Mehmon sifatida kezish

"Mehmon sifatida kezish" nima va u qanday ishlaydi?


Mehmon sifatida kezish – bu hisob yaratmasdan TikTok videolarini tomosha qilishning yangi usulidir. Koʻplab odamlar har kuni ijodkorlar hamjamiyatining ijodi bilan tanishish va quvonchini his qilish uchun TikTokka kirishini tushunamiz. Koʻpchilik tasodifiy videolarni koʻrishni xohlaydi va platformadagi ijodkorlar bilan munosabatga kirish yoki oʻzlari video yaratishni istamaydi.

Bu guruhga kiruvchi insonlar uchun hisob yaratmasdan TikTokdagi kontentdan zavqlanish imkonini beruvchi yangi usulni yaratdik. Agar faqat TikTok videolaridan zavqlanmoqchi boʻlsangiz, "Mehmon sifatida kezish" usulini tanlashingiz mumkin. Mehmon boʻlsangiz-da, sizga eng yaxshi TikTok tajribasini taqdim etish maqsadida Siz uchun tasmasini moshlashtirishga urinishda davom etamiz. Mehmon maʼlumotlaringizga toʻliq kirish va ularni nazorat qilish imkoniga egasiz va istalgan vaqtda bu maʼlumotlarni soʻrashingiz yoki oʻchirishingiz mumkin.

Mehmonlar quyidagilarni bajara olmaydi:
•  TikTokda profil yaratish
•  TikTokka videolar joylash
•  TikTokdagi kontent yoki ijodkorlar bilan munosabatga kirishish (jumladan, layk bosish, fikr bildirish, saralanganlarga saqlash yoki shaxsiy xabar yuborish)

Mehmon istalgan vaqtda hisob yaratish yoki mavjud hisobga kirish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu istalgan vaqtda profil yaratish, videolar joylash yoki biror ijodkor bilan munosabatga kirishish imkonini taqdim etadi.


Foydali boʻldimi?