Yuz va ovoz maʼlumotlarini qanday qayta ishlaymiz?

Agar yuz va ovoz bilan bogʻliq effektlar va filtrlar yoki oʻxshash funksiyalardan foydalanishga qaror qilsangiz, biz TikTok videolari, suratlar va JONLI efir videolarida yuz va ovoz maʼlumotlarini toʻplaymiz hamda tahlil qilamiz. Masalan, yuzingizga quyoshga qarshi koʻzoynak qoʻshuvchi effekt koʻzoynakni yuzingizga toʻgʻri joylashtirish uchun ekranda koʻzlaringiz qayerda ekanini bilishi kerak boʻlishi mumkin. Xuddi shu kabi, ovoz filtri ovozingizni robotga oʻxshatish uchun ovoz tembringizni aniqlashi kerak boʻlishi mumkin. Shuningdek, biz sizga rasm yoki audio yozuvni yuklash va undan, masalan, yuz yoki ovozingiz asosida raqamli avatar, ovozingizning raqamli tasviri yoki boshqa moslangan kontent yaratish uchun foydalanish imkonini beruvchi funksiyalarni taklif qilamiz.

Shuningdek, xavfsizlik va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash, kontentni tavsiya va moderatsiya qilish, taxminiy yosh oraligʻi kabi tahliliy va demografik tasniflash maqsadida videolar, suratlar va JONLI efir videolarida yuz hamda ovoz maʼlumotlarini toʻplaymiz va tahlil qilamiz.

Video yoki suratlarni yuklash, effektlar va filtrlardan foydalanish, yuz yoki ovozingiz asosida moslangan kontent yaratish, TikTokda JONLI efir qilish yoki yuz yoshini baholashdan foydalanish orqali yuz va ovozingiz haqidagi axborotning ushbu maqsadlarda ishlatilishiga rozilik berasiz. Agar yuz yoki ovozingiz haqidagi axborotdan quyidagi maqsadlarda foydalanishga rozilik bermasangiz:
•  Video yoki suratlarni yuklamang, effektlar va filtrlardan foydalanmang, yuz yoki ovozingiz asosida moslangan kontent yaratmang yoki TikTokda JONLI efir qilmang;
•  Siz TikTokka yuklangan har qanday video yoki suratlarni, shuningdek, AI Self kabi siz yaratgan har qanday raqamli avatar yoki ovozlarni oʻchirib tashlang; va
•  TikTokda yoshingizni tasdiqlash uchun yuz asosida yoshni taxmin qilishdan foydalanmang.

Agar TikTok hisobingizni oʻchirsangiz, hisobingizga aloqador har qanday yuz yoki ovozga oid maʼlumot ham oʻchiriladi.

Ilovada post yaratish haqida bilish kerak boʻlgan muhim jihatlar:
•  Agar video, surat yoki JONLI efir videolaringizda boshqalar koʻrinish bersa, TikTokka yuz va ovoz maʼlumotlarini toʻplash hamda tahlil qilishga rozilik berilganini taʼminlash uchun siz javobgarsiz.
•  Video, surat va JONLI efir videolaringizda siz yoki boshqa shaxslarni aniqlash uchun hech qanday yuz yoki ovoz maʼlumotlaridan foydalanmaymiz, shuningdek, bunday maʼlumotlarni uchinchi tomonlarga ulashmaymiz.
•  Biror effekt yoki filtr kontentingizga kiritilgan yuz yoki ovoz maʼlumotlaridan foydalangandan keyin bu maʼlumotlar oʻchiriladi.
•  Yuz yoki ovozingiz asosida raqamli avatar, raqamli ovoz yoki boshqa moslangan kontent yaratish uchun foydalanilgan yuz yoki ovoz haqidagi axborot ham TikTokdan oxirgi marta foydalanganingizdan keyin 3 yil ichida oʻchirib tashlanadi.
•  Video, surat va JONLI efirlaringiz yuqorida tasvirlangan maqsadlarda tahlil qilinganidan keyin toʻplangan yuz va ovozga oid maʼlumotlar oʻchiriladi.

Toʻplashimiz mumkin boʻlgan maʼlumotlar va ularni nega toʻplashimiz haqida Maxfiyik siyosatida batafsil bilib oling.


Foydali boʻldimi?