Ijodkorlar uchun mukofot dasturi

Boʻlimga kirish


Ijodkorlar uchun mukofot dasturi nima?Ijodkorlar uchun mukofot dasturi qanday ishlaydi?Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga kimlar qoʻshilishi mumkin?Hisob va video uchun talablar qanday?Asl boʻlmagan kontent nima?Muvofiq tomoshalar nima?Mukofotlar qanday hisoblanadi?Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga qanday qoʻshilish mumkinHisob va videoni tekshirish jarayoni qanday ishlaydi?Hisobingiz yoki videongiz mos boʻlmasa, shikoyat qanday yuboriladi




Ijodkorlar uchun mukofot dasturi nima?


Ijodkorlar uchun mukofot dasturi – bu ijodkorlarning ijodiy koʻnikmalarini rivojlantirishga va yuqori sifatli asl kontent joylash orqali yuqori daromad olishga yordam berish uchun moʻljallangan mukofotlar dasturi.




Ijodkorlar uchun mukofot dasturi qanday ishlaydi?


Ijodkorlar uchun mukofot dasturi dastur talablariga mos keladigan videolar asosida tegishli ijodkorlarni mukofotlaydi.Mukofotlar muvofiq tomoshalar va har 1000 ta muvofiq tomosha uchun mukofotlar asosida hisoblanadi (RPM deb ham ataladi).Ijodkorlar dasturda ishtirok etayotganda koʻproq mukofotlarni jamlaydi va ularning videolari namoyish etilishda davom etadi.Standart mukofot va Qoʻshimcha mukofotlar qanday hisoblanishi haqida batafsil.




Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga kimlar qoʻshilishi mumkin?


Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga qoʻshilish va mukofotlarni toʻplash uchun ijodkorlar quyidagi kriyeriyaga mos kelishi zarur:
• Ijodkorlar uchun mukofot dasturidan foydalanish mumkin bo'lgan mamlakatlardan birida yashash.
• TikTok hisobining yaxshi holatda boʻlishi, jumladan, bizning Hamjamiyatimiz qoidalari va Xizmat shartlari siyosatlari takroran yoki masʼuliyatsizlik bilan buzish hamda zararli yoki firibgarlik harakatlarida ishtirok etish tarixi.
• Shaxsiy hisobga ega boʻlish.Biznes hisoblar va siyosiy tashkilotlar yoki hokomiyat organlariga tegishli hisoblarga ruxsat berilmaydi.
• Haqiqiy ismingiz va tugʻilgan kuningiz kabi haqiqiy hisob maʼlumorlariga ega boʻlish.
• Kamida 18 yosh (yoki Janubiy Koreyada 19 yosh).
• Kamida 10 000 kuzatuvchiga ega boʻlish.
• Oxirgi 30 kun ichida kamida 100 000 ta video tomoshalariga ega boʻlish.
Mukofotlar berish mumkin boʻlgan asl kontentni joylang.
• Uzunligi bir daqiqadan kam bo'lmagan videolarni joylang.

Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga qoʻshilishiga ruxsat berilgandan keyin ijodkorlar quyidagi talablarga mos kelishi zarur:
• Soxta video tomoshalarini toʻplash yoki kuzatuvchilar sonini sunʼiy ravishda koʻpaytirish kabi zararli yoki firibgarlik faoliyatlariga aralashmaslik.
• Bizning quvonch va ijodkorlikni ilhomlantiruvchi missiyamizga mos keladigan asl va haqiqiy kontentni joylash.
• Dastur, mukofotlar tizimi yoki tavsiyalar tizimiga aralashmaslik yoki aralashishga urinmaslik.
• Zararli dasturga ega boʻlmaslik yoki soxta roʻyxatdan oʻtish, post joylash yoki layklar, kuzatuvchilar, tomoshalar, fikrlar, ulashishlar va boshqalarni sunʼiy ravishda koʻpaytirish uchun kodni oʻzgartirmaslik.
• Dasturga aloqador ravishda yolgʻon bayonotlar yoki haqoratli kontent bermasligi yoki har qanday haqoratli xatti-harakatlar, noqonuniy yoki jinoiy faoliyat (jumladan, firibgarlik) bilan shugʻullanmasligi kerak.

Agar hisobingiz yuqoridagilarning birortasi shartlarini buzgan deb topilsa, siz bildirishnoma olasiz va hisobingiz Ijodkorlar uchun mukofot dasturidan butunlay yoki vaqtinchalik olib tashlanadi, qoidabuzarlikning jiddiylik darajasiga bogʻliq.




Hisob va video uchun talablar qanday?


Ijodkorlar uchun mukofot dasturi doirasida mukofotlar toʻplash uchun hisobingiz maʼlumotlari va joylangan kontent quyidagi talablarga javob berishi kerak:

Asl va yuqori sifatli kontent boʻlishi zarur, u to'liqligicha siz tomoningizdan suratga olingan, dizayn qilingan va ishlab chiqarilgan bo'lishi zarur.
• Kamida bir daqiqa boʻlishi.
• Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga qoʻshilgandan soʻng yuklanadi.
• U kamida 1000 ta Siz uchun tasmasi muvofiq tomoshasiga yetishi kerak.
༚ Bir xil hisobdan amalga oshirilgan video tomoshalari bitta video uchun bitta hisoblanadi.
༚ Video tomoshalari 5 soniyadan ortiq bo'lishi zarur.
༚ Qiziq emas deb fikr bildirgan insonlar tomonidan amalga oshirilgan video tomoshalar hisobga olinmaydi.
• Bizning Hamjamiyatimiz qoidalari, Xizmat shartlari va Mualliflik huquqi siyosatimizga rioya qiling.

Bundan tashqari, hisobingiz maʼlumotlari va joylangan kontent quyidagilarga ega boʻlmasligi zarur:
• Qalbaki nom yoki tugʻilgan kun kabi firibgarlik yoki balogʻat yoshiga yetmagan hisob maʼlumotlari.
• Hisob tafsilotlari yoki boshqalardan nusxa olingan kontent.
• Ochiq shahvoniy harakat, ishontiruvchi audio yoki tomoshabinlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan sahnalar kabi mos kelmaydigan, qoʻpol yoki halal beruvchi xatti-harakat.
• Shubhali yoki noodatiy hisob harakati.
• Reklamalar, pulli reklamalar, homiyli kontent yoki Seriesga bogʻlangan videolar.
• Notoʻgʻri yoki chalgʻituvchi axborot.
Ijodkorlar uchun Axloq kodeksi, Hamjamiyat qoidalari yoki boshqa siyosat buzilishlari.Hisobingiz yoki videoingiz bizning qoidalarimizni buzishi haqida xabar beramiz.


Yodda tuting, profil maʼlumotlari, jumladan, joylangan kontent, bizning siyosatimiz va talablarimizga rioya qilishiga ishonch hosil qilish uchun Ijodkorlar uchun mukofot dasturining bir boʻlagi boʻlgan hisoblarni doimiy ravishda tekshirib turamiz.Agar hisobingiz yoki kontentingiz olib tashlangan va bu xato ekaligiga ishonchingiz komil bo'lsa, shikoyat yuboring.




Asl boʻlmagan kontent nima?


Ijodkorlar uchun mukofot dasturidagi asl kontent bu siz tomoningizdan dizayn qilingan, suratga olingan va ishlab chiqilgan, sizning malakangizni, talantingizni va ijodkorligingizni namoyon qiladigan hamda bizning Xizmat shartlarimiz va Hamjamiyatimiz qoidalariga mos keladigan sifatli kontent.

Dastur boʻyicha asl deb hisoblanmaydigan kontent quyidagilarni oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi:
• Duet va Ulama videolar.
• Boshqalardan butunlay nusxa olingan va boshqalarning suv belgisiga ega kontent.
• Boshqalar tomonidan biroz oʻzgarish bilan qayta ishlab chiqilgan kontent., jumladan, tezlashtirilgan yoki filtrlarga, kiritilgan matnlarga yoki stikerlarga ega videolar.
• Yangi va shaxsiy gʻoyalarsiz boshqa insonlar, ijodkorlar yoki manbalardan olinib yaratilgan boshqa video yoki rasmlardan tashkilt topgan kontent.
• Takrorlanuvchi videolar, yakka yoki bir nechta fotosuratlar yoki faqat matnli birikmadan tashkil topgan kontent.
• Bir daqiqadan koʻproq eshittiriladigan lab garmoshkasi yoki mualliflik huquqi himoyalangan musiqaga ega kontent.Bir daqiqadan ortiq ijro etiladigan mualliflik huquqi himoyalangan musiqaga ega dasturdagi videolar ovozi oʻchirib qoʻyilishi mumkin.




Muvofiq tomoshalar nima?


Muvofiq tomoshalar Siz uchun tasmasidan unikal video tomoshalar boʻlib, firibgarlik yoʻli bilan hisoblangan tomoshalar, pulli tomoshalar, yoqtirilmagan tomoshalar, 5 soniyadan kamroq koʻrilgan tomoshalar, tanitilgan tomoshalar va sunʼiy tomoshalar bundan mustasno.Daromad keltirishni boshlash uchun videolar Siz uchun tasmasida kamida 1000 ta tomosha toʻplashi lozim.




Mukofotlar qanday hisoblanadi?


Mos videolar Siz uchun tasmasining 1000 ta muvofiq tomoshasiga yetishi bilanoq mukofotlarni toʻplashni boshlaydi.Mukofotlar muvofiq tomoshalar va har 1000 ta muvofiq tomosha uchun mukofotlar asosida hisoblanadi (RPM deb ham ataladi), Qoʻshimcha mukofot esa kontent qanchalik darajada puxta, qiziqarli va ixtisoslashgan ekanligiga qarab hisoblanadi.Ijodkorlar uchun mukofot dasturida mukofotlar qanday hisoblanishi haqida batafsil maʼlumot.




Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga qanday qoʻshilish mumkin


18 yoshdan katta (yoki Janubiy Koreyada 19 yosh), mumkin boʻlgan hududda hisobga ega boʻlgan va muvofiqlik talablariga mos keladigan ijodkorlar TikTok ilovasi orqali Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga qoʻshilish uchun ariza berishlari mumkin.


Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga murojaat qiling:
1. Quyi qismdagi Profil bandiga tegining.
2. Yuqori qismdagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, soʻngra TikTok Studioni tanlang.
3. Ijodkorlar uchun mukofot dasturi bandiga tegining.Ariza berganingizdan keyin taxminan 3 kun ichida javob olasiz.

Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga qoʻshilish haqida bilish zarur boʻlgan narsalar:
• Yosh muvofiqligi TikTok hisobingizni yaratish vaqtida va/yoki Ijodkorlar uchun mukofot dasturi ilovasida tasdiqlanganda, kiritilgan tugʻilgan kun sanasiga asoslanadi.
• Agar Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga qabul qilinmasangiz va qoʻshilish huquqiga ega ekaningizga ishonchingiz komil boʻlsa, 30 kun ichida shikoyat qilishingiz yoki shikoyat muddati tugaganidan keyin 30 kun ichida qayta murojaat qilishingiz mumkin.Hisobingiz yaxshi holatda va Hamjamiyatimiz qoidalari va Xizmat shartlari asosida boʻlishi zarur.




Hisob va videoni tekshirish jarayoni qanday ishlaydi?


Siz mukofot olish yoki dasturda ishtirok etishda davom etish huquqiga ega ekanligingizni aniqlash uchun biz Ijodkorlar uchun mukofot dasturi ostida joylangan kontentni oʻz ichiga oluvchi hisob maʼlumotlarini tekshiramiz va ularning emasligi haqida qaror chiqaramiz.Barcha bayroqlar va diskvalifikatsiyalar eslatma olinganidan keyin 30 kun ichida shikoyat qilinishi mumkin.Unutmang, video shikoyatlari hisobingizga taʼsir qilmaydi.

Agar hisob yoki videongiz tekshiruvdan oʻtsa:
• Mukofotlarni jamlash huquqiga ega boʻlasiz.
• Agar kelgusida hisob yoki videongiz haqida shikoyat yoki xabar qilinsa, u Hamjamiyat qoidalarini buzganlik uchun olib tashlanishi mumkin.Olib tashlangan videolardan toʻplangan mukofotlar balansingizdan yechib olinadi.

Agar hisob yoki videongiz tekshiruvdan oʻtmasa:
• U Hamjamiyat qoidalarini buzayotgan boʻlishi mumkin, masalan, asl boʻlmaga yoki past sifatdagi kontent, xavfli faoliyatlar, spam yoki nooʻrin xulq-atvor sababli.
• Siz mukofotlarni ololmaysiz va buning sababi haqida sizga xabar beramiz.
• Agar hisob yoki videongiz bizning Hamjamiyatimiz qoidalariga yoki boshqa siyosat talablariga rioya qilmasa, uni olib tashlaymiz.
• Video orqali avval toʻplangan har qanday mukofotlar balansingizdan yechib olinadi.
• Sizga Ijodkorlar uchun mukofot dasturidan olib tashlanganlik ustidan shikoyat qilish imkoniyati beriladi.Shikoyatlar eslatma olgandan keyin 30 kun ichida yuborilishi kerak.




Hisobingiz yoki videongiz mos boʻlmasa, shikoyat qanday yuboriladi


Hisob yoki videongiz Ijodkorlar uchun mukofot dasturi doirasida xato sababli olib tashlangan deb hisoblasangiz, shikoyat yuborishingiz mumkin.Shikoyat tekshiruvi taxminan 3 kunni oladi.Yangilik boʻlishi bilan sizga bildirishnoma yuboriladi.

Shikoyat yuborish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqori qismdagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, soʻngra TikTok Studioni tanlang.
3. Ijodkorlar uchun mukofot dasturi bandiga tegining.
4. Shu yerdan:
༚ Agar hisobingiz diskvalifikatsiya qilingan bo'lsa, shikoyat qilish qadamlarini bajarish uchun pastdagi Shikoyat tugmasiga tegining.
༚ Agar videongiz diskvalifikatsiya qilingan boʻlsa, mos kelmaydigan videoga tegining va shikoyat qilish qadamlarini bajarish uchun pastdagi Shikoyat tugmasiga tegining.


Biz kiruvchingizga yuborgan bildirishnoma orqali shikoyat qilishingiz mumkinligini yodda tuting.

Foydali boʻldimi?