Hisobimga buzib kirildi

Agar hisobingiz buzib kirilganidan xavotirda boʻlsangiz, buzib kirilgan hisob belgilarini aniqlash va hisobingizni qanday himoyalash yuzasidan quyidagi maslahatlardan foydalaning.

Agar ushbu shubhali xatti-harakatlarni sezsangiz, hisobingizga buzib kirilgan boʻlishi mumkin:
•  Hisobingiz paroli yoki telefon raqami oʻzgartirilgan.
•  Hisobingiz foydalanuvchi nomi yoki niki oʻzgartirilgan.
•  Videolaringiz oʻchirilgan yoki ruxsatingizsiz joylangan.
•  Hisobingizdan siz yozmagan xabarlar yuborilgan.


Bu yerda TikTok hisobingizni himoyalashga oid ayrim bir nechta maslahat keltirilgan:



1. Parolingizni almashtiring

Parolni almashtirish uchun:
1. TikTok ilovasida pastdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini bosing.
3. Sozlamalar va maxfiylik bandini bosing.
4. Hisob tugmasini bosing.
5. Parol bandini bosing.
6. Parolingizni oʻzgartiring.



2. Telefon raqamingizni ulang.

Telefon raqamingizni ulash uchun:
1. TikTok ilovasida pastdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini bosing.
3. Sozlamalar va maxfiylik bandini bosing.
4. Hisob tugmasini bosing.
5. Foydalanuvchi axboroti bandini bosing va keyin Telefon raqami bandini tanlang.
6. Telefon raqamingizni ulang.



3. Shubhali qurilmalarni olib tashlang

Shubhali qurilmalarni olib tashlash uchun:
1. TikTok ilovasida pastdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini bosing.
3. Sozlamalar va maxfiylik bandini bosing.
4. Xavfsizlik tugmasini bosing.
5. Qurilmalarni boshqarish bandini tanlang.
6. Istalmagan yoki shubhali qurilmalarni olib tashlang.


Foydali boʻldimi?