Ijodkorlar uchun axloq kodeksi

Boʻlimga kirish


Ijodkorlar uchun axloq kodeksi nima?Agar qoidabuzarlik boʻlsa, TikTok hisobingizga nima boʻladi?Hisobingiz cheklangan boʻlsa, qanday shikoyat qilish mumkin



Ijodkorlar uchun axloq kodeksi nima?


Ijodkorlar uchun axloq kodeksi ijodkorlar TikTokda promo va monetizatsiya dasturlarida ishtirok etish uchun rioya qilishi zarur boʻlgan axloq standartlarini belgilab beradi.Biz ijodkorlar platformada va uning tashqarisida oʻzlarini lozim darajada tutadilar, yaʼni boshqalarning xavfsizligini va platformamiz yaxlitligini oʻylaydilar, degan umiddamiz.Barcha ijorkolar Hamjamiyatimiz qoidalari bilan birga ijodkorlar uchun axloq kodeksi, Xizmat shartlari hamda TikTok Shop, Ijodkorlar uchun mukofot dasturi va TikTok JONLI efir kabi monetizatsiya mahsulotlarimizga aloqador barcha siyosatlarga amal qilishlari zarur.


Ijodkorlar uchun axloq kodeksi haqida Ijodkorlar akademiyamizda bilib oling.



Agar qoidabuzarlik boʻlsa, TikTok hisobingizga nima boʻladi?


Agar siz ijodkorlar uchun axloq kodeksini buzganingizga ishonchimiz komil boʻlsa, qoidabuzarlik haqida sizga xabar beramiz va turli cheklovlar qoʻllanilishi mumkin.Biz xato qildik deb hisoblasangiz, shikoyat qilish varianti mavjud.


Qoidabuzarliklar darajasi va soniga qarab turli cheklovlar qoʻllanilishi mumkin, jumladan, ijodkor dasturlarida va boshqa monetizatsiya faoliyatlarida maʼlum bir vaqt davomida ishtirok etishdan cheklanasiz yoki bu dasturlardan butunlay bloklanasiz.


Yodda tuting, qoidabuzarlik holati darhol takrorlanishining oldini olish maqsadida hisobingiz nazorat ostida boʻlgan vaqtda ayrim ijodkor funksiyalaridan foydalanish vaqtincha cheklanishi mumkin.



Hisobingiz cheklangan boʻlsa, qanday shikoyat qilish mumkin


Agar hisobingiz xato tufayli cheklangan deb hisoblasangiz, qoidabuzarlik haqida bildirishnoma orqali olgan qarorimiz ustidan shikoyat qilishingiz mumkin.Shuningdek, biz bilan ilovada bogʻlanishingiz mumkin.


Shikoyat yuborish uchun:

1. TikTok ilovasida Kiruvchi tugmasiga tegining.

2. Tizim bildirishnomalariga tegining.

3. Hisob yangiliklari tugmasiga tegining.Sahifani varaqlashingiz kerak boʻlishi mumkin.

4. Hisob cheklanishi uchun bildirishnomaga tegining.

5. Shikoyatingizni yuborish uchun Shikoyat qilish tugmasiga tegining va koʻrsatmalarni bajaring.


TikTokda kontent qoidabuzarliklari va bloklari haqida batafsil.

Foydali boʻldimi?