Series yaratish va boshqarish

Boʻlimga kirish 


Series qanday yaratiladi  •  Series qanday boshqariladi  •  Series TikTok videongizga qanday ulanadi  •  Series reytinglari haqida
 






Series qanday yaratiladi


Seriesʼni TikTok ilovasida yoki veb-brauzeringizda yaratishingiz mumkin.

Ilovada Series yaratish uchun:

Joylash ekrani
1. TikTok ilovasida video yuklash yoki yozish uchun quyi qismdagi
Post joylash + tugmasini bosing.
2.
Davom etish✓ tugmasini bosing.
3. Filtr, ovoz, matn, stikerlar, effektlar va boshqalarni qoʻshing yoki kengaytirilgan tahrirlash vositalaridan foydalaning.
4.
Keyingisi tugmasini bosing va tavsif, heshteglar kiriting yoki qoʻshimcha tahrirlar qiling.
5.
Boshqa parametrlar bandini bosing, keyin Seriesʼga kiritish bandini tanlang hamda Series nomi va video nomini tanlang.
6.
Keyingisi tugmasini bosing va butun Seriesʼingiz uchun tavsif, narx va muqova suratini qoʻshing.
7. Series tafsilotlarini tekshirish uchun
Keyingisi tugmasini bosing va Seriesʼni tekshiruvga yuborish uchun Yuborish tugmasini bosing yoki uni qoralamalaringizga saqlash uchun Saqlash tugmasini bosing.

Profil
1. TikTok ilovasida
Profil bandini bosing, keyin profil tavsifida Series havolasini bosing.
2.
Series portaliga kirish bandini bosing hamda Seriesingizga sarlavha, tavsif, narx va muqova suratini qoʻshish uchun Yangi Seies tugmasini bosing. Cheklangan vaqtli chegirma qoʻshishingiz ham mumkin.
3. Tafsilotlaringizni tekshirish uchun
Keyingisi tugmasini bosing va Seriesingizga videolar yuklash uchun Yangi video tugmasini bosing. Videongizni tahrirlashingiz mumkin va sizdan maxfiylik sozlamalaringizni tanlash soʻraladi.
4.
Keyingisi tugmasini bosing va videongiz uchun sarlavha qoʻshing, keyin Seriesingiz tafsilotlarini tekshirish uchun Keyingisi tugmasini bosing. Shuningdek, videolarni kiritish yoki olib tashlashingiz mumkin.
5. Seriesingizni tekshiruvga yuborish uchun
Yuborish tugmasini bosing yoki uni qoralamalarga saqlash uchun Saqlash tugmasini bosing.

Series portali
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi
Profil tugmasini bosing, keyin yuqori qismdagi Menu ☰ tugmasini bosing.
2
TikTok Studio bandini bosing va keyin Monetizatsiya boʻlimida Series bandini bosing.
3. Seriesingizga sarlavha, tavsif, narx va muqova suratini qoʻshish uchun
Yangi Series tugmasini bosing. Cheklangan vaqtli chegirma qoʻshishingiz ham mumkin.
4. Tafsilotlaringizni tekshirish uchun
Keyingisi tugmasini bosing va Seriesingizga videolar yuklash uchun Yangi video tugmasini bosing. Videongizni tahrirlashingiz mumkin va sizdan maxfiylik sozlamalaringizni tanlash soʻraladi.
5.
Keyingisi tugmasini bosing va videongiz uchun sarlavha qoʻshing, keyin Seriesingiz tafsilotlarini tekshirish uchun Keyingisi tugmasini bosing. Shuningdek, videolarni kiritish yoki olib tashlashingiz mumkin.
6. Seriesingizni tekshiruvga yuborish uchun
Yuborish tugmasini bosing yoki uni qoralamalarga saqlash uchun Saqlash tugmasini bosing.

Kompyuteringizda Series yaratish uchun: 
1. www.tiktok.com/series sahifasini ochib, hisobingiz bilan kiring.
2. Avval profil rasmingiz, keyin
Series bandini bosing.
3.
Yangi Series tugmasini bosing va Ism, Tavsif, Muqova va Narx qoʻshing.
4. Keyingi sahifada bitta Series kiritmoqchi boʻlgan videolaringizni tanlang va yuklang.
5. Barcha videolaringiz yuklanganidan keyin tugatish uchun
Yuborish tugmasini bosing.


Unutmang, quyidagilarni yuklashingiz mumkin:
   ༚  Har bir Series uchun 80 tagacha video.
   ༚  Uzunligi 30 soniyadan 20 daqiqagacha boʻlgan videolar.
   ༚  Barcha video formatlari, lekin MP4 tavsiya etiladi.
   ༚  Har bir video uchun 4 GB gacha.
   ༚  Vertikal (tavsiya etiladi) va gorizontal formatdagi videolar.

Yuborilgandan keyin Seriesingiz Hamjamiyat qoidalariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun tekshiriladi. Kontent uzunligiga qarab tekshiruvga 72 soatgacha vaqt ketishi mumkin. Seriesingiz tasdiqlanib, nashr etilganda sizga xabar beriladi. Nashr etilgach, tomoshabinlar Seriesga profilingizdan yoki agar TikTok videolaringizdan biriga ulasangiz, bu videodan kirish uchun haq toʻlashi mumkin.






Series qanday boshqariladi


Seriesni TikTok ilovasida yoki kompyuteringizda boshqarishingiz mumkin. Sizda videolar kiritish, triler sifatida video belgilash va boshqa imkoniyatlar bor. Unutmang, ilovada qoralama Seriesni va kompyuterda joylangan Seriesni boshqarishingiz mumkin.

Ilovada Seriesingizni boshqarish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi
Profil bandini bosing.
2. Profil tavsifida
Series havolasini bosing, keyin Series portaliga kiritish bandini bosing.
3. Siz boshqarmoqchi boʻlgan Series qoralamasini bosing. Video boʻlimida quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
   ༚  Qoʻshimcha videolarni qoʻshish uchun
+ tugmasini bosing
   ༚  Videolarni qayta tartiblash yoki oʻchirish uchun yuqori qismda
Tahrirlash tugmasini bosing
4. Siz oʻzgartirmoqchi yoki kiritmoqchi boʻlgan tafsilotlarni oʻzgartirish uchun yuqori qismdagi
Boshqa parametrlar ... tugmasini bosing va Series tafsilotlarini tahrirlash bandini bosing. Siz quyidagilarni tahrirlash yoki qoʻshishingiz mumkin:
   ༚  Sarlavha
   ༚  Tavsif
   ༚  Muqova rasmi
   ༚  Narx
   ༚  Chegirma
5. Oʻzgarishlarni yangilash uchun
Keyingisi tugmasini bosing va keyin Saqlash tugmasini bosing.

Seriesni kompyuterda TikTok hisobingizdan ham boshqarishingiz mumkin. Bu yerda Series holatingiz va foydalanuvchi baholarini tekshirishingiz, videolar tartibini oʻzgartirishingiz, video oʻchirishingiz va boshqa amallarni bajarishingiz mumkin. Kompyuteringizda Seriesni boshqarish uchun: 
1. Desktop brauzerida hisobingizga kiring.
2. Avval profil rasmingiz, keyin
Series bandini bosing.
3.
Seriesni boshqarish tugmasini bosing.
4. Unda quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
   ༚  Videolarni yuklash
   ༚  Videolarni oʻchirish
   ༚  Series nomi, tavsifi va muqovasini tahrirlash
   ༚  Video nomini tahrirlash
   ༚  Qoralamalarni boshqarish
   ༚  Video xaridlarining jamini sonini koʻrish
   ༚  Series chegirmalarini boshqarish
   ༚  Koʻrib chiqish holatini tekshirish
   ༚  Foydalanuvchi reytinglarini tekshirish
   ༚  Videolar tartibini oʻzgartirish
   ༚  Seriesni olib tashlash

Yodda tuting:
•  Series joylanganidan keyin narxni tahrirlashingiz mumkin.
•  Series joylanganidan keyin Series tafsilotlari va video tavsifi hamda muqovalarni 5 martagacha tahrirlashingiz mumkin.
•  Siz ilovada Seriesingizdan faqat bitta videoni oʻchirishingiz mumkin, lekin kompyuteringizda butun Seriesni oʻchirishingiz mumkin.






TikTok videongizga Series qanday ulanadi


Seriesni TikTok videongizga ulash uchun:
1. Videoni joylashdan oldin TikTok ilovasidagi
Joylash ekranida Havola kiritish tugmasini bosing.
2.
Series bandini bosing va videongizga ulamoqchi boʻlgan Seriesni tanlang.
3. Davom etish uchun
Video kiritish tugmasini bosing.
4.
Joylash ekranida qoʻshimcha oʻzgarishlar kiriting va yakunlash uchun Joylash tugmasini bosing. Videongizdagi tagyozuv ustida havola chiqadi va odamlarni pulli kontentingizga yoʻnaltiradi.






Series baholari haqida


Seriesingizni sotib olgan tomoshabinlar Series ekranida chop etiladigan bahoni yuborishi mumkin. Umumiy baholarni
Seriesni boshqarish ruknida ham koʻrishingiz mumkin.



Foydali boʻldimi?