Boʻlimga kirish
TikTokda shaxsiy xabarlashuv haqida • TikTokda kimlar shaxsiy xabar yuborishi mumkin • Shaxsiy xabarlaringiz qanday topiladi • Shaxsiy xabarlar qanday yuboriladi • Xabar so‘rovi qanday yuboriladi • Shaxsiy xabarda stikerlar qanday ishlatiladi • TikTokda guruh chatlari • Ovozli xabar qanday ishlatiladi • Nima sababdan men shaxsiy xabar olish yoki yuborish imkoniga ega emasman?
TikTokda shaxsiy xabarlashuv haqida
Shaxsiy xabarlar TikTokda tanishlar va hamjamiyat bilan muloqot qilishingizga yordam beradi.Xabarlashuv siz bevosita TikTokda xabarlar va TikTok videolarni yubora va qabul qila olishingiz mumkinligini anglatadi.
TikTokda shaxsiy xabarlar bilan, quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
• TikTok videolarini boshqalar bilan ulashing.
• Umumiy tanishlar, tavsiya etilgan tanishlar va kontaktlar hamda siz tanishingiz mumkin bo‘lgan insonlar bilan xabarlar olishingiz va yuborishingiz mumkin.
• Sizga kimlar shaxsiy xabarlar yuborishi mumkinligini belgilash uchun maxfiylik sozlamalarini sozlang.
• Push-bildirishnoma sozlamalarini sozlang.
• Hamjamiyat qoidalarini buzadigan hisoblar va kontent haqida xabar bering.
• Shaxsiy xabarlaringizni kim oʻqiganini tekshiring.
• Kim faol yoki oxirgi faol bo‘lganini aniqlang.
TikTokda kimlar shaxsiy xabarlar yuborishi mumkin
TikTokda shaxsiy xabarlar kimlarga mumkin:
• 16 va undan katta yoshdagi registratsiya qilingan hisob egalari.Oilaviy sozlamalar orqali bu funksiyada ota-onalar va vasiylar cheklovlarni o‘rnatish mumkin.
• Boshqalarga shaxsiy xabarlar yuborish ruxsatiga ega istalgan kishi.Maxfiylik sozlamalarida sizga shaxsiy xabarlarni kimlar yuborishi mumkinligini boshqarishingiz mumkin.Yodda tuting, shaxsiy xabaringizni Olinmasin qiymatiga yangilasangiz, kiruvchingizda xabar tarixiga kirishingiz, hatto ularni bloklasangiz ham, mavjud chatlarda xabarlar olishingiz va yuborishingiz mumkin.
Shaxsiy xabarlaringizni qanday topish mumkin
TikTokda shaxsiy xabarlaringizni ko‘rish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Chatga kirish uchun roʻyxatdan biror ismga tegining.
Yodda tuting, 18 yosh yoki undan katta bo‘lsangiz, umumiy tanishlardan va siz kuzatadigan hisoblardan kelgan xabarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiruvchingizga kelib tushadi.Siz tanishingiz mumkin bo‘lgan insonlardan kelgan xabarlar, istiqboldagi ulanishlar (kuzatuvchilaringiz) va TikTokdagi boshqalar xabar so‘rovi sifatida paydo bo‘ladi.Ular sizga qabul qilguningizga qada faqat bitta xabar so'rovini yuborishlari mumkin.Xabar so‘rovlarini boshqarish haqida batafsil.
Shaxsiy xabar qanday yuboriladi
Siz shaxsiy xabar orqali TikTok videolari, effektlari, heshteglari yoki ovozlari kabi kontentni ulashishingiz mumkin.
Shaxsiy xabar orqali kontent yuborish uchun:
1. TikTok ilovasida siz ulashmoqchi boʻlgan video yoki effekt, xeshteg yoki tovush kabi boshqa ulashish mumkin bo‘lgan kontentni oching.
༚ Qidirish uchun yuqoridagi Qidirish tugmasiga tegining va qidirish panelida qidirayotgan narsangizni kiriting.
༚ Shuningdek, ulashish uchun videodan effekt, xeshteg yoki tovushni ustiga teginishingiz mumkin.
2. Ulashish tugmasiga tegining.Videolar uchun siz ulashmoqchi boʻlgan videoni bosib turishingiz ham mumkin.
3. Siz ulashmoqchi boʻlgan foydalanuvchining profil rasmiga tegining.Siz ulashish uchun bir nechta odamni tanlashingiz mumkin.
4. Ixtiyoriy xabar kiriting, keyin Yuborish tugmasiga tegining.
Unutmang, maxfiy videolarni ulashish imkonsiz.Agar videoning ijodkori uni xabarda ulashganingizdan keyin video holatini ommaviydan maxfiyga oʻzgartirgan boʻlsa, video mavjud boʻlmaydi va siz uni tomosha qila olmaysiz.
Kiruvchi jildingizdan shaxsiy xabar yuborish uchun:
1. TikTok ilovasida chatni boshlash uchun:
༚ Kiruvchingizda mavjud chat nomiga tegining.
༚ Agar kimnidir kuzatsangiz va u sizni javoban kuzatsa, yuqoridagi Chat tugmasiga tegining (tanlangan mintaqada), keyin chatga kirish uchun qidiring yoki uning ismi ustiga tegining.
༚ Agar bir-biringizni kuzatsangiz, boshqa inson profilidagi Xabar yuborish tugmasiga tegining.
2. Xabarlaringizni qanday yubormoqchi ekaningizni tanlang:
༚ Xabar satriga xabar kiriting.
༚ GIF, emoji va stikerlarni yuborish uchun Emoji tugmasiga tegining.
༚ Mavjud xabar ustiga bosib turing va emoji, avatar (tanlangan mintaqalarda) yuborish, javob berish yoki xabarni boshqaga yuborishni tanlang.
༚ Ulashilgan videoni ko‘rsaningdan keyin xabar satri ustida yoki uning ostida ko‘rsatilgan tavsiya etilgan javobga tegining.Ulashilgan videolar uchun taklif qilingan javoblar video kontentiga asoslanadi.Bu funksiya hozircha baʼzi foydalanuvchilarda ishlamaydi.
3. Zarur bo‘lsa, xabaringizni yuborish uchun Yuborish tugmasiga tegining.
Xabar soʻrovi qanday yuboriladi
Sizni kuzatmaydigan biror insonga xabar yuborish uchun ular qabul qilishlari uchun so'rov yuborishingiz zarur.
1. TikTok ilovasida xaabr so‘rovi yuborish uchun:
༚ Quyi qismdagi Kiruvchi bandiga tegining.Biror kimni kuzatsangiz, yuqoridagi Qidirish tugmasiga teginishingiz, so‘ngra chatga o‘tish uchun ularning nomini qidirishingiz yoki teginishingiz mumkin.
༚ Biror kimning profiliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiring, so‘ngra chatga kirish uchun Xabar tugmasiga tegining.
2. Xabar kiriting.GIF, emoji va stikerlarni yuborish uchun Emoji tugmasiga teginishingiz ham mumkin.
3. Yuborish tugmasiga tegining.
Soʻrovingiz qabul qilingach, koʻproq xabarlar yuborishingiz mumkin.
Xabar soʻrovlari haqida bilish kerak boʻlgan bir nechta narsa:
• Xabar so‘rovlarini olish uchun kamida 16 yosh bo‘lishingiz zarur.Agar siz 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, xabar so‘rovingiz birlamchi ravishda Olinmasin qiymatiga qo‘yilgan bo‘ladi.Maxfiylik sozlamalarida kimlar sizga xabar so'rovi yubora olishini boshqarishingiz mumkin.
• Agar siz 18 yosh yoki undan katta bo‘lsangiz, TikTokdagi kuzatuvchilaringiz va boshqalardan kelgan xabar so‘rovlari kiruvchingizda xabar so‘rovi sifatida ko‘rsatiladi, ularni olmaslikni tanlamaguningizga qadar.
• Oluvchi qabul qilguniga qadar faqat bitta xabar so'rovini yuborishingiz mumkin.
• Siz faqat xabar soʻrovingizni qabul qilgan insonga xabar yuborishingiz mumkin.Agar qabul qiluvchi soʻrovingizni oʻchirsa yoki javob bermasa, unga xabar yubora olmaysiz.
• Agar shaxsiy xabarlar yuborishdan bloklangan boʻlsangiz, qabul qiluvchi sizni bloklagan boʻlsa yoki uning shaxsiy xabar sozlamasi Xabar so'rovlar olinmasin qiymatiga sozlangan boʻlsa, kimgadir xabarlar yubora olmaysiz.
Shaxsiy xabarda stikerlardan qanday foydalaniladi
Stikerlar yuborish uchun stiker panelidan foydalanish:
1. TikTok ilovasida kiruvchi jildingizdagi chatga kiring.
2. Xabar panelidagi Emoji tugmasiga tegining.
3. Turli panellardan yubormoqchi boʻlgan stikerni tanlang (xabarlar saralanganlari ☆|, stiker toʻplamlari).Stikerni topish uchun Qidirish tugmasiga teginishingiz mumkin.Stikerni yuborish uchun unga tegining.
Stikerni topishni osonlashtirish uchun uni xabarlar saralanganlariga kiritishingiz mumkin.Stikerni bosib turing, soʻngra Kiritish tugmasiga tegining.Uni olib tashlash uchun stikerni yana bosib turing.
Matn kiritish tavsiyalaridan stikerlarni yuborish uchun:
1. TikTok ilovasida kiruvchi jildingizdagi chatga kiring.
2. Xabar satrida biror yozuv kiriting.
3. Yuborish uchun xabar satri ustidagi stikerga tegining.Barcha stiker tavsiyalarini koʻrish uchun surishingiz zarur boʻlishi mumkin.
Yodda tuting, stiker tavsiyalari qiziqishlaringiz va ishtirokingizga asoslanadi.Masalan, bu tavsiyalar siz avval foydalangan yoki xabarlar saralanganlariga kiritganlaringizga oʻxshash stikerlarni oʻz ichiga oladi.Stikerlardan qancha koʻp foydalansangiz, bu tavsiyalar shaxsiy parametlaringizga shuncha koʻp taʼsir qiladi va sizga yoqqan stikerlarni koʻrsatadi.
Eslatma: Bu funksiya hozirda ayrim hududlarda ishlamaydi.
Stikerlar doʻkoni uchun
Xabar satridagi Emoji tugmasiga tegining, soʻngra Stikerlar doʻkoni tugmasiga tegining (uni topish uchun surishingiz zarur boʻlishi mumkin):
༚ Stiker to‘plamini saqlash uchun qo‘shmoqchi bo‘lgan to‘plamingiz yonidagi Qo‘shish tugmasiga tegining.Stikerlar paketi shaxsiy xabarda foydalanish uchun stikerlar paneliga kiritiladi.
༚ Stiker to‘plamini qo‘shganingizdan so‘ng, Foydalanish tugmasiga tegining.Shaxsiy xabarda stiker yuborishingiz mumkin boʻlgan stikerlar paneliga yoʻnaltirilasiz.
༚ Barcha saqlangan stikerlar paketlarini koʻrish uchun yuqoridagi Kiritilgan tugmasiga tegining.Tahrirlashlarni amalga oshirish uchun Tahrirlash tugmasiga tegining.Bu yerdan tartibni oʻzgartirish uchun stikerlar paketini tortib tashlashingiz mumkin yoki uni olib tashlash uchun stikerlar paketi yonidagi Oʻchirish tugmasiga tegining.
TikTokda guruh chatlari
Guruh chatida bir vaqtda bittadan ortiq kishiga shaxsiy xabar yuborishingiz mumkin.Oʻz guruhingizni yarating yoki mavjud guruhga qoʻshiling.
Eslatma: Guruh chati hozirda ayrim hududlarda ishlamaydi.
Guruh chati qanday yaratiladi
Kiruvchi jildingizdan:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Chat tugmasiga tegining.Shuningdek, chatga kirish uchun Xabarlar roʻyxatidagi ismni bosishingiz va yuqoridagi Boshqa parametrlar... tugmasiga teginishingiz mumkin.
3. Siz guruhga kiritmoqchi boʻlgan tanishlarni tanlang.Unutmang, guruh chatiga faqat bir-biringizni kuzatadigan umumiy tanishlarni taklif qilishingiz mumkin.
4. Guruh chatini boshlash tugmasiga tegining.
Postdan:
1. TikTok ilovasida siz ulashmoqchi boʻlgan videoni oching.
2. Ulashish variantlarini chiqarish uchun Ulashish tugmasiga tegining yoki videoni bosib turing.
3. Tanishlar bilan guruh chati yaratish bandini tanlang va ulashmoqchi boʻlgan tanishlaringizni tanlang.31 kishigacha tanlashingiz mumkin.
4. Ixtiyoriy xabar kiriting, keyin Yuborish tugmasiga tegining.
Guruh chatiga qanday qoʻshiladi
Taklif orqali mavjud guruh chatiga qoʻshilish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Taklif qilish tugmasiga tegining.
3. Guruhga qoʻshilish tugmasiga tegining.
Guruh chati haqida bilish zarur boʻlgan muhim narsalar:
• Faqat tanishlar (siz javoban kuzatgan kuzatuvchilar) sizni guruh chatlariga qo‘shilishga taklif qilishlari mumkin.Agar siz 18 yoshga to‘lgan bo‘lsangiz, tanishlaringizni xabarlar olmaslikni tanlagan bo‘lsangiz, guruh chatlariga qo‘shila olmaysiz.
• Agar 18 yoshdan kichik boʻlsangiz va guruh chatiga kirish havolasini olsangiz, kamida bitta umumiy tanishingiz boʻlmasa, chatga kira olmaysiz va tanishlaringiz uchun shaxsiy xabar maxfiylik sozlamasi Kiruvchi qiymatiga qo‘yiladi.Agar qoʻshilish huquqiga ega boʻlsangiz, sizdan taklifni qabul qilish yoki qilmaslikni tanlashingiz talab qilinadi.
• Agar 18 yoshdan kichik boʻlsangiz va guruh chatini yaratsangiz, barcha guruh aʼzolarini qoʻshilishidan oldin tekshirish va tasdiqlashingiz kerak boʻladi.
• Faqat Hamjamiyat qoidalariga amal qiladigan xabarlarni yuborishingiz kerak.Agar siz qoidalarimizni buzadi deb hisoblaydigan hisob yoki kontentni koʻrsangiz, u haqida bizga xabar bering.
• Agar xabaringiz haqida guruh chatida xabar berilgan yoki shikoyat qilingan boʻlsa va buni xato deb hisoblasangiz, shikoyat yuborish orqali bizga xabar bering.Kontent qoidabuzarliklari haqida batafsil.
Ovozli xabardan qanday foydalaniladi
Shaxsiy xabarlaringizda, jumladan, guruh chatlaringizda ovozli xabarlarni yuborishingiz va olishingiz mumkin.
Eslatma: Ovozli xabar hozirda hech qayerda ishlamayapti.
Ovozli xabarni yozib olish va yuborish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Chatga oʻtish uchun Xabarlar roʻyxatidan ismi ustiga tegining.Yoki yuqoridagi Chat tugmasiga tegining, soʻngra shaxsiy xabar berishni xohlayotgan ism(lar)ni qidiring yoki tegining.
3. Xabaringiz yozib olinayotganda Yozib olish tugmasini bosib turing.Agar TikTokda mikrofondan birinchi marta foydalanayotgan boʻlsangiz, sizdan undan foydalanishga ruxsat soʻraladi.Uzunligi 60 soniyagacha boʻlgan ovozli xabarni yozib olishingiz mumkin.
4. Ovozli xabarni yozib olayotganda, quyidagilardan birini tanlashingiz mumkin:
༚ Yuborish uchun Yozib olish tugmasini qoʻyib yuboring.
༚ Yozib olishni oʻchirib tashlash uchun biror tomonga suring.
༚ Yozuvni bloklash va bosib turishsiz yozib olishni davom ettirish uchun yuqoriga suring, soʻngra yuborish uchun Yuborish tugmasiga tegining yoki rad etish uchun Oʻchirib tashlash tugmasiga tegining.
Yodda tuting, ovozli xabarlarni faqat qurilmani yozib olishingiz va ovozli xabar yuborilgandan keyin 3 daqiqa ichida uni oʻchirib tashlashingiz mumkin.
Nega shaxsiy xabarlarni yuborolmayapman yoki qabul qilolmayapman?
Agar TikTokda shaxsiy xabar yubora olmasangiz yoki qabul qila olmasangiz, bu kontentingiz yoki xabaringiz xabar qilingan yoki shikoyat qilingan yoki hisobingiz vaqtinchalik cheklangan boʻlishi mumkin.
Hamjamiyat qoidalari doʻstona, xavfsiz va koʻngilochar foydalanish muhitini taʼminlashga yordam berish maqsadida TikTokda nimalarga ruxsat berilgani va berilmagani haqida koʻrsatmalarni taqdim etadi.Agar shaxsiy xabarda Hamjamiyat qoidalarini buzuvchi kontent boʻlsa, u avtomatik ravishda bloklanishi yoki agar shikoyat qilinsa, Xavfsizlik jamoamiz tomonidan qoʻshimcha tekshirish uchun xabar qilinishi mumkin.
Agar shaxsiy xabar Hamjamiyatimiz qoidalarini buzsa, biz nima qilishimiz mumkin:
• Kontentingiz Hamjamiyatimiz qoidalarini birinchi marta buzganda, ilovada ogohlantirish yuborilsin.
• Agar shaxsiy xabar mutlaq toqatsizlik siyosatini buzsa, hisobingizni butunlay bloklashimiz mumkin.
• Qoidabuzarlikning jiddiyligi va avvalgi qoidabuzarliklarga qarab, hisobingizning shaxsiy xabarlar yuborish imkoniyatini muayyan muddatga (odatda 24 dan 48 soatgacha) cheklashimiz mumkin.
• Hisobingizni faqat ko‘rish uchun tajribasiga cheklang (odatda 72 soatdan bir haftagacha).Bu hisobingiz shaxsiy xabarlarni yuborishini anglatadi.
• Bir nechta qoidabuzarlikdan keyin hisobingiz butunlay bloklanishi mumkinligi haqida xabar beramiz.Bu agar ushbu xatti-harakatlar davom etsa, hisobingiz butunlay bloklanishini anglatadi.TikTokda kontent qoidabuzarliklari va bloklari haqida batafsil.
Eslatma: TikTokdagi shaxsiy xabarlaringiz yuborilayotganda va saqlanayotganida shifrlash orqali xavfsiz saqlanadi.Lekin hozirda boshidan oxirigacha shifrlash ishlamayapti.Biz TikTokni ayniqsa yosh foydalanuvchilar uchun xavfsiz joyga qilishga intilamiz.Aksariyat kompaniyalar singari, biz ham qonuniy sud jarayonlariga javoban foydalanuvchi maʼlumotlarini shifrdan yechish va Hamjamiyat qoidalari bajarilishini taʼminlash imkoniyatiga egamiz va bu ishning shaffofligini taʼminlash uchun muntazam ravishda Shaffoflik hisobotlarini nashr qilamiz.Shuningdek, biz faqat tegishli ruxsatga ega boʻlgan va oʻz ishlarini bajarish zaruriyati boʻlgan xodimlar kontakt axborotlari yoki shaxsiy xabarlar kabi shifrdan yechilgan maʼlumotlarga kirish huquqiga ega boʻlishini taʼminlash uchun ichki nazoratni amalga oshiramiz.