Boʻlimga kirish
Emailni Android qurilmalarda ulash • TikTok hisobiga ulangan emaillarni boshqarish • TikTok hisobimni oʻchirsam, nima boʻladi?
Android qurilmalarda emailni ulash
TikTokda tanishingiz mumkin boʻlgan odamlarning sizni topishiga yordam berish uchun Android qurilmangiz bilan aloqador email manzilingizni TikTok hisobingizni ulashingiz mumkin. Hisobingizga siz ulagan email manzillari shifrlanadi, saqlanadi va qayta ishlanadi. Boshqa TikTok reklama sozlamalariga qarab, bu maʼlumotdan reklama beruvchilarga siz bilan aloqa oʻrnatishiga yordam berish uchun ham foydalanishimiz mumkin, ular shu orqali sizga moslangan reklamalarni taqdim etadi va reklamalarni ancha samarali baholaydi.
TikTok hisobiga ulangan emaillarni boshqarish
TikTok hisobingizga ulangan emaillarni istalgan vaqtda sozlamalar orqali boshqarish yoki oʻchirishingiz mumkin.
Emailni Android qurilmalarni ulashni boshqarish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil bandini bosing.
2. Yuqori qismdagi Menyu tugmasini bosing.
3. Avval Sozlamalar va maxfiylik, keyin Maxfiylik tugmasini bosing.
4. Kontaktlar va Facebookdagi doʻstlarni sinxronlash tugmasini bosing.
5. Kontaktlarni sinxronlashni faolsizlantiring.
Eslatma: bu emailni avtomatik ulash va kontaktlar kitobini sinxronlashning oldini oladi. Yodda tuting, kontaktlarni sinxronlashni faolsizlantirsangiz, ilgari sinxronlangan emaillar yoki kontaktlar olib tashlanmaydi. Avval sinxronlangan barcha email va kontaktlarni olib tashlash uchun quyidagi harakatlarni bajaring.
Android qurilmalarda avval TikTokka ulangan emaillarni oʻchirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil bandini bosing.
2. Yuqori qismdagi Menyu tugmasini bosing.
3. Avval Sozlamalar va maxfiylik, keyin Maxfiylik tugmasini bosing.
4. Kontaktlar va Facebookdagi doʻstlarni sinxronlash tugmasini bosing.
5. Avval sinxronlangan kontaktlarni olib tashlash bandini, keyin qalqib chiquvchi oynadan Olib tashlash tugmasini bosing.
Eslatma: bu harakat barcha ilgari ulangan emaillarni, shuningdek, kontaktlar kitobi maʼlumotlarini olib tashlaydi va kontaktlarni sinxronlashni kelgusidagi davriy sinxronlashdan avtomatik tarzda faolsizlantiradi. Yodda tuting, ulangan emaillarni oʻchirsangiz, siz TikTok hisobini registratsiya qilish yoki hisobni autentifikatsiya qilish maqsadida ishlatgan emaillar yoki telefon raqamlari olib tashlanmaydi. Barcha maʼlumotlarni olib tashlash uchun TikTok hisobini oʻchirish haqida batafsil tanishing.
TikTok hisobimni oʻchirsam, nima boʻladi?
Agar hisobingizni oʻchirsangiz, siz TikTokka ulashgan barcha kontakt va email manzillari siz bilan taqqoslangan kontakt maʼlumotlari bilan birga oʻchiriladi.