Mukofotlar qanday ishlaydi

Boʻlimga kirish


Ijodkorlar uchun mukofot dasturida mukofotlar qanday hisoblanadi?
Mukofotlar qanday koʻrib chiqiladiIjodkorlar uchun mukofot dasturidan toʻlov qanday olinadiToʻlov usuli qanday boshqariladiIjodkorlar uchun mukofot dasturida boʻlganingizda boshqa TikTok monetizatsiya funksiyalaridan foydalana olamanmi?


Ijodkorlar uchun mukofot dasturida mukofotlar qanday hisoblanadi?


Muvofiq videolaringiz Siz uchun tasmasining 1000 ta muvofiq tomoshasiga yetishi bilanoq mukofotlarni toʻplashni boshlaydi.Mukofotlar ikki xilga boʻlinadi, Standart mukofot va Qoʻshimcha mukofot hamda quyidagi kriteriya asosida hisoblanadi:

Standart mukofot
Muvofiq tomoshalar: Ijodkorlar uchun mukofot dasturi shartlariga mos kelishi uchun muvofiq videolaringiz uchun tomoshalarni qonuniylashtiring (Braziliya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va AQSH).Muvofiq tomoshalar Siz uchun tasmasidan unikal video tomoshalar boʻlib, firibgarlik, pulli tomoshalar, yoqtirilmagan tomoshalar, 5 soniyadan kamroq koʻrilgan tomoshalar, tanitilgan tomoshalar va sunʼiy tomoshalar bundan mustasno.
RPM: Har 1000 ta muvofiq tomoshalar uchun olingan oʻrtacha mukofot.RPM koʻplab omillarga bogʻliq, jumladan:
༚ Video natijasi (videolaringizni o'rtacha tomosha vaqti va tugagandan keyingi baholar)
༚ Qidirishlar soni (kontentingiz hosil qiladigan qidirish trafiki miqdori, jumladna, qidiruv sahifasida video tomoshalari)
༚ Joylashuv (siz istqomat qiladigan hudud va videoingiz qayerda tomosha qilingani)
༚ Video aloqadorligi (kontentingiz bilan harakatlarni amalga oshirgan tomoshabinlar soni)
༚ Reklama qiymati (tomoshabinlaringizning TikTokda reklama koʻrish vaqti)

RPMni oshirish uchun yuqori sifatli, asl va dasturning asosiy omillarini qamrab olgan aloqador kontent yaratishga diqqatingizni qarating.

Qoʻshimcha mukofot

Yaxshi ishlangan: Videolar kichik detallarga ham diqqat qaratishi va 1080p yoki undan yuqoriroq aniqlik darajasida, aniq tasvirlar va sayqallangan montaj bilan olinishi va uzunligi kamida bir daqiqa bo'lishi zarur.

Qiziqarli: Ijodkorlar ularning kontenti tomoshabinlarni oʻziga jalb qilishi va ularga taʼsir qilishini taʼminlashi kerak.

Ixtisoslashgan: Videolar tomoshabinlarga qimmatli maʼlumot beradigan maʼlum bir mavzuga yoki sohaga qaratilgan boʻlishi zarur.


Yuqoriroq sifatdagi videolarni yaratish uchun Ijodkorlar uchun mukofot dasturi vositalar paneliga kiring va quyidagilar haqida maʼlumot oling:

Qoʻshimcha mukofot tafsilotlar sahifasi: Samaradorlikni chuqur tahlil qilish va tashxis qoʻyish boʻyicha maslahatlar.

Maslahatlar va taqdimot sahifalari: Boshqa ijodkorlardan ilhomlanish va o'rganish.


Quyidagilarni bilish muhim:

• Ijodkorlar uchun mukofot dasturiga qoʻshilish tasdigʻini olganingizdan soʻng, faqatgina siz tasdiqlanganingizdan keyin joylangan mos videolargina mukofotlarni olishi mumkin.

• Ijodkorlar uchun mukofot dasturining barcha videolari Hamjamiyatimiz qoidalari va Xizmat shartlariga rioya qilishi zarur.


Mukofotlaringizni qanday koʻrish mumkin


Ijodkorlar uchun mukofot dasturi vositalar panelida hisoblangan mukofotlaringizni va boshqa xulosalarni koʻrishingiz mumkin, jumladan:
• Muvofiq tomoshalar, video aloqadorligi va boshqalar uchun samaradorlik ko'rsatkichlari va statistikasi
Toʻlov maʼlumoti
• Oxirgi joylagan videolaringiz uchun mukofotlar trendlari
• Dastur va mukofotlarni yaxshiroq tushunishingizga yordam berish uchun maslahatlar

Ijodkorlar uchun mukofot dasturi vositalar paneliga kirish uchun:
1. TikTok ilovasida pastki qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqori qismdagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, soʻngra TikTok Studioni tanlang.
3. Ijodkorlar uchun mukofot dasturi bandiga bosing.

Yodda tuting, hisoblangan mukofotlar Ijodkorlar uchun mukofot dasturi vositalar panelida video tomoshalari olinganidan taxminan 1 kundan 3 kungacha vaqt oʻtgach paydo boʻladi.Oylik mukofotlaringizni har oyning birinchi sanasida oylik daromadlar vositalar paneli (tanlangan hududlarda) orqali ko'rishingiz mumkin.

Oylik daromadlar vositalar paneliga kirish uchun:
1. TikTok ilovasida pastki qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu tugmasiga tegining, keyin Balans bandini tanlang.
3. Boshqalar tugmasiga tegining.
4. Oylik tushumlar tugmasiga tegining.

Eslatma: Toʻlovlarni qayta ishlash toʻlovlari hamda shartlar va siyosatlarimizda keltirilgan boshqa tuzatishlar tufayli mukofotlaringiz oʻzgarishi mumkin.Yakuniy oylik mukofotlaringizni bilish uchun har oyning 15-sanasida olingan summani (yoki agar Yevropada joylashgan boʻlsangiz, oyning 30-sanasida olishingiz mumkin boʻlgan summani) tekshirishingiz mumkin.


Ijodkorlar uchun mukofot dasturidan toʻlov qanday olinadi


Toʻplangan mukofotlaringiz mukofotlar olingan kundan keyingi oyda hisoblanadi.Agar siz Braziliya, Yaponiya, Janubiy Koreya yoki AQSHda joylashgan boʻlsangizva toʻlanadigan summa 10 USD yoki muqobil mahalliy valyutadagi minimal chegaraga yetsa, toʻlovlar oyning 15-kunida amalga oshiriladi va toʻlov hisobingizga avtomatik oʻtkaziladi.Shuningdek, sizni tranzaksiya tafsilotlariga yoʻnaltiradigan toʻlov haqida kiruvchi bildirishnoma olasiz.

Agar Yevropada joylashgan boʻlsangiz va toʻlanadigan summa 10$ AQSH dollari yoki mahalliy valyutadagi ekvivalent minimal chegaradan oʻtsa, siz mukofotlarni olgan oy tugagandan 30 kun keyin toʻplangan mukofotlar uchun toʻlovni olishingiz mumkin.

Agar toʻlov(lar)ingiz qayta ishlangan boʻlsa, tranzaksiyalaringiz jurnalini koʻrishingiz mumkin.

Tranzaksiyalar tarixini koʻrish uchun:
1. TikTok ilovasida pastki qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu tugmasiga tegining, keyin Balans bandini tanlang.
3. Batafsil maʼlumot uchun Tranzaksiyalar tugmasiga tegining, soʻngra uchun daromadlar ustiga tegining.

Daromadlaringiz haqida bilishingiz kerak boʻlgan maʼlumot:
Toʻlov hisobini sozlashni va moslashtirishni yakunlashingiz zaurr boʻladi, u soliq maʼlumotlarini toʻplashni oʻz ichiga olishi mumkin.
• Bu gal PayPal AQSh, Janubiy Koreya yoki Braziliyada yashovchi ijodkorlar uchun yagona toʻlov usuli hisoblanadi.PayPal orqali toʻlovlaringizni olish haqida batafsil.Yaponiyada yashovchi ijodkorlar uchun toʻlov usulingiz sifatida Payoneer yoki bank oʻtkazmasini tanlashingiz mumkin.
• Agar PayPalni toʻlov usulingiz sifatida tanlagan boʻlsangiz, toʻlovlar odatda 72 soat ichida qayta ishlanadi.Agar bank hisob raqamini toʻlov usulingiz sifatida tanlagan boʻlsangiz, toʻlovingiz 15 kundan koʻproq vaqt davomida qayta ishlanishi mumkin.Iltimos, ushbu muddatga e'tibor bering, chunki moliyaviy muassasalar oʻz ixtiyoriga koʻra xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yechib olish summasini qoʻshimcha muddat davomida ushlab turishi mumkin.
• Tranzaksiyalaringiz tarixidan har bir toʻlov uchun invoys talab qilishingiz mumkin.
• QQS to'lovchi sifatida roʻyxatga olingan ijodkorlar TikTokka toʻgʻri QQS invoysini yuborishlari kerak.Ijodkorlar uchun mukofot dasturi mustaqil billing kelishuvini qabul qilganingizda, TikTok invoysni avtomatik tarzda yaratadi.Agar soliqqa tortiladigan shaxs boʻlsangiz, birinchi toʻlovni olishingizdan oldin sizga Mustaqil billing kelishuvini toʻldirish taklif qilinadi.
• Toʻlov davri o'zgartirilishi mumkin.


Toʻlov usulingiz qanday boshqariladi


Mukofotlarni to'plash uchun Ijodkorlar uchun mukofot dasturida birinchi marta ishtirok etganingizda to'lov usulingizni ulashingiz kerak bo'ladi.

Toʻlov usulingizni qoʻshish yoki yangilash uchun:
1. TikTok ilovasida pastki qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu tugmasiga tegining, keyin Balans bandini tanlang.
3. Boshqalar tugmasiga tegining.
4. Oylik tushumlar yoki Income+ tugmasiga tegining.
5. Bu yerdan:
༚ Yevropa uchun: Toʻlov usulingizni qoʻshish yoki yangilash uchun Yechib olish tugmasiga tegining, soʻngra + Toʻlov usulini qoʻshish tugmasiga tegining va koʻrsatmalarni bajaring.
༚ Dunyoning boshqa davlatlari uchun: Toʻlov usulingizni qoʻshish yoki yangilash uchun Toʻlovni sozlash tugmasiga tegining, soʻngra Toʻlov usuli tugmasiga tegining va koʻrsatmalarni bajaring.

Unutmang, joylashuvingizga qarab PayPal yoki bank hisobingizni yangilashlar soni cheklanishi mumkin.


Ijodkorlar uchun mukofot dasturida boʻlganimda boshqa TikTok monetizatsiya funksiyalaridan foydalana olamanmi?


Ijodkorlar uchun mukofot dasturida roʻyxatdan oʻtayotganda siz boshqa TikTok monetizatsiya dasturlari va funksiyalarida ishtirok etishingiz mumkin.Talablarga mos ijodkorlarni TikTok Creator Marketplace kabi monetizatsiya resurslaridan foydalanishda davom etish va brendlar bilan monitezatsiya imkoniyatlarini oʻrganishga chaqiramiz.

TikTok Creator Marketplace videolari Ijodkorlar uchun mukofot dasturi doirasida mukofotlarni toʻplay olmasligini yodda tuting.

Foydali boʻldimi?