Boʻlimga kirish
TikTokda boshqaning faol ekani yoki emasligini koʻrish mumkinmi? • TikTokda boshqaning faollik holatini koʻrish • TikTokda faollik holatini yoqish yoki faolsizlantirish
TikTokda boshqaning faol ekani yoki emasligini koʻrish mumkinmi?
Oʻzaro kuzatuvchilaringiz (siz kuzatadigan va javoban sizni kuzatadigan foydalanuvchilar) ham, siz ham Faollik holatini yoqqan boʻlsangiz, oʻzaro kuzatuvchilaringizning TikTokda faol ekani yoki oxirgi marta qachon faol boʻlganini koʻrishingiz mumkin Yaʼni oʻzaro kuzatuvchilaringiz ham siz TikTokda qachon faol ekaningiz yoki qachon oxirgi marta faol boʻlganingizni koʻra oladi. Agar ikkalangizdan biringiz bu sozlamani faolsizlantirsangiz, ikkalangiz ham bir-biringizning faollik holatingizni koʻra olmaysiz.
Eslatma: Bu funksiyadan foydalanish uchun siz kamida 18 yosh boʻlishingiz kerak.
TikTokda boshqaning faollik holatini koʻrish
Siz oʻzaro kuzatuvchining faol ekani yoki oxirgi faol boʻlgan vaqtini bir nechta joylarda koʻrishingiz mumkin:
Faol holat
• Biror kishi TikTokda onlayn boʻlsa, uning profil rasmi yonida yashil nuqta koʻrinadi.
• Yodda tuting, bu yashil nuqta foydalanuvchi TikTokda nafaol boʻlgandan keyin ham biroz vaqt davomida koʻrinib turishi mumkin.
• Bu faol holatni Kiruvchi jildi, xabarlar zanjirlari, oʻzaro kuzatuvchi profilida koʻrasiz va fikrda belgilash yoki TikTok videosini ulashish uchun biror kishini tanlaganingizda foydalanuvchilar roʻyxatini koʻrasiz.
Oxirgi faol holat
• Hozirda onlayn boʻlmagan foydalanuvchining oxirgi marta faol boʻlgan nisbiy vaqti koʻrsatiladi.
• Bu oxirgi faol holatni Kiruvchi jildi va xabarlar zanjirlarida koʻrasiz.
Eslatma: TikTok 2 kungacha boʻlgan faollik holatini koʻrsatadi. Agar biror foydalanuvchi oxirgi marta faol boʻlganiga 2 kundan oshgan boʻlsa, hech qanday holat koʻrsatilmaydi.
Faollik holatini yoqish yoki faolsizlantirish
Siz istalgan vaqtda maxfiylik sozlamalaridan faollik holatingizni yoqish yoki faolsizlantirishingiz mumkin. Yodda tuting, faollik holatini faolsizlantirsangiz, siz va oʻzaro kuzatuvchilaringiz bir-biringizning faollik holatingizni koʻrmaysiz, hatto ularning bu holati yoniq boʻlsa ham.
Faollik holatini yoqish yoki faolsizlantirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi Menyu tugmasini bosing.
3. Avval Sozlamalar va maxfiylik, keyin Maxfiylik tugmasini bosing.
4. Faollik holati sozlamasini yoqing yoki faolsizlantiring. Bu sozlama avtomatik tarzda oʻchiq boʻladi.