Ikki dastur oʻrtasidagi ayrim farqlar quyidagilardan iborat:
• Ijodkorlar uchun mukofot dasturi uchun mukofotlar formulasi qayta shakllantirildi va u ijodkorlarga yuqoriroq mukofotlar olish imkoniyatini bergan holda talabga javob beradigan video tomoshalari uchun yuqori oʻrtacha yalpi daromad taklif qiladi.
• Videolar dasturga mos kelishi uchun bir daqiqadan ortiq asl, yuqori sifatli kontent boʻlishi kerak. TikTokdagi barcha kontent kabi, Ijodkorlar uchun mukofot dasturi uchun videolar Hamjamiyat qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim. Asl kontent deganda Duetlar, Ulama videolar yoki homiylik kontentini oʻz ichiga olmagan videolar tushuniladi.
• Ijodkorlar taxminiy mukofotlar, video samaradorligi boʻyicha oʻlchovlar va tahlillar hamda videoning muvofiqligi boʻyicha tafsilotlarni koʻrish uchun yangilangan boshqaruv panelidan foydalanishi mumkin. Ijodkorlar videosining muvofiqligi boʻyicha shikoyat yuborishi ham mumkin.