Pullarimni qanday yechib olishim mumkin?

Bir kunda jami 3000.00€ (Birlashgan Qirollikda 3000.00£) yechib olish mumkin. Har kuni maksimal besh marta toʻlov usulingizga pul oʻtkazishingiz mumkin.

Minimal yechib olish miqdori – 10.00€ (Birlashgan Qirollikda 10.00£). Agar hisobingizda 10.00€ dan kam mablagʻ boʻlsa, butun balansni 1-yanvardan 30-iyungacha bir marta va 1-iyuldan 31-dekabrgacha bir marta oʻtkazishingiz mumkin.

Pullarni toʻlov usulingizga oʻtkazish uchun:
1. Quyi oʻng tomondagi
Profil tugmasini bosing.
2. Yuqori oʻng tomondagi
3 chiziq belgisini bosing.
3.
Sozlamalar va maxfiylik tugmasini bosing.
4. Quyidagi ruknlar ustida bosing:
Balans -> Income+ -> Yechib olish.
5.
+Yangi toʻlov usulini kiritish bandini tanlang. 
6. Yechib olish koʻrsatmalarini koʻrib chiqing va
Qabul qilish va davom etish tugmasini bosing.
7. Yechib olish uchun afzal toʻlov usulini tanlang.

Eslatma:
1. Yechib olishdan avval sizdan hisobga egalik huquqingizni tasdiqlash soʻraladi hamda yoshingizni tasdiqlash soʻralishi ham mumkin.
2. Soliq solinadigan va QQS maqsadlarida faoliyat yurituvchi ijodkor TikTokka tegishli QQS invoysini taqim etishi lozim. Agar ijodkor Mustaqil billing kelishuvini qabul qilsa, TikTok ijodkor uchun bu majburiyatni soddalashtirish maqsadida ijodkor nomidan invoyslar taqdim etishga yordam beradi. Shu sababli, birinchi marta pul yechib olish vaqtida, agar soliqqa tortiladigan shaxs boʻlsangiz, sizga TikTok Creator Fund Mustaqil billing kelishuvini toʻldirish taklif etiladi.


Foydali boʻldimi?