Tijoriy kontent kutubxonasi

Boʻlimga kirish


Tijoriy kontent kutubxonasi nima?Tijoriy kontent kutubxonasiga qanday kiriladiReklamalar kutubxonasida qanday maʼlumotlar mavjud?Boshqa tijoriy kontent kutubxonasida qanday maʼlumotlar mavjud?





Tijoriy kontent kutubxonasi nima?


TikTokning Tijoriy kontent kutubxonasi (CCL) TikTokda joylangan reklamalar va boshqa turdagi tijoriy kontent repozitoriysidir.

CCL ikkita asosiy quyi kutubxonadan iborat:
Reklama kutubxonasi: Bu kutubxona biz insonlarga koʻrsatganimiz uchun pul olgan reklamalardan iborat, jumladan, hozirda faol boʻlmagan yoki reklama beruvchilar tomonidan pauzaga qoʻyilganlar.
Boshqa tijoriy kontent: Bu kutubxonada bizga pul to‘lanmaydigan kontent, jumladan, brend, mahsulot yoki xizmatni reklama qiluvchi kontent mavjud.

Eslatma: CCL hozirda faqat Yevropa iqtisodiy hududi (EEA), Shveytsariya va Buyuk Britaniyadagi foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan reklama haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.




Tijoriy kontent kutubxonasiga qanday kirish mumkin


Reklama kutubxonasidn va boshqa tijoriy kontent kutubxonasidan reklama va targ‘ibot postlariga kirishingiz mumkin, library.tiktok.com saytida.Kutubxonalar barchaga ochiq va CCLga kirish, qidirish yoki undan foydalanish uchun TikTok hisobi boʻlishi shart emas.




Reklamalar kutubxonasida qanday maʼlumotlar mavjud?


Reklamalar kutubxonasida quyidagi reklamalar mavjud:
• Kamida bitta tomoshaga ega har qanday reklama kutubxonada oxirgi tomoshadan keyin bir yil muddatda saqlanadi.
• 2022-yil, 1-oktabrda yoki undan keyin nashr etilgan har qanday reklama.
• YIH, Shveytsariya va Buyuk Britaniyadagi foydalanuvchilarga qaratilgan har qanday reklama.

Yodda tuting, reklama CCL ichida chiqishi uchun u birinchi marta tomosha qilingandan boshlab yoki reklama yoki kampaniyaga o‘zgartirish kiritilgandan keyin 24 soat vaqt talab etilishi mumkin.

Reklamani tanlaganingizdan keyin ko‘proq ma’lumot topish uchun reklama tafsilotlar sahifasiga kirishingiz mumkin, masalan:
Reklama beruvchi: Reklama beruvchi nomi.Mavjud boʻlsa, tasdiqlangan TikTok hisobiga havola ham koʻrsatilishi mumkin.Yodda tuting, TikTokda ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektining nomi ommaga tanilgan kompaniya nomidan farq qilishi mumkin.
Reklama uchun to'lovni kim to'laydi: Agar rekalama beruvchidan farq qilsa (masalan, agentlik) reklama uchun toʻlov qilgan shaxs yoki tashkilot.
Reklama beruvchining ro‘yxatdan o‘tgan manzili: Reklama beruvchi yoki biznesning ro‘yxatdan o'tgan joyi.
Birinchi namoyish: reklama birinchi marta koʻrsatilgan sana.
Oxirgi namoyish: Reklama oxirgi marta koʻrsatilgan sana.
Koʻrgan unikal foydalanuvchilar: Reklamani kamida bir marta koʻrgan unikal foydalanuvchilar sonining taxminiy diapazoni.
Targeting xulosasi: Maqsadli auditoriyaga mos keluvchi foydalanuchilarning taxminiy soni va maqsadli auditoriyani belgilashda ishlatilgan mezonlar, masalan, yosh, jins, joylashuv yoki qiziqish.
Joylashuv: reklama namoyish qilingan mamlakatlar va mamlakatlar boʻyicha bu reklamani kamida bir marta koʻrgan unikal foydalanuvchilar soni.

Eslatma: ayrim reklamalarda u shartlarimizni buzganligi uchun olib tashlangani haqidagi yorliqni koʻrishingiz mumkin.Bunday reklamalarni koʻra olmaysiz, lekin shunda ham, yuqorida keltirilgan reklama haqidagi ayrim tafsilotlarni, masalan, bu reklamani kamida bir marta koʻrgan unikal foydalanuvchilar soni yoki targeting xulosasini topishingiz mumkin.


Reklamalar kutubxonasida qanday qidirish mumkin

1. CCL kiring.
2. Yuqoridagi Reklama kutubxonasi tugmasini bosing.
3. Kerakli Reklama maqsadli mamlakati, Reklama turi va Reklama chop etilgan sanani tanlang.Muayyan kalit so‘zlarga ega yoki ma’lum bir reklama beruvchilar tomonidan joylangan reklamarni topish uchun Reklama beruvchi nomi yoki kalit so‘zlarni kiriting.
4. Qidirish tugmasiga bosing.

Kalit soʻzni oʻz ichiga olgan yoki qidiruv soʻrovi bilan mos reklama beruvchi nomiga ega har qanday reklama natijalarga chiqib kelishi mumkin.Natijalarni auditoriya hajmi, oxirgi koʻrsatilgan sana va chop etilgan sana asosida saralashingiz mumkin.




Boshqa tijoriy kontent kutubxonasida qanday maʼlumotlar mavjud?


Quyidagi kontent boshqa tijoriy kontent kutubxonasida mavjud:
Biror brend, mahsulot yoki xizmatni tanituvchi va koʻrsatish uchun TikTokka haq toʻlanmagan har qanday kontentni oʻz ichiga oladi.
• Har qanday kontent ijodkorlari oʻz kontentini joylashda foydalanishi mumkin boʻlgan kontentni ochiqlash sozlamasi orqali belgilanadi.
• Ijodkor hisobida ochiq qolganda kamida bitta tomoshaga ega har qanday mos kontent.

Kontentni qidirganingizdan keyin post haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin, masalan:
Foydalanuvchi nomi: Ijodkorning foydalanuvchi nomi.
Brend nomi: Agar mavjud boʻlsa, ijodkor oʻz kontentining homiysi sifatida belgilagan brend.
Joylangan sana: Bu kontent chop etilgan va barcha foydalanuvchilar koʻrishi mumkin boʻlgan sana.
Video tomoshalari: Bu kontent necha marta koʻrilgani.

Boshqa tijoriy kontent kutubxonasi haqida bilish kerak boʻlgan bir nechta maʼlumot:
• Bu kutubxona faqat ijodkor kontentni ochiqlash sozlamasi orqali tijoriy deb ochiqlagan kontentni oʻz ichiga oladi.
• Ayrim ijodkorlar oʻzining TikTokdagi profilidan koʻra, kutubxonada koʻproq kontentga ega ekaniga guvoh boʻlishingiz mumkin.Chunki ijodkor tegishli videoni profilidan olib tashlagan yoki maxfiy holatga oʻtkazgan, lekin u kutubxonada hali ham mavjud boʻlishi mumkin.
• Kontentning har bir elementi, amaldagi qonunlarga muvofiq, u ijodkor tomonidan oʻchirilgan yoki maxfiy holatga oʻtkazilganidan keyin bir yil davomida kutubxonada mavjud boʻladi.


Boshqa tijoriy kontent kutubxonasida qidirish

1. CCL kiring.
2. Yuqoridagi Boshqa tijoriy kontent tugmasini bosing.
3. Kerakli Ijodkor mamlakati va Joylangan sanani tanlang.Muayyan ijodkor tomonidan joylangan kontentni topish uchun Ijodkor foydalanuvchi nomini kiriting.
4. Qidirish tugmasiga bosing.Natijalarni video tomoshalari va joylangan sana asosida saralashingiz mumkin.

Foydali boʻldimi?