Hisobga kirilgan vaqtda parolingizni tiklash uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqori qismdagi Menyu ☰ tugmasini bosing.
3. Sozlamalar va maxfiylik ruknini tanlang.
4. Avval Hisob, keyin Parol tugmasini bosing.
5 Parolingizni tiklash uchun koʻrsatmalarga amal qiling.
Hisobga kirilmagan holda parolni tiklash uchun:
1. TikTok ilovasida Registratsiya qilish bandini bosing.
2. Sahifaning pastki qismidagi Kirish tugmasini bosing.
3. Telefon/email/foydalanuvchi nomini ishlatish tugmasini bosing.
4. Email/Foydalanuvchi nomi variantini tanlang.
5. Parolni unutdingizmi? tugmasini bosing.
6. Telefon raqami yoki Email orqali parolni tiklashni tanlang.
Eslatma: Agar TikTokka boshqa ijtimoiy tarmoq hisobi yordamida qoʻshilgan boʻlsangiz, ushbu platformadan parolingizni tiklashingiz kerak boʻladi.