TikTok JONLI efirda hamboshlovchilik

Boʻlimga kirish


TikTokda hamboshlovchi nima?Hamboshlovchi rejimi nima?Hamboshlovchilikdagi JONLI efir qanday boshlanadiHamboshlovchi rejimi qanday ishga tushiriladi



TikTokda hamboshlovchi nima?


Hamboshlovchilikda JONLI efir bir nechta ijodkorning bir vaqtda birgalikda JONLI efir boshlashiga imkon beradi. Bu ijodkorlarga bir-birlari bilan bog‘lanish hamda hamboshlovchi rejimlari orqali o‘z tomoshabinlari bilan o‘zaro aloqa o‘rnatishning yangi usullarini taklif qilishga yordam beradi. Hamboshlovchilikdan foydalanish orqali ijodkorlar ko‘proq tomoshabinlarni jalb qilishlari va turli xil kontentni yaratishlari mumkin.


Hamboshlovchi rejimi nima?


Hamboshlovchi rejimlari bu JONLI match kabi ijodkorlar hamboshlovchilikdagi JONLI efir vaqtida birgalikda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan turli xil chellenjlar.


Hamboshlovchilikdagi JONLI efir qanday boshlanadi


1. JONLI efir vaqtida pastki qismdagi +Boshlovchilar tugmasiga tegining.
2. Bu yerdan:
Tasodifiy tavsiya etilgan ijodkorni taklif qilish uchun Yuborish tugmasiga tegining.
Taklif qilish tugmasiga tegining hamda tanishingizni (siz kuzatadigan kuzatuvchilar), tanishingiz mumkin bo‘lgan insonlar yoki boshqa tavsiya etilgan ijodkorlarni taklif qiling.

Ijodkor taklifingizni qabul qilgandan keyin, hamboshlovchilik boshlanadi. Yodda tuting, tavsiya etilgan ijodkorlar o‘z ilovasi tili yoki kuzatuvchilar soni, shuningdek, avvalgi JONLI efir kontenti kabi asosiy hisob ma’lumotlari asosida tavsiya etiladi.



Hamboshlovchilik rejimi qanday ishga tushiriladi


1. Hamboshlovchilikni boshlang, so‘ngra pastki qismdagi Match yoki Play tugmasiga tegining.
2. Hamboshlovchilik rejimini tanlang, so‘ngra Taklif yuborish tugmasiga tegining.

Ijodkor taklifingizni qabul qilgandan keyin, hamboshlovchilik rejimi ishga tushiriladi.

Foydali boʻldimi?