Hadyalar

Boʻlimga kirish


TikTokdagi Hadyalar nima?TikTokdan Hadyalar qanday ishlaydiTikTokda Tangalar qanday xarid qilinadi



TikTokdagi Hadyalar nima?


Hadyalar – bu TikTokda kontent bilan ishlashda foydalanishingiz mumkin boʻlgan virtual buyumlar. Tasmalaringizni koʻrib chiqayotganingizda yoki TikTokdagi JONLI efir vaqtida Hadyalarni yuborishingiz mumkin.

Eslatma: Tangalar va Hadyalarga kirish uchun kamida 18 yoshda (Janubiy Koreyada 19 yoshda) boʻlishingiz kerak.


TikTokda Hadyalar qanday ishlaydi


Hadyalarga kirish uchun Tangalarni xarid qilishingiz zarur boʻladi. Hadyani faollashtirganingizdan soʻng, kerakli Tangalar miqdori balansingizdan yechib olinadi. Har bir Hadyani faollashtirish uchun zarur boʻlgan Tangalar soni Hadya ostida koʻrsatiladi.

TikTokda JONLI efir paytida qanday Hadya yuborish haqida batafsil bilib oling.

Eslatma: Hadyalardan foydalanish Virtual elementlar siyosati asosida tashkil etiladi.


TikTokda Tangalar qanday xarid qilinadi


TikTok ilovasidagi Tangalarni Apple App Store yoki Google Play Store kabi tashqi ilova doʻkonlari orqali xarid qilish mumkin. Qoʻllab-quvvatlanadigan mamlakatlarda ularni bevosita TikTok veb-saytida xarid qilishingiz mumkin. Joylashuvlaringizga qarab TikTok veb-saytida faollashtirilishi mumkin boʻlgan hadya kartalari orqlai Tangalardan foydalanish mumkin.


Eslatma: Tanga yuborish uchun kamida 18 yoshda (Janubiy Koreyada 19 yoshda) boʻlishingiz kerak. Tangalarni xarid qilish va ulardan foydalanish bizning Virtual elementlar siyosati asosida tashkil etiladi.


Balansdan Tangalar balansni toʻldrish
1. TikTok ilovasi quyi qismidagi Profil tugmasiga teging.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Balans bandini tanlang.
3. Tangalarni olish bandiga tegining, soʻngra sotib olmoqchi boʻlgan Tangalar toʻplamini tanlang.
4. Balansni toʻldirish bandiga tegining, soʻngra tegishli ilovalar doʻkoni orqali xaridni yakunlash uchun amallarni bajaring.


JONLI efirdan Tangalar balansini toʻldirish
1. TikTok ilovasida JONLI efir quyi qismidagi Hadya tugmasiga tegining. Agar siz Hadyalarni koʻrmasangiz, u holda ushbu JONLI efir uchun hadya berishdan foydalanib boʻlmaydi.
2. Pastdagi Balansni toʻldirish bandiga tegining va sotib olmoqchi boʻlgan Tangalar toʻplamini tanlang.
3. Foydalanish mumkin boʻlgan ilovalar doʻkoni orqali xaridni amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajaring.


TikTok veb-saytidan Tangalar balansini toʻldirish
1. www.tiktok.com/coin havolasiga oʻting.
2. Xarid qilmoqchi boʻlgan Tangalar paketingizni tanlang.
3. Balansni toʻldirish tugmasini cherting.
4. Xaridni afzal koʻrgan toʻlov usulingiz orqali amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajaring.


Hadya kartasidan Tangalar balansini toʻldirish
1. www.tiktok.com/coin/redeem havolasiga oʻting.
2. Tangalarni ishlatish uchun hadya kartasidagi PIN-kodni kiriting.

Shuni yodda tutingki, hadya kartasi orqali Tangalar balansini toʻldirish imkoniyati hamma joyda mavjud emas.

Foydali boʻldimi?