Hisobga kirilgan vaqtda parolingizni tiklash uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining.
3. Sozlamalar va maxfiylik bandiga tegining.
4. Avval Hisob, keyin Parol tugmasiga tegining.
5. Parolingizni tiklash uchun koʻrsatmalarga amal qiling.
Hisobdan chiqilgan vaqtda parolingizni tiklash uchun:
1. TikTok ilovasida Roʻyxatdan oʻtish tugmasiga tegining.
2. Sahifaning quyi qismidagi Kirish tugmasiga tegining.
3. Telefon / e-pochta / foydalanuvchi nomini tanlang.
4. E-pochta / Foydalanuvchi nomini tanlang.
5. Parolni unutdingizmi? tugmasiga tegining
6. Telefon raqami yoki E-pochta orqali parolni tiklashni tanlang.
Bilish shart boʻlgan narsalar:
• Agar TikTokka boshqa ijtimoiy tarmoq hisobi yordamida qoʻshilgan boʻlsangiz, ushbu platformadan parolingizni tiklashingiz kerak boʻladi.
Parolingizni yangilaganingizdan keyin boshqa barcha qurilmalarda TikTok hisobingizdan chiqarilasiz.Bu shuni anglatadiki, agar kimdir hisobingizga kirib olgan boʻlsa, u boshqa kira olmaydi va yangi parolingiz bilan qayta kirishi kerak boʻladi.