TikTokdan taronalarni musiqa ilovasiga kiritish yoʻllari
TikTokdan turli musiqa ilovalari, jumladan Amazon, Apple Music va Spotifydagi pleylistlaringizga taronalar kiritishingiz mumkin.
Eslatma: Faqat musiqa ilovasidagi original taronalarni pleylistingizga kiritish mumkin.
Musiqa ilovasini TikTokka ulash uchun
Siz uchun tasmasidan
1. TikTok ilovasida siz pleylistingizga kiritmoqchi boʻlgan tarona mavjud videoga kiring.
2. Quyida Taronani kiritish rukniga bosing.
3. Sevimli musiqa ilovangizga bosing, keyin hisobingizni ulash koʻrsatmalariga amal qiling.
Yodda tuting, bu variant hamma joyda ham ishlamasligi mumkin.
Taronadan
1. TikTok ilovasida siz pleylistingizga kiritmoqchi boʻlgan tarona mavjud videoga kiring.
2. Quyidagi taronaga bosing.
3. Musiqa ilovasiga kiritish rukniga bosing, keyin sevimli musiqa ilovangizni tanlang va hisobingizni ulash uchun koʻrsatmalarga amal qiling.
Siz yana musiqa ilovangizni bevosita Musiqa, keyin Ilovani tanlash rukniga bosish orqali bevosita sozlamalaringizdan ulashingiz mumkin.
Taronani TikTokdan pleylistingizga kiritish uchun
1. Pleylistingizga kiritmoqchi boʻlgan tarona mavjud videoga kiring.
2. Quyida Musiqa ilovasiga kiritish rukniga bosing. Siz yana taronaga bosishingiz, keyin esa musiqa ilvoasiga bosishingiz mumkin.
Tarona sevimli musiqa ilovasidagi standart pleylistga kiritiladi. Yodda tuting, standart pleylist siz tanlagan musiqa ilovasidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Agar oʻzgarish qilmoqchi boʻlsangiz:
༚ Tasdiqlovchi xabarda Tahrirlash rukniga bosing, keyin boshqa pleylistni tanlang (faqat Amazon Music va Apple Music).
༚ Tasdiqlovchi xabarda taronani pleylistingizdan olib tashlash uchun Bekor qilish rukniga bosing (faqat Spotify). Yodda tuting, bu variant hamma joyda ham ishlamasligi mumkin.
TikTok hisobingizga ulangan musiqa ilovasini boshqarish uchun
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini bosing.
3. Sozlamalar va maxfiylik bandini bosing.
4. Musiqa bandini, keyin Musiqa ilovasiga saqlash bandini bosing.
5. Ulangan hisobni olib tashlash uchun musiqa ilovasini tanlang, keyin Uzish bandini bosing. Musiqa ilovasini oʻzgartirish uchun boshqa ilovani tanlang va Almashtirish bandiga bosing.