Seriesda toʻlovlar

Boʻlimga kirish 


Toʻlovlaringiz qanday hisoblanadi  •  Toʻlovlaringizni qanday koʻrish mumkin  •  Toʻlovingizni qanday qabul qilish mumkin 






Toʻlovlaringiz qanday hisoblanadi


Taqdim etilgan pastga ochiladigan menyudan 0,99$ – 189,99$ orasidagi Seriesingiz narxini tanlashingiz mumkin. Toʻlovlar xarid qilingan Series ruxsati soni asosida hisoblanadi. Toʻlovingiz haqida batafsil axborot toping. Unutmang, Series chop etilganidan keyin uning narxini oʻzgartira olmaysiz.






Toʻlovlaringizni qanday koʻrish mumkin


Har oyning birinchi kunida oldingi oyda jamlangan toʻlovlaringiz haqida bildirishnoma olasiz.

Toʻlovni koʻrish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi
Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi
Menyu ☰ tugmasini, keyin Balans tugmasini tanlang.
3. Avval
Boshqalar, keyin Oylik tushumlar tugmasini bosing.






Toʻlovni qanday qabul qilish mumkin


Agar Seriesdan hisobingizda jamlangan toʻlovning umumiy miqdori 50$ (yoki muqobil milliy valyuta) ga teng boʻlsa yoki undan oshsa, toʻlovingiz har oyning 15-kunida avtomatik ravishda sizga yuboriladi.

Eslatma:
1. Toʻlovingiz sizga yuborilishidan oldin sizdan mavjud PayPal hisobingizni sozlash yoki ulash, soliq shaklini toʻldirish va shaxsingizni tasdiqlash soʻraladi. Kerakli axborotlarni taqdim etganingizni tekshiring, aks holda, toʻlovingiz majburiy tarzda ushlab turilishi va Seriesda ishtirok etish huquqidan mahrum boʻlishingiz mumkin.
2. Tegishli yurisdiksiyalarda QQS boʻyicha registratsiya qilgan ijodkorlar TikTokka tegishli QQS invoysini berishi kerak. Bu talabni soddalashtirish uchun, agar TikTok Mustaqil billing kelishuvini oʻqib chiqsangiz va qabul qilsangiz, TikTok nomingizdan invoyslarni berishi mumkin. Agar soliqqa tortiladigan shaxs boʻlsangiz, sizga birinchi toʻlov yuborilgunga qadar sizga mustaqil billing kelishuvini toʻldirish taklif qilinadi.




Foydali boʻldimi?