Boʻlimga kirish
TikTok Lite nima? • TikTok Liteda ishni boshlash • Mukofotlar markazi nima? • Ballardan foydalanish haqida • TikTok Liteda ekran vaqtini boshqarish
TikTok Lite nima?
TikTok Lite – bu vazifalarni bajarish va ijodkorlar bilan muloqot qilish va kontentga munosabat bildirish orqali ballar toʻplash imkonini beruvchi ilova.
Siz quyidagi harakatlar yordamida ball toʻplashingiz mumkin:
• Yangi kontentlar bilan tanishish
• Kontentga layk bosish
• Ijodkorlarni kuzatish
• Vaqt chekloviga ega vazifalarni bajarish
• Tanishlarni yoʻnaltirish
• Ilovadan foydalanishni boshlash (qoʻshilgandan keyin dastlabki 10 kun ichida)
Eslatma: Ball toʻplash va ishlatish uchun kamida 18 yoshda boʻlishingiz kerak.
TikTok Liteda ishni boshlash
TikTok hisobingiz TikTok Lite ilovasiga ulanadi, shunda siz hisobga kirgan holatda qolishingiz va hisob yaratishda taqdim etgan joriy ma’lumotlaringizdan foydalanib, ikkita ilova orasida harakatlanishingiz mumkin. Agar sizda TikTok hisobi boʻlmasa, bevosita TikTok Lite orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.
Agar mavjud login maʼlumotlaringizdan foydalansangiz, xuddi shu hisob maʼlumotlari, masalan, foydalanuvchi nomi va boshqalar va sozlamalar TikTok Liteda aks ettiriladi.
Mukofotlar markazi nima?
Mukofotlar markazi ballarni qanday toʻplash va ulardan foydalanishni oʻrganish hamda ijodkorlarni dastaklashga moʻljallangan joy.
Mukofotlar markazi yordamida siz:
• Bajarilgan vazifalar uchun ballarni olish
• Ball toʻplash uchun vazifalarni topish
• Ballarni ishlatish
• Ball balansingizni tekshirish
• Ilovadan foydalanishni boshlash (foydalanishning dastlabki 10 kuni ichida)
• Taqvimda eslatmalar oʻrnatish
• Kuzatish uchun ijodkorlar bilan tanishishingiz mumkin
Mukofotlar markaziga kirish uchun ilovaning pastki qismidagi Mukofotlar tugmasini bosing.
Ballardan foydalanish haqida
Videolar bilan tanishish kabi vazifalardan toʻplangan ballar avtomatik ravishda balansingizga qoʻshiladi. Videolarni kuzatish va layk bosish balansingizga qoʻshiladigan ballarni qoʻlda olishni talab qiladi. Olinmangan ballar yarim tunda eskiradi va ularni ishlatib boʻlmaydi.
Ballarni quyidagilarga ayirboshlash orqali ishlatishingiz mumkin:
• Amazon and Paypal Hadya kartalari
• Hadyalar
Ballaringizni ishlatish uchun:
1. TikTok Lite ilovasida Mukofotlar markaziga oʻtish uchun pastdagi Mukofotlar tugmasini bosing.
2. Mukofot olish bandini bosing.
3. Mukofot turini tanlang. Hadya kartalari, Tangalar yoki Hadyalarni tanlashingiz mumkin.
4. Mukofotingizni olish uchun Tasdiqlash bandini bosing va tanlagan mukofotingizni ishlatish uchun koʻrsatmalarga rioya qiling.
Agar sizga yordam kerak boʻlsa yoki ballarni ishlatish boʻyicha savollaringiz boʻlsa, yuqoridagi Yordam tugmasini bosing.
TikTok Litedan foydalanishda quyidagilarni yodda tuting:
• Ballarni ishlatish uchun yoshingizni tasdiqlashingiz kerak.
• Ballarni ishlatish uchun minimal ball talabiga javob berishingiz kerak.
• Ballarni kuniga bir marta faqat hadya kartasiga ayirboshlash orqali ishlatishingiz mumkin.
• Ballaringizni bir necha usulda ishlatishingiz, masalan, hadya kartalari va virtual hadyalarga sarflash uchun boʻlishingiz mumkin.
• Hadyalar olish uchun ballarni Tangalarga ayirboshlashingiz kerak.
• Amazon va PayPal balansingiz mukofot depozitingizni aks ettirishi uchun biroz vaqt ketishi mumkin.
TikTok Liteda ekran vaqti boshqaruvi
Raqamli muvozatingizni boshqarishga yordam berish uchun ilovada qancha vaqt sarflashni tanlashingizga yordam beradigan ekran vaqtini boshqarish sozlamalarini taklif qilamiz.
Agar TikTok ilovasida ekran vaqti haqida eslatmalarni oʻrnatgan boʻlsangiz, ular TikTok Liteda aks ettiriladi.