TikTokdagi hisob turlari

Boʻlimga kirish 


Shaxsiy hiisoblar  •  Biznes hisoblari  •  Hisobingiz turi qanday oʻzgartiriladi  •  Tashkilot hisoblari 



TikTokda Shaxsiy hisob, Biznes hisobi yoki Tashkilot hisobiga ega boʻlishni tanlashingiz mumkin. TikTokdagi auditoriya yoki rejalaringizga qarab, bitta hisobdan boshqa hisob ustida foydalanishingiz mumkin.






Shaxsiy hisoblar


TikTokdagi aksariyat odamlar Shaxsiy hisoblardan foydalanadilar. Bu turdagi hisob – umumiy TikTok foydalanuvchilari, kontent ijodkorlari va aksariyat jamoat arboblari uchun yaxshi tanlovdir. Shaxsiy hisoblar sizga TikTokni turli yoʻllar bilan sinab koʻrish uchun moslashuvchanlik beradi. Ular quyidagilarni amalga oshirishni istayotgan odamlar uchun yaxshi tanlov:
•  Boshqa odamlar kontentini koʻrish va unga munosabat bildirish: Siz uchun tasmangizda videolarni tekshirish kabi amallarni bajarishingiz, tomosha qilish uchun yangi kontent topish uchun qidirish vositasidan foydalanishingiz, boshqa odamlarni kuzatish va oʻzingiz qiziqqan kontentni tomosha qilish uchun xeshteglarni sevimlilarga qoʻshishingiz mumkin.
•  Boshqa odamlarga yoqadigan kontentni yaratish: Shaxsiy hisob yordamida yaxshilangan ijodkorlik vositalariga kirish imkoniga ega boʻlasiz. Bu vositalar siz yaratadigan kontent va auditoriyangiz nimalarni yoqtirishi haqida batafsil bilib olishga yordam beradi. Bu sizga ijodkor sifatida hamjamiyat yaratishga yordam beradi.


Shaxsiy hisob funksiyalari

Shaxsiy hisoblar quyidagi kabi funksiyalarga kirishi mumkin:


Monetizatsiya dasturlari va funksiyalari

•  TikTokda daromad qilish uchun monetizatsiya dasturlarimiz va funksiyalarimizga kiring. Yodda tuting, ushbu funksiyalarning ayrimlaridan hamma joyda ham foydalanib boʻlmaydi va muayyan funksiyalar maxsus kriteriyaga mos kelishingizni talab qiladi.

•  Ijodkorlar akademiyamizda Shaxsiy hisoblar uchun mavjud boʻlgan boshqa monetizsiya funksiyalari haqida batafsil maʼlumot.


Musiqa va tovushlar kutubxonasi
Asosiy musiqalar kutubxonasidan va Tijoriy musiqa kutubxonasidan (CML) musiqa va tovushlarga kirish.


Maxfiy hisob
•  Faqat oʻzingiz tasdiqlagan odamlar sizni kuzatishi va kontentingizni koʻrishi mumkin boʻlishi uchun hisobingizni maxfiyga oʻzgartirishingiz mumkin.
•  TikTokda maxfiy yoki ommaviy hisob oʻrtasida tanlash haqida batafsil.


Statistika
•  Statistika kontentingizni TikTokda qanday ishlayotgani boʻyicha xulosalarni koʻrsatadi, jumladan, avvalgi statistikangizni kuzatuvchi, JONLI efir va boshqa omillar bilan birga koʻrib chiqadi.
•  Yodda tuting, statistikaga kirish uchun kamida bitta ommaviy post joylashtirishingiz zarur.
•  Ijodkorlar akademiyamizda statistikangiz haqida batafsil.


Tanitish
•  Tanitish bu kontentingizni koʻproq odamlar koʻradigan qilishga yordam berish, veb-saytingizni koʻproq odamlarni yoʻnaltirish, kuzatuvchilarni koʻpaytiirish va boshqalar uchun foydalanishingiz mumkin boʻlgan reklama vositasi.
•  TikTokda tanitish haqida batafsil.


TikTok JONLI efir
• Auditoriyangiz bilan jonli tarzda ulanish uchun TikTokda JONLI efirni boshlang.
•  JONLI efirni boshlash uchun siz maʼlum bir yosh va kuzatuvchi talablariga mos kelishingiz zarur.
•  TikTok JONLI efir haqida batafsil.


Profildagi veb-sayt havolasi

Kamida 1000 ta kuzatuvchiga ega Shaxsiy hisoblar oʻz profilidagi veb-sayt havolasini joylashtirishi mumkin.






Biznes hisoblari


Biznes hisoblari brendlar va bizneslarga TikTokdagi marketing vositalari yordamida oʻz faoliyatini boshqarish, mijozlarini koʻpaytirish va auditoriyasini kengaytirish imkonini beruvchi ommaviy profillar. Ular quyidagilarni amalga oshirishni xohlayotgan bizneslar uchun yaxshi tanlov:
•  Mijozlarni qiziqarli usulda jalb qilish: Masalan, bizneslar TikTokdagi odamlarni jalb qilishi mumkin boʻlgan organik kontentni yaratishi mumkin.
•  Koʻproq tijoratga qaratilgan vositalardan foydalanish: Biznes hisobi yordamida keng qamrovli marketing strategiyasini yaratishga yordam beradigan qoʻshimcha biznes vositalarga ega boʻlasiz.


TikTokdagi asosiy maqsadi oʻz biznesini (mahsulot yoki xizmatni) tanitish boʻlgan har bir kishi Biznes hisobidan foydalanishi kerak. TikTokFor Business veb-saytida biznes hisoblari haqida batafsil maʼlumot oling.


Biznes hisoblari funksiyalari

Biznes hisoblari quyidagi kabi funksiyalarga kirishingiz mumkin:


Tijoriy musiqa kutubxonasi
•  Tijoriy musiqa kutubxonasi (CML) tijoriy foydalanish uchun oldindan tanlangan taronalar va tovushlar kolleksiyasi. Kompaniyalar va brendlar litsenziya olmasdan oʻz kontentlarini yaratish uchun CML dasturimizdan foydalanishi mumkin.
•  Biznes hisoblari asosiy musiqa kutubxonamizga kira olmaydi, chunki bu taronalar tijoriy foydalanish uchun tozalanmagan va faqat shaxsiy koʻngilochar maqsadlarda foydalanish bilan cheklangan.
•  Biznes Yordam markazimizda CML dasturimiz haqida bilib oling.


Business Suite

•  Business Suite - bu Biznes hisobingiz bilan foydalanishingiz mumkin boʻlgan qoʻshimcha funksiyalar, masalan, statistika paneli va lidlar menejeri uchun markaziy joylashuv.
•  TikTok ilovasida yoki veb-brauzerda Business Suite kontenti va xulosalariga kirishingiz mumkin. Biznes Yordam markazimizda veb-brauzerdagi Business Suite haqida batafsil maʼlumot oling.
•  Trenddagi kontentni qidirish va postlaringiz uchun ilhom topish uchun ilova ichidagi yoki veb-brauzerdagi Creative Hub xizmatidan foydalaning. Shuningdek, TikTokdagi postlaringizni yaxshilash uchun kontent strategiyasi va boshqa eng yaxshi amaliyotlarga oid maslahatlarni ko‘rishingiz mumkin.


Statistika
•  Statistika kontentingizni TikTokda qanday ishlayotgani boʻyicha xulosalarni koʻrsatadi, jumladan, avvalgi statistikangizni kuzatuvchi, JONLI efir va boshqa omillar bilan birga koʻrib chiqadi.
•  Yodda tuting, statistikaga kirish uchun kamida bitta ommaviy post joylashtirishingiz zarur.
•  Ijodkorlar akademiyamizda statistikangiz haqida batafsil.


Tanitish
•  Tanitish bu kontentingizni koʻproq odamlar koʻradigan qilishga yordam berish, veb-saytingizni koʻproq odamlarni yoʻnaltirish, kuzatuvchilarni koʻpaytiirish va boshqalar uchun foydalanishingiz mumkin boʻlgan reklama vositasi.
•  TikTokda tanitish haqida batafsil.


TikTok JONLI efir
•  Auditoriyangiz bilan jonli tarzda ulanish uchun TikTokda JONLI efirni boshlang.
•  JONLI efirni boshlash uchun siz maʼlum bir yosh va kuzatuvchi talablariga mos kelishingiz zarur.
•  TikTok JONLI efir haqida batafsil.


Profildagi veb-sayt havolasi

Biznes hisoblari veb-saytni tanitish uchun oʻz profilida veb-sayt havolasini joylashtirishi mumkin.






Hisobingiz turi qanday oʻzgartiriladi


Sozlamalaringizdan hisobingiz turini Shaxsiy hisob yoki Biznes hisobiga oʻzgartirishingiz mumkin.

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil bandiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga, keyin Sozlamalar va maxfiylik tugmasiga tegining.
3. Hisob bandiga tegining.
4. Biznes hisobiga almashtirish bandiga tegining, soʻngra hisobingiz turini almashtirish uchun quyidagilarni bajaring.


Eslatma: Biznesdan Shaxsiy hisobga oʻtish va qaytarishga qarshi maslahat beramiz. Agar biznesingizni TikTokda nafaqat tanitmoqchi, balki organik shaxsiy kontentni ham joylamoqchi boʻlsangiz, ushbu faoliyatlarni alohida ikkita hisobda yuritishingizni tavsiya qilamiz.






Tashkilot hisoblari


Tashkilot hisoblari - bu brendlar va tashkilotlarga onlayn faoliyatini boshqarishga yordam beradigan profillar, lekin ulardan turli jamoa aʼzolari mustaqil ravishda foydalanishlari mumkin. Quyidagilarni amalga oshirishni istaydigan tashkilotlar uchun yaxshi tanlov:
•  Oʻz hisoblarini bir nechta odamlar bilan boshqarish: Tashkilotlar oʻz hisoblarini jamoadagi bir nechta odamlar yordamida boshqarishi zarur boʻlishi mumkin. Tashkilot hisobi bilan bir yoki bir nechta hisob yaratishingiz va ularni bir vaqtning oʻzida bir nechta odam bilan boshqarishingiz mumkin.
•  Oʻz hisob aktivlarini himoyalash: Tashkilot hisobiga kirishning yagona usuli - bu tasdiqlash kodi, ya’ni shaxsiy login va aloqa maʼlumotlaringiz hisobga bogʻlanmagan boʻladi. Agar odamlar tashkilotdan chiqib ketsa, boshqa xodimlar hisob va uning aktivlariga kirishda davom etishlari mumkin.


Tashkilot hisoblari haqida bilish zarur boʻlgan narsalar:
•  Bu hisob turidan hamma joyda ham foydalanib boʻlmaydi.
•  Boshqa odamlar hisobingiz haqida maʼlumot olish uchun Tashkilot hisobining foydalanuvchi nomi ostidagi belgiga teginishlari mumkin.
•  Siz faqatgina TikTok Shop Seller Center kabi muayyan biznes platformalari orqali Tashkilot hisobini yaratishingiz mumkin.
•  Agar siz yangi Tashkilot hisobini yaratsangiz, siz tasdiqlangan nishon uchun ariza berishingiz mumkin. Biznes Yordam markazimizda Tashkilot hisoblari haqida bilib oling.


Tashkilot hisobi funksiyalari

Tashkilot hisoblari quyidagi kabi funksiyalarga kirishi mumkin:


Tijoriy musiqa kutubxonasi
•  Tijoriy musiqa kutubxonasi (CML) tijoriy foydalanish uchun oldindan tanlangan taronalar va tovushlar kolleksiyasi. Kompaniyalar va brendlar litsenziya olmasdan oʻz kontentlarini yaratish uchun CML dasturimizdan foydalanishi mumkin.
•  Tashkilot hisoblari asosiy musiqa kutubxonamizga kira olmaydi, chunki bu taronalar tijoriy foydalanish uchun tozalanmagan va faqat shaxsiy koʻngilochar maqsadlarda foydalanish bilan cheklangan.
•  Biznes Yordam markazimizda CML dasturimiz haqida bilib oling.


TikTok JONLI efir
•  Auditoriyangiz bilan jonli tarzda ulanish uchun TikTokda JONLI efirni boshlang.
•  JONLI efirni boshlash uchun siz maʼlum bir yosh va kuzatuvchi talablariga mos kelishingiz zarur.
•  TikTok JONLI efir haqida batafsil.


Yodda tuting, Tashkilot hisoblari uchun ayrim funksiyalar ishlamasligi mumkin. Biznes Yordam markazimizda Tashkilot hisoblari uchun funksiya mavjudligi haqida bilib oling.




Foydali boʻldimi?