Ijodkor pleylistlari – bu TikTokdagi funksiya boʻlib, ijodkorlarga oʻz ommaviy videolarini tegishli videolarni seriya tarzida tomosha qilishni osonlashtirish uchun pleylistlarga ajratish imkonini beradi.
Eslatma: Pleylist yaratish hozirda baʼzi foydalanuvchilar uchun mavjud emas.
Biror videodan pleylistdagi videolarni tomosha qilish
Biror videoni tomosha qilayotganingizda videoning pastki qismida Pleylist bandini koʻrishingiz mumkin. Bu video pleylistda ekanini anglatadi va siz barcha tegishli videolarni tomosha qilishni xohlashingiz mumkin.
1. TikTok ilovangizda videoning pastki qismidagi Pleylist bandini bosing.
2. Tomosha qilishni boshlash uchun pleylistdagi videolardan istalganini bosing.
3. Pleylistdagi yana boshqa videolarni tomosha qilish uchun yuqoriga yoki pastga varaqlashingiz mumkin.
Eslatma: Pleylistdagi videolar tartibini ijodkor oʻzgartirishi mumkin.
Kimningdir profilidan pleylistni tomosha qilish
Agar kimningdir profiliga kirsangiz, uning pleylistlarini video sahifasining yuqori qismida koʻrasiz.
1. TikTok ilovangizda pleylistlarga ega jodkorning profiliga kiring.
2. Ijro qilishni boshlash uchun uning Videolar sahifasida biror pleylistni bosing.
3. Bu yerdan siz:
• Pleylistdagi qolgan videolarni tomosha qilish uchun videoning pastki qismidagi Pleylist tugmasini bosishingiz mumkin.
• Pleylistdagi yana boshqa videolarni tomosha qilish uchun yuqoriga yoki pastga varaqlashingiz mumkin.