TikTok videolari va suratlarini tahrirlash

Boʻlimga kirish


TikTokda tahrirlash vositalariQo‘shimcha video yoki suratlar qanday qo‘shiladiVideo klip qanday tahrirlanadiKlipdagi tezlik qanday sozlanadiTovush qanday kiritiladiO‘tishlar qanday qo‘shiladi va tahrirlanadiMatn qanday qo‘shiladi va tahrirlanadiSehrli tayoqchadan qanday foydalaniladiAI Yaratishdan qanday foydalaniladiOverleylar qanday tahrirlanadiTahrirlash haqida bilishingiz zarur bo‘lgan muhim narsalar






TikTokda tahrirlash vositalari


TikTokdagi postlaringizni yanada yaxshilash uchun kengaytirilgan tahrirlash vositalarimizdan foydalanishingiz mumkin. Tahrirlash vositalari o‘z ichiga oladi:
• Overley va ovoz effektlari
• Video effektlar
• Multi-trek tahrirlash
• AI tahrirlash effektlari

Tahrirlash vositalarini ochish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Post kiritish + tugmasiga tegining. 2. Rasm yoki videoga oling. Yoki qurilmangizdagi surat yoki videodan foydalanish uchun Yuklash tugmasiga teginishingiz mumkin. Bu yerdan:
༚ Videoga olgan bo‘lsangiz, tahrirlash vositalarini ochish uchun yon paneldagi Tahrirlash tugmasiga tegining. Pastdagi Davom etish ✓ tugmasiga teginishingiz zarur bo‘lishi mumkin.
༚ Suratga olgan bo‘lsangiz, tahrirlash vositasini ochish uchun yon paneldagi Tahrirlash tugmasiga tegining.
༚ Agar siz kontentni yuklagan bo‘lsangiz, tahrirlash vositasini ochish uchun Keyingi, so‘ngra esa yon paneldagi Tahrirlash tugmasiga tegining.






Qo‘shimcha video yoki suratlar qanday yuklanadi


Qoʻshimcha videolar yoki suratlarni yuklash uchun:
1. Tahrirlash ekranidan quyi qismdagi Qo‘shish + tugmasiga tegining. Qurilmangizdagi suratlar va videolarga yoʻnaltirilasiz. Agar qurilmangizda saqlangan boshqa albom yoki kontentga razm solmoqchi bo‘lsangiz, yuqoridagi Yaqinda tugmasiga tegining.

2. Surat yoki video tanlang. Bu yerdan:
༚ Kontentingizni yuklashdan oldin razm solish uchun surat yoki videoga tegining. Agar uni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, pastdagi Tanlash tugmasiga, so‘ngra esa Tasdiqlash tugmasiga tegining.
༚ Kontentingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklash uchun Tasdiqlash tugmasiga tegining.






Klip qanday tahrirlanadi


Klipni tahrirlash yoki uning o‘rnini o‘zgartirish uchun:
1. Tahrirlash ekranidan klipga yoki quyi qismdagi Tahrirlash tugmasiga tegining. Bu yerdan:
༚ Klipni qisqartirish yoki uzaytirish uchun klipning har biror tarafidagi milni ushlab torting.
༚ Klipni qismlarga bo‘lish uchun klipdagi liniyani uni bo‘lmoqchi bo‘lgan joyingizga joylashtiring, so‘ngra quyi qismdagi Bo‘lish tugmasiga tegining.
༚ Klip joylashuv tartibini o‘zgartirish uchun klipni bosib turing va trekdagi joylashuvini sozlash uchun uni tortib o‘tkazing.
༚ Masshtabni sozlash uchun klip ekranini chimding yoki aksincha.






Klip tezligi qanday sozlanadi


Video klipni tezlashtirish yoki sekinlashtirish uchun:
1. Tahrirlash ekranidan klipga yoki quyi qismdagi Tahrirlash tugmasiga tegining. Bu funksiyadan faqat video kliplarda foydalanish mumkin.
2. Quyi qismdagi Tezlik tugmasiga tegining.
3. Pastdagi Normal yoki Egri chiziq tugmasiga tegining, so‘ngra video tezligini tanlang.
4. Tezlikni siz tanlagan klipga saqlash uchun chiqish tugmasiga tegining.


Yodingizda bo‘lsin, har bir klip uchun faqat bitta tezlik variantini qo‘shishingiz mumkin.






Tovush qanday kiritiladi


Tovush kiritish yoki almashtirish uchun:
1. Tahrirlash ekranidan quyi qismdagi Tovush tugmasiga tegining.
2. Klipda tovush bo‘lsa, Tovush kiritish yoki Almashtirish bandini tanlang. Tovushni almashtirish uchun trek ostidagiga teginishingiz ham mumkin.
3. Tovushni tanlash yoki qidirish. Tovush postingizga avtomatik tarzda kiritiladi.
4. Qoʻshimcha tahrirlashlarni amalga oshirish uchun klip tovushiga tegining.

Ovoz effektini kiritish uchun:
1. Tahrirlash ekranidan quyi qismdagi Tovush tugmasiga tegining, so‘ngra Tovush effektini tanlang.
2. Razm solish uchun istalgan tovushni tanlang. Tovushni keyinroq foydalanish maqsadida saqlash uchun Saralanganlar tugmasiga teginishingiz mumkin.
3. Videongizga ovoz effektini saqlash uchun Foydalanish tugmasiga tegining.


Kadr orti ovozini kiritish uchun:
1. Tahrirlash ekranidan quyi qismdagi Tovush tugmasiga tegining, so‘ngra Kadr orti ovozini tanlang.
2. Kadr orti ovozini yozib olish uchun Yozib olish tugmasiga tegining.
3. Kadr orti ovozi audiosini saqlash uchun Tayyor tugmasiga tegining.






Oʻtishlar qanday kiritiladi va tahrirlanadi


Kliplar orasiga oʻtishlar kiritish uchun:
1. Tahrirlash ekranidan kerakli kliplaringiz orasidagi Oʻtish tugmasiga tegining.
2. Razm solish uchun o‘tishni tanlang yoki uni kontentingizga kiriting. Bu yerdan:
༚ O‘tishni qayta qo‘yish uchun unga yana tegining.
༚ O‘tishni barcha mavjud kliplarga tatbiq qilish uchun Hammasiga tatbiq qilish tugmasiga tegining
3. Tahrirlashlaringizni saqlash uchun Yopish tugmasiga tegining.

O‘tishlardan foydalanish haqida bilish zarur boʻlgan muhim narsalar:
• Agar siz bir nechta klipni tahrirlayotgan bo‘lsangizgina, o‘tish kiritishingiz mumkin.
• Klipingiz uzunligi qanchaligiga qarab o‘tish uzunligi ham farq qilishi mumkin.






Matn qanday kiritiladi va tahrirlanadi


Matn kiritish va tahrirlash uchun:
1. Tahrirlash ekranidan quyi qismdagi Matn tugmasiga tegining.
2. Qo‘shmoqchi bo‘lgan matnni kiriting.
3. Davom etish✓ tugmasiga tegining. Bu yerdan:
༚ Matn joylashuvini o‘zgartirish uchun video ostidagi matnni ushlab turing va uni suring.
༚ Matn davomiyligini o‘zgartirish uchun milni bosib turgan holda qisqartirish yoki uzaytirish uchun istalgan tarafga suring.
༚ Matnni tahrirlash uchun razm solish ekranida matnga tegining yoki quyi qismdagi Tahrirlash tugmasiga tegining.
4. Matnni duplikatsiya qilish uchun matnli stiker yoki video trek ostidagi matnni bosing va Nusxa olish tugmasiga tegining. Yangi matn bevosita asl matn ostiga kiritiladi. Matnni sozlash uchun uni rasm solish ekranida bosib turing va torting yoki matnni video trek ostiga suring.






Sehrli vositadan qanday foydalaniladi


Sehrli vosita video va audio effektlar kabi maxsus effektlarni avtomatik tarzda kiritish orqali postlaringizni tahrirlashingizga yordam beradi.

Sehrli vositadan foydalanish uchun:
1. Tahrirlash ekranidan quyi qismdagi Sehr tugmasiga tegining.
2. Tahrirlash uslubini tanlab, uni avtomatik klipingizga tatbiq qiling. Effektlarni qayta qo‘yish uchun unga yana tegining.
3. Tahrirlashlaringizni saqlash uchun Davom etish ✓ tugmasiga tegining.






AI yaratishdan qanday foydalaniladi


AI Yaratish sizga matnli so‘rovlar hamda shaxsiy surat va videolaringiz yordamida tasvir yoki video yaratish imkonini beradi. Video yoki suratni yuklaganingizdan keyin AI yaratishdan foydalanishingiz mumkin.


Eslatma: Bu funksiya hozirda ayrim hududlarda ishlamaydi.


AI yaratishdan foydalanish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Post kiritish + tugmasiga tegining.
2. Rasm yoki videoga oling. Qurilmangizdagi surat yoki videodan foydalanish uchun Yuklash tugmasiga teginishingiz mumkin. Bu surat yoki video siz yaratmoqchi bo‘lgan kontent turiga aloqador bo‘lishi shart emas.
3. Yon paneldagi Tashrirlash tugmasiga tegining. Agar video yaratayotgan bo‘lsangiz, avval Davom etish ✓ tugmasiga teginishingiz zarur.
4. Tahrirlash ekranidan quyi qismdagi AI yaratish tugmasiga tegining.
5. AI Tasvir yoki AI Video tugmasiga tegining. Agar AI yaratish funksiyasidan birinchi marta foydalanayotgan boʻlsangiz, so‘rov va/yoki suratlaringizdan foydalanish uchun ilovaga kirish imkoniyatini taqdim etishingiz zarur.
6. Matnli so‘rovingizni kiriting, so‘ngra Yaratish tugmasiga tegining. AI Videolar uchun so‘rovingiz yordamida suratni ham yuklashingiz mumkin.
7. Tasvir yoki videongiz tayyor bo‘lgandan keyin, siz quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
Yaratilgan kontentdan foydalaning
༚ Taqdim etilgan variantlardan o‘zingiz afzal ko‘rgan tasvir yoki videoni tanlang.
Kontentngizni qayta yarating
༚ Yangi tasvir yoki video yaratish uchun Qayta yaratish tugmasiga tegining.
༚ Matnli so‘rovingiz va/yoki suratingizni tahrirlash uchun O‘zgartirish tugmasiga tegining.
༚ AI Tasvirdan video yaratish uchun Video yaratish tugmasiga tegining. Matnli so‘rovni kiriting va yangi suratni yuklang yoki avvalroq yaratilgan AI Tasvirdan foydalaning. Yaratish tugmasiga tegining.


AI yaratish yaratayotganda TikTokda boshqa funksiyalardan foydalanishingiz mumkin. Tahrirlash ekranini tark etishdan oldin Qoralama sifatida yaratish tugmasiga tegining. Postingiz yakunlanganda, sizga xabar beramiz.


AI yaratish haqida bilish zarur boʻlgan muhim narsalar:
• Har kuni cheklangan miqdordagi qayta yaratishlarni amalga oshira olasiz.
• Siz yuklagan barcha so‘rovlar va suratlar bizning Hamjamiyatimiz qoidalariga mos kelishi zarur.
• Shaxsiy ma’lumotlarga ega soʻrovlar kiritmangcyoki boshqalarning suratlarini ularning ruxsatisiz yuklamang.
• AI yaratish kontenti faqat ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan va tegishli tarzda ishlatilishi zarur. Agar siz yuklagan kontent uchinchi tomon huquqlarining buzsa, o‘zingiz toʻliq javobgar hisoblanasiz.
• Barcha so‘rovlarni va siz yuklagan kontentni 30 kungacha saqlaymiz va keyin o‘chirib tashlaymiz.






Overleylar qanday tahrirlanadi


Overleylar video yoki suratlaringizni video va tasvirli kliplar ustiga tahlash imkonini beradi.

Overleylarni tahrirlash uchun:
1. Tahrirlash ekranidan quyi qismdagi Overley tugmasiga tegining. Qurilmangizdagi suratlar va videolarga yoʻnaltirilasiz.
2. Siz kliplaringiz uchun overley sifatida foydalanmoqchi boʻlgan elementni tanlang.
3. Keyingi tugmasiga tegining. Element klipingiz yuqorisiga joylanadi. Bu yerdan:
༚ Overley oʻlchamini sozlash maqsadida chimding va aksini bajaring hamda uning joylashuvini o‘zgartirish uchun ushlab torting.
༚ Overley klip uzunligini tahrirlash uchun uning biror tarafidagi milni ushlab torting.






Savol-javoblar


Bitta postda yuklash yoki tahrirlashim mumkin boʻlgan maksimal elementlar soni bormi?
Bitta tahrirlash seansida surat va videolarni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan 35 tagacha elementni yuklashingiz mumkin. Overleylar uchun 8 tagacha element kiritishingiz mumkin. Postingizga bitta tovush kiritishingiz mumkin.

TikTok ilovasida qurilmam kamerasidan foydalanishim mumkinmi?
Yoʻq, siz bevosita TikTok ilovasida qurilmangiz kamerasi bilan kontent yoza olmaysiz. Siz faqat TikTok ilovasidagi kamera vositasidan foydalanishingiz mumkin. Agar oʻz qurilmangiz kamerasidan foydalanishni afzal koʻrsangiz, kontentni alohida yozishingiz va keyin TikTokka yuklashingiz mumkin.

Tahrirlash duet va ulama videolar uchun ham ishlaydimi?
Ha, tahrirlash vositalaridan barcha duet va ulama TikTok videolari uchun foydalanishingiz mumkin.

Foydali boʻldimi?