Kimnidir kuzatuvchilaringiz roʻyxatidan olib tashlash uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Kuzatuvchilar tugmasini bosing.
3. Siz olib tashlamoqchi boʻlgan kuzatuvchining yonida Boshqa amallar tugmasini bosing.
4. Bu kuzatuvchini olib tashlash tugmasini bosing.
Biror kuzatuvchini bevosita uning profili sahifasidan olib tashlash uchun:
1. Foydalanuvchining profiliga kiring.
2. Yuqoridagi Ulashish tugmasini bosing.
3. Bu kuzatuvchini olib tashlash tugmasini bosing.