Ekran vaqti

Boʻlimga kirish


TikTokda kunlik ekran vaqti  •  TikTokda ekran vaqti tanaffuslari  •  TikTokda uyqu eslatmalari  •  TikTokda haftalik ekran vaqti yangilanishlar  •  TikTokda ekran vaqti boshqaruv paneli 






TikTokda kunlik ekran vaqti


Kunlik ekran vaqti – bu TikTokda foydalanishingizni boshqarish imkonini beruvchi ekran vaqti boshqaruvi sozlamasidir. Bu sizga kunlik ekran vaqti limitini sozlash imkonini beradi, TikTokda bu vaqt limitiga yetganingizda sizga bildirishnoma yuboriladi. Bu sozlamani istalgan paytda yoqish yoki faolsizlantirishingiz mumkin. Faollik markazida ekran vaqtingiz xulosasini ham koʻrishingiz mumkin.

Eslatma: Agar siz 13-17 yosh oraligʻida boʻlsangiz, bu sozlama avtomatik tarzda 1 soatga yoqiladi.

Kunlik ekran vaqtini qoʻshish uchun:
TikTok ilovasi
1. Quyi qismdagi Profil bandini bosing
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini, keyin Sozlamalar va maxfiylik tugmasini bosing.
3. Avval Ekran vaqti, keyin Kunlik ekran vaqti tugmasini bosing.
4. Kunlik limitni sozlash yoki tahrirlash uchun ilovadagi qadamlarni bajaring. Siz bir nechta variant orasidan tanlashingiz yoki har bir kun uchun maxsus limit sozlashingiz mumkin.
Kunlik ekran vaqtini faolsizlantirish uchun yuqoridagi qadamlarni bajaring, keyin vaqti limitini faolsizlantiring.

Veb-brauzer
1. Yuqori qismdagi profil rasmingizni bosing
2. Sozlamalar bandini bosing.
3. Avval Ekran vaqti, keyin Kunlik ekran vaqti tugmasini bosing.
4. Kunlik ekran vaqti sozlamasini yoqing va har bir kun uchun vaqt limitini tanlang yoki maxsus limit belgilang.
Kunlik ekran vaqtini faolsizlantirish uchun yuqoridagi qadamlarni bajaring, keyin vaqti limitini faolsizlantiring.

Agar kunlik limitingizga yetsangiz, sizga xabar beramiz va TikTokni yopishni tanlashingiz yoki unga qaytish uchun ekrandagi kirish kodini kiritishingiz mumkin.

Kunlik ekran vaqti Oilaviy sozlamalarda ham mavjud.






TikTokda ekran vaqti tanaffuslari


Muayyan uzluksiz ekran vaqtidan keyin TikTokdan foydalanishdan tanaffus qilish haqida eslatma olish uchun ekran vaqti tanaffuslarini rejalashtirishingiz mumkin. Tanaffus eslatmalarini istalgan paytda yoqish yoki faolsizlantirishingiz mumkin

Ekran vaqti tanaffusini qoʻshish uchun:
TikTok ilovasi
1. Quyi qismdagi Profil bandini bosing
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini, keyin Sozlamalar va maxfiylik tugmasini bosing.
3. Sozlamalar va maxfiylik bandini bosing.
4. Avval Ekran vaqti, keyin Ekran vaqti tanaffuslari tugmasini bosing.
5. Ekran vaqti tanaffusini rejalash yoki tahrirlash uchun ilovadagi qadamlarni bajaring
Ekran vaqti tanaffuslarini faolsizlantirish uchun yuqoridagi qadamlarni bajaring, keyin Oʻchiq bandini bosing.

Agar tegishli limitga yetsangiz, tanaffus qilishni taklif etuvchi bildirishnoma olasiz:
   ༚  Bildirishnomani yopish uchun OK bandini bosing. Keyingi ilovaga tashrifingizgacha sizga qayta eslatilmaydi.
   ༚  Taymerni boshidan boshlash va 10 daqiqadan keyin sizga qayta eslatish uchun Kechiktirish tugmasini bosing.
   ༚  Ekran vaqti tanaffusi jadvalini oʻzgartirish yoki uni faolsizlantirish uchun Eslatmalarni tahrirlash bandini bosing.

Veb-brauzer
1. Yuqori qismdagi profil rasmingizni bosing
2. Sozlamalar bandini bosing.
3. Avval Ekran vaqti, keyin Ekran vaqti tanaffuslari bandini bosing.
4. Ekran vaqti tanaffuslari sozlamasini yoqing va tanaffusni rejalang yoki tahrirlang.
Ekran vaqti tanaffuslarini faolsizlantirish uchun yuqoridagi qadamlarni bajaring, keyin uni faolsizlantiring.

Agar tegishli limitga yetsangiz, tanaffus qilishni taklif etuvchi bildirishnoma olasiz:
   ༚  Bildirishnomani yopish uchun OK bandini bosing. Keyingi tashrifingizgacha sizga qayta eslatilmaydi.
   ༚  Taymerni boshidan boshlash va 10 daqiqadan keyin sizga qayta eslatish uchun Kechiktirish tugmasini bosing.
   ༚  Ekran vaqti tanaffusi jadvalini oʻzgartirish yoki uni faolsizlantirish uchun Kelgusi eslatmalarni tahrirlash bandini bosing.






TikTokda uyqu eslatmalari


Tunda ekran vaqtingizni boshqarish va sogʻlom uyqu odatlariga amal qilishda yordam berishi uchun TikTokda uyqu eslatmalarini sozlashingiz mumkin. Uyqu eslatmalari yoniq boʻlsa, chalgʻituvchi holatlarni kamaytirish uchun uyqu vaqtingiz boshlanganidan keyin push-bildirishnomalar sukut qilinadi. Yodda tuting, 13-17 yoshli foydalanuvchilar uchun push-bildirishnomalari avtomatik tarzda sukut qilinadi.

Biz uyquning tugash vaqtini yoshingiz va uyqu mutaxassislari yaxshi dam olishingiz uchun zarur boʻlgan minimal uyqu miqdori sifatida tavsiya qilishiga miqdor asosida avtomatik ravishda hisoblaymiz. Masalan, 13-17 yosh oraligʻida boʻlganlar kamida 8 soat, 18 yosh va undan kattalar esa kamida 7 soat uxlashi kerak.

Uyqu eslatmasini qoʻshish uchun:
TikTok ilovasi
1. Quyi qismdagi Profil bandini bosing
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini, keyin Sozlamalar va maxfiylik tugmasini bosing.
3. Sozlamalar va maxfiylik bandini bosing.
4. Avval Ekran vaqti, keyin Uyqu eslatmalari tugmasini bosing.
5. Uyqu eslatmasini rejalash yoki tahrirlash uchun ilovadagi qadamlarni bajaring
Uyqu eslatmasini faolsizlantirish uchun yuqoridagi qadamlarni bajaring, keyin eslatmani faolsizlantiring.

Tegishli uyqu vaqtiga yetganingizda, tanaffus qilishni taklif etuvchi bildirishnoma olasiz:
   ༚  Bildirishnomani yopish uchun OK bandini bosing. Keyingi uyqu eslatmangizgacha sizga qayta eslatilmaydi.
   ༚  Eslatmani kechiktirish va sizni 10 daqiqadan keyin qayta eslatish uchun Kechiktirish bandini bosing.
   ༚  Uyqu eslatmasi vaqtini sozlash yoki uni faolsizlantirish uchun Eslatmani tahrirlash bandini bosing.

Veb-brauzer
1. Yuqori qismdagi profil rasmingizni bosing
2. Sozlamalar bandini bosing.
3. Avval Uyqu eslatmasi, keyin Uyqu eslatmalari bandini bosing.
4. Uyqu eslatmalari sozlamasini yoqing va uyqu eslatmasini rejalang yoki tahrirlang.
Uyqu eslatmasini faolsizlantirish uchun yuqoridagi qadamlarni bajaring, keyin eslatmani faolsizlantiring.

Tegishli uyqu vaqtiga yetganingizda tanaffus qilishni taklif etuvchi bildirishnoma olasiz:
   ༚  Bildirishnomani yopish uchun OK bandini bosing. Keyingi uyqu eslatmangizgacha sizga qayta eslatilmaydi.
   ༚  Eslatmani kechiktirish va sizni 10 daqiqadan keyin qayta eslatish uchun Kechiktirish bandini bosing.
   ༚  Uyqu eslatmasi vaqtini sozlash yoki uni faolsizlantirish uchun Eslatmani tahrirlash bandini bosing.






TikTokda haftalik ekran vaqti yangilanishlari


Ekran vaqtingizdan xabardor boʻlib borish uchun haftalik Kiruvchi jildi bildirishnomalari yoki push-bildirishnomalarni sozlashingiz mumkin. Sizga oʻtgan hafta TikTokda sarflagan vaqtingiz va bu vaqtning avvalgi haftalardagi vaqt bilan taqqoslama maʼlumotini oʻz ichiga olgan bildirishnoma yuboriladi.

Haftalik ekran vaqti yangilanishlarini boshqarish uchun:
TikTok ilovasi
1. Quyi qismdagi Profil bandini bosing
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini, keyin Sozlamalar va maxfiylik tugmasini bosing.
3. Ekran vaqti tugmasini bosing.
4. Haftalik ekran vaqti yangilanishlari sozlamasini yoqing yoki faolsizlantiring.

Agar push-bildirishnomalardan voz kechib, faqat kiruvchi jildi orqali bildirishnoma olmoqchi boʻlsangiz:
1. Quyi qismdagi Profil bandini bosing
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini, keyin Sozlamalar va maxfiylik tugmasini bosing
3. Bildirishnomalar tugmasini bosing.
4. Haftalik ekran vaqti yangilanishlari sozlamasini faolsizlantiring.

Veb-brauzer
1. Yuqori qismdagi profil rasmingizni bosing
2. Sozlamalar bandini bosing.
3. Ekran vaqti bandini bosing.
4. Haftalik ekran vaqti yagilanishlari sozlamasini yoqing yoki faolsizlantiring.






TikTokda ekran vaqti paneli


TikTokda sarflagan vaqtingiz xulosasini olish uchun ekran vaqti panelidan foydalaning. Faollik markazida ekran vaqtingiz xulosasini topishingiz mumkin.

TikTokda ekran vaqti xulosasini koʻrish uchun:
TikTok ilovasi
1. Quyi qismdagi Profil bandini bosing
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini, keyin Sozlamalar va maxfiylik tugmasini bosing.
3. Ekran vaqti tugmasini bosing.

Veb-brauzer
1. Yuqori qismdagi profil rasmingizni bosing
2. Sozlamalar tugmasini bosing.
3. Ekran vaqti tugmasini bosing, keyin Xulosa bandini tanlang.


Faollik markazida ekran vaqti xulosasini koʻrish uchun:
1. Pastki tomondagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini, keyin Faollik markazi tugmasini tanlang.
3. Tafsilotlar uchun ekran vaqtingiz ostidagi Ekran vaqti tugmasini bosing.

Ekran vaqti panelidan quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
   ༚  Joriy haftada har bir kun uchun TikTokda jami Sarflagan vaqtingizni koʻrishingiz mumkin. Bu maʼlumotlar ilova va veb-brauzerdagi foydalanishingizni aks ettiradi.
   ༚  Joriy hafta uchun har kuni siz TikTokni necha marta ochganingizni koʻrish uchun TikTok ochilgan tugmasiga tegining yoki bosing.
   ༚  Boshqa haftadan foydalanishingiz koʻrish uchun maʼlumotlar filtridan foydalaning. Faqat avvalgi 3 haftadan birini tanlashingiz mumkin.

Ekran vaqti paneli Oilaviy sozlamalarda ham mavjud.

Eslatma: Siz ekran vaqti sozlamalariga kiritadigan har qanday oʻzgarishlar TikTok ilovasi va veb-versiyasida aks etadi.



Foydali boʻldimi?