Boʻlimga kirish
TikTokda Video Hadyalar nima • Video Hadyalarni yoqish • Video Hadyalarni boshqarish
TikTokda Video Hadyalar haqida
Video Hadyalar – bu tomoshabinlarga kontentingiz bilan munosabatga kirishish va u uchun oʻz minnatdorchiligini bildirish imkonini berish usulidir. Video Hadyalarni yoqish – bu TikTokdagi videolaringiz mashhurligi uchun Olmoslar olish yoʻllaridan biridir.
Video hadyalar olish huquqiga ega boʻlish uchun siz quyidagi talablarga javob berishingiz lozim:
• Video hadyalar berish mumkin boʻlgan hududda yashashingiz lozim. Bu xususiyat ayrim hududlarda mavjud emas.
• Kamida 18 yosh (yoki Janubiy Koreyada 19 yosh) boʻlishingiz lozim.
• Hisobingiz kamida 30 kun avval ochilgan boʻlishi va kamida 10 000 kuzatuvchiga ega boʻlishingiz kerak.
• Oxirgi 30 kun ichida bitta ommaviy video joylagan boʻlishingiz lozim.
• Hisobingiz yaxshi holatda boʻlishi hamda Hamjamiyat qoidalari va Xizmat shartlariga muvofiq boʻlishi lozim.
• Shaxsiy hisobga ega boʻlishingiz lozim. Biznes hisoblar, hukumat, siyosatchi va siyosiy partiya hisoblari va boshqa davlat manfaatiga ega hisoblar kontent uchun Hadya qabul qilishi mumkin emas.
Quyidagilarni oʻz ichiga olgan videolar Video Hadyalarni ololmaydi:
• Duetlar Ulama videolar.
• Rekalamalr, homiylik kontenti yoki tanituv postlari.
• Hamjamiyat qoidalariga zid kontent.
Eslatma: Hadyalar olish va Olmoslar toʻplash virtual elementlar siyosatimizga koʻra amalga oshiriladi.
Video hadyalarni yoqish
Video hadyalarni yoqish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini, keyin TikTok Studio tugmasini tanlang.
3. Monetizatsiya ichidagi Video Hadyalar bandini bosing.
4. Hadyalar sozlamasini yoqing, muvofiqlik talablarini koʻrib chiqing va Hadyalarni yoqish bandiga bosing.
Video Hadyalarni boshqarish
TikTokda Video Hadyalarni yoqish yoki faolsizlantirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini, keyin TikTok Studio tugmasini tanlang.
3. Monetizatsiya ichidagi Video Hadyalar bandini bosing.
4. Yoqish yoki faolsizlantirish uchun Hadyalar funksiyasini yoqing.
Qanday qilib TikTok videoga Hadya yuborish va TikTokdagi JONLI efir vaqtida Hadya yuborish haqida batafsil.