagi videoda havola sifatida ham aks ettiriladi. Joylanganidan keyin tashkilot nomini oʻzgartira olmaysiz yoki postdan stikerni olib tashlay olmaysiz.

JONLI efiringizga mablagʻ toʻplovchi kiritish uchun:
1. JONLI efir ekranida quyi qismdagi
Sozlamalar tugmasini bosing.
2. Sozlamalar roʻyxatidan
Notijorat tashkilotni dastaklash tugmasini bosing.
3. Siz dastaklamoqchi boʻlgan tashkilotni tanlang. Tashkilot haqida batafsil bilib olish uchun
Batafsil tugmasini bosing.
4. Stikerni kerakli joyga joylang va JONLI efir qiling.






TikTokda mablagʻ toʻplash uchun qanday talablar bor


TikTokda mablagʻ toʻplaganda quyidagilarni yodda tutish kerak:
•  Siz videolar, JONLI efir yoki profilingizga mablagʻ toʻplovchini qoʻshish uchun 18 yosh yoki undan katta boʻlishingiz kerak.
•  Faqat biz tasdiqlagan tashkilotlar mablagʻ toʻplovchilar sifatida qoʻshilishi mumkin.
•  Stikerlarni joylagandan keyin ularni videolar yoki JONLI efirlardan olib tashlash imkonsiz. Xayriya havolalarini profilingizdan istalgan paytda olib tashlash mumkin.
•  Havola yoki stikeringizni bosadigan istalgan kishi videongiz toʻplagan summani va anonim boʻlmagan donorlarning chiqadigan ismlarini koʻrishi mumkin.

TikTokda qanday xayriya qilish haqida batafsil bilib oling.



Foydali boʻldimi?