TikTok hisobingizda nik va foydalanuvchi nomi mavjud. Nik – bu hisobingizdagi ism. U TikTokdagi Siz uchun tasmasi, fikrlar va shaxsiy xabarlar kabi joylarda boshqalarga koʻrinadi. Foydalanuvchi nomi nikingizdan farq qiladi. Unda profilingiz havolasini tashkil qiladigan @foydalanuvchi_nomi kabi teg mavjud.
TikTokda nikingizni oʻzgartirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Profilni tahrirlash tugmasini bosing.
3. Ism bandini bosing.
4. Kerakli nikni kiriting. 30 tagacha belgi kiritishingiz mumkin. Unutmang, niklar Hamjamiyat qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak va uni faqat har 7 kunda oʻzgartirish mumkin.
5. Saqlash tugmasini bosing.
Foydalanuvchi nomingizni oʻzgartirish haqida batafsil.