TikTok JONLI efirda moderatsiya

Boʻlimga kirish


TikTok JONLI efirda moderatsiyalash qanday ishlaydiTikTok JONLI efirda moderatsiyalash


TikTok JONLI efirda moderatsiya qanday ishlaydi


TikTok JONLI efirda ijodkor yoki moderator sifatida JONLI chatda maʼlum bir xabarlarni bloklashingiz va Hamjamiyat qoidalarini buzadigan yoki istalmagan xabarlarni yuboradigan tomoshabinlar haqida shikoyat qilish, ularning fikrlari uchun sukut saqlash rejimini yoqish, cheklash yoki bloklashingiz mumkin.Ijodkorlar JONLI efir davomida tomoshabinlarni boshqarishga yordam berishi uchun foydalanuvchilarni moderatorlar sifatida qoʻshishlari ham mumkin.

Bilishingiz zarur:
• Faqat muvofiqlik talablariga mos keladigan ijodkorlar TikTokda JONLI efir boshlashi mumkin.
• Moderatorlarga ijodkor tomonidan ruxsat berilishi zarur.
• Veb-brauzerdan JONLI efirni boshlash uchun LIVE Studio (Windows) yoki OBS Studio (Linux, macOS yoki Windows) dasturini yuklab olishingiz kerak.JONLI efir moderatorlari veb-brauzerda moderatsiyalayotgan vaqtda ulardan LIVE Studio yoki OBS Studio ilovalariga kirish talab etilmaydi.


TikTok JONLI efirda qanday moderatsiya qilinadi


Ijodkor yoki moderator sifatida JONLI efirdan oldin yoki JONLI davomida tomoshabinlarni bevosita JONLI efir sozlamalari yoki chatdan boshqarishingiz mumkin.


TikTok ilovasi


JONLI efir sozlamalaridan
1. Quyi qismdagi Post qoʻshish + tugmasiga tegining.
2. Pastki qismdagi JONLI efirga tegining.Uni topish uchun varaqlashingiz kerak boʻlishi mumkin.
3. Sozlamalar bandiga tegining.
4. Quyidagi sozlamalar uchun parametrlaringizni tanlang:
Moderatorlar: Moderatorlarni qoʻshing yoki olib tashlang.Bu sozlamadan faqat ijodkorlar foydalana oladi.
Auditoriya nazoratlari: JONLI efirni kamida 18 yoshga toʻlgan tomoshabinlarga cheklash uchun buni yoqing yoki faolsizlantiring.Bu sozlamadan faqat ijodkorlar foydalana oladi.
5. JONLI efiringizni boshlash uchun JONLI efirni boshlash tugmasiga tegining.
6. Qoʻshimcha moderatsiya sozlamalari uchun Yana ... bandiga tegining,u quyi qismda joylashgan, soʻngra Sozlamalar tugmasiga tegining:
Fikr sozlamalari: Fikrlarga ruxsat berish yoki ularni filtrlash, kalit soʻzlarni va ularning turli shakllarini bloklash, keraksiz fikr qoldirgan tomoshabinlarni sukutga qoʻyish va hokazo.
Moderatorlar: JONLI efir vaqtida fikr sozlamalari, bloklangan hisoblar roʻyxatlari va boshqalarni boshqarishda yordam beradigan moderatorlarni qoʻshing.
Sukutga qoʻyilgan hisoblar: Sukutga qoʻyilganlar roʻyxatini koʻrib chiqing yoki avvalroq JONLI efir vaqtida sukutga qoʻyilgan hisoblar ovozini yoqing.
Bloklangan hisoblar: Bloklangan hisoblaringizni koʻrib chiqing yoki avval JONLI efirni tomosha qilishdan bloklangan foydalanuvchilarni blokdan chiqaring.


JONLI efir chatidan
1. JONLI efir vaqtida siz chatda boshqarmoqchi boʻlgan tomoshabin profiliga tegining, keyin Yana ...tugmasiga tegining.Uning fikriga ham teginishingiz mumkin.
2. Bu tomoshabinni qanday boshqarmoqchiligingizni tanlang:
Xabar berish: Tomoshabin fikri haqida xabar bering.
Ovozsiz qilish: Tasdiqlangan vaqt davomida tomoshabin hisobini ovozsiz qiling.Unga ovozsiz qilganingiz haqida xabar beriladi va ovozsiz qilish muddati tugaguncha yoki ovozi yoqilmaguncha fikrlar yubora olmaydi.
Bloklash: Tomoshabin hisobini JONLI efirni tomosha qilishdan bloklang.Shuningdek, bu tomoshabinning postlari, profili yoki shaxsiy xabarlari orqali uning ijodkor bilan oʻzaro aloqasini bloklaydi.Unga bloklangani haqida xabar beriladi va u blokdan chiqarilmasa, joriy ijodkorning hech qanday JONLI efir videolarini tomosha qila olmaydi.
Moderator qoʻshish: Bu tomoshabinni JONLI efir uchun moderator sifatida qoʻshing.Bu sozlamadan faqat ijodkorlar foydalana oladi va chatdan tomoshabin profiliga teksangizgina aks ettiriladi.

Moderatorni qoʻshganingizdan keyin, unga muayyan sozlamalardan foydalanish ruxsatini berishingiz mumkin.Fikrlarni boshqarish uchun moderatorlar JONLI efir pastidagi Ulashish tugmasiga, keyin Sozlamalar bandiga tegining.


Veb-brauzer


JONLI efir sozlamalaridan
1. JONLI efirdan oldin yoki JONLI efir davomida JONLI chat panelidagi Sozlamalar tugmasini bosing.
2. Moderatsiya sozlamalari bandini bosing, keyin quyidagi sozlamalar uchun parametlaringizni tanlang:
Moderatorlar: Moderatorlarni qoʻshing yoki olib tashlang.Bu sozlamadan faqat ijodkorlar foydalana oladi.
Sukutga qoʻyilgan hisoblar: Sukutga qoʻyilganlar roʻyxatini koʻrib chiqing yoki avvalroq JONLI efir vaqtida sukutga qoʻyilgan hisoblar ovozini yoqing.
Bloklangan hisoblar: Bloklangan hisoblaringizni koʻrib chiqing yoki avval JONLI efirni tomosha qilishdan bloklangan foydalanuvchilarni blokdan chiqaring.

JONLI efir chatidan
1. JONLI efir davomida siz chatda boshqarmoqchi boʻlgan tomoshabin profilini bosing, keyin Yana ...tugmasiga tegining.Uning fikriga ham bosishingiz mumkin.
2. Bu tomoshabinni qanday boshqarmoqchiligingizni tanlang:
Moderator sifatida qoʻshish: Bu tomoshabinni JONLI efir uchun moderator sifatida qoʻshing.Bu sozlamadan faqat ijodkorlar foydalana oladi.
Fikr haqida xabar berish: Tomoshabin fikri haqida xabar bering.
Ovozsiz qilish: Tasdiqlangan vaqt davomida tomoshabin hisobini ovozsiz qiling.Unga ovozsiz qilganingiz haqida xabar beriladi va ovozsiz qilish muddati tugaguncha yoki ovozi yoqilmaguncha fikrlar yubora olmaydi.
Bloklash: Tomoshabin hisobini JONLI efirni tomosha qilishdan bloklang.Shuningdek, bu tomoshabinning postlari, profili yoki shaxsiy xabarlari orqali uning ijodkor bilan oʻzaro aloqasini bloklaydi.Unga bloklangani haqida xabar beriladi va u blokdan chiqarilmasa, joriy ijodkorning hech qanday JONLI efir videolarini tomosha qila olmaydi.


Moderatorni qoʻshganingizdan keyin, unga muayyan sozlamalardan foydalanish ruxsatini berishingiz mumkin.Fikrlarni boshqarish uchun moderatorlar JONLI efirga veb-brauzer orqali kirishi mumkin.

Foydali boʻldimi?