Shaxsiy xabarlarni boshqarish

Boʻlimga kirish


Sizga kim xabar yoza olishi qanday boshqariladiXabarlar qanday o‘chiriladi yoki sukutga qo‘yiladiXabar so‘rovlari qanday boshqariladi
O‘qilganlik holati qanday boshqariladiShaxsiy xabarlar uchun xavfsizlik funksiyalari




Sizni kimlar xabar yuborishi mumkinligi qanday boshqariladi


Quyidagi insonlar sizga xabar yuborishi mumkin:
• Tanishlar (siz javoban kuzatayotgan kuzatuvchilar)
• Siz kuzatadigan hisoblar

Yodda tuting, agar siz maxfiy hisobga ega bo‘lsangiz, siz kuzatadigan hisoblar sizni kuzatmaguniga qadar sizga xabar yubora olmaydi.Bu hisoblardan xabarlar olishni istamasangiz, ularni bloklashni tanlashingiz mumkin.Har qanday inson uchun avval ular xabar so‘rovini yuborishlari zarur bo‘ladi.Bu xabarlarni qabul qilish, o‘chirib tashlash yoki xabar berishni tanlashingiz mumkin.

Quyidagi insonlar sizga xabar so‘rovini yuborishi mumkin:
• Siz tanishingiz mumkin bo‘lgan insonlar (telefon kontaktlari, Facebook tanishlari va h.k.)
• Ehtimoliy aloqalar (kuzatuvchilar)
• TikTokdagi boshqalar

Kimlar sizga xabar so‘rovi yubora olishini boshqarish uchun:

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Maxfiylik tugmasiga tegining.
4. Shaxsiy xabarlar tugmasiga tegining, sizga xabar so‘rovi yubora oladiganlar roʻyxatidan tanlang:
Ehtimoliy aloqalar: Kuzatuvchilaringizdan xabar so‘rovlari sifatida xabarlarni olish uchun So‘rovlar tugmasini tanlang.Yoki ehtimoliy aloqalaringizdan har qanday xabarlar olishni taqiqlash uchun Olinmasin tugmasini tanlang.
TikTokdagi boshqalar: TikTokdagi boshqalardan xabar so‘rovlari sifatida xabarlarni olish uchun So‘rovlar tugmasini tanlang.Yoki TikTokdagi boshqalardan har qanday xabarlar olishni taqiqlash uchun Olinmasin tugmasini tanlang.

Yodda tuting, agar maxfiy hisobingiz bo‘lsa, ehtimoliy aloqalaringiz va TikTokdagi boshqalar sizni kuzatmagunga qadar, sizga xabar so‘rovlarini yubora olmaydi.

Agar 18 yoshdan kichik boʻlsangiz: Shaxsiy xabarlaringiz qanday boshqarilishi haqida tafsilotlar uchun oʻsmirlar uchun maxfiylik va xavfsizlik sozlamalarimiz bilan tanishib chiqing.




Xabarlarni oʻchirish yoki sukutga qo‘yish


Chatni oʻchirib tashlash uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Bu yerdan:
༚ iOS qurilmalarida chatni suring va Oʻchirish, soʻngra Tasdiqlash tugmasiga tegining.
༚ Android qurilmalari uchun, chatni bosib turing, soʻngra Oʻchirish tugmasiga tegining.

Bitta shaxsiy xabarni oʻchirish uchun:
1. Kiruvchingizda chatga kiring.
2. Shaxsiy xabar ustiga bosib turing, soʻngra Oʻchirish tugmasiga tegining.Bu yerdan:
༚ Xabarni faqat oʻzingizda oʻchirish uchun Men uchun oʻchirish tugmasiga tegining.Oluvchi(lar) xabarni koʻradi.
༚ Xabarni sizdan va oluvchi(lar)dan oʻchirish uchun xabar yuborilgandan keyin 3 daqiqa ichida Hamma uchun oʻchirish tugmasiga tegining.

Chat ovozini sukutga qo‘yish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Bu yerdan:
༚ iOS qurilmalarida chatni suring va Ko‘proq tugmasiga tegining.
༚ Android qurilmalarda chatga bosib turing.
3. Chat uchun bildirishnomalarni olishni toʻxtatish uchun Sukut qilish tugmasiga tegining.

Chatning yuqori qismidagi Boshqa variantlar… tugmasiga teginish, Bildirishnomalarni sukutga qoʻyish sozlamasini yoqish orqali bevosita chatdan bildirishnomalarni ham sukutga qo‘yishingiz mumkin.




Xabar soʻrovlari qanday boshqariladi


Xabar so‘rovini qabul qilish yoki o‘chirib tashlash uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Xabar soʻrovlari tugmasiga tegining, soʻngra chat so‘rovini tanlang.Ayrim chatlar filtrlangan soʻrovlaringizda chiqishi mumkin.
3. Xabarni olish uchun Qabul qilish tugmasiga yoki kiruvchidan soʻrovni olib tashlash uchun Oʻchirish tugmasiga tegining.Xabar haqida xabar berish uchun Xabar berish tugmasiga teginishingiz mumkin.So‘rovni qabul qilsangiz, chatda shaxs haqida xabar beriladi.

Yodda tuting, siz bloklagan hisoblar sizga xabar soʻrovlarini yubora olmaydi.





Oʻqilganlik holati qanday boshqariladi


Oʻqilganlik holati kimdir shaxsiy xabaringizni oʻqigani yoki aksini bilish imkonini beradi.

Oʻqilganlik holatini yoqish yoki oʻchirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Maxfiylik tugmasiga tegining.
4. Shaxsiy xabarlar tugmasiga tegining, Oʻqilganlik holati sozlamasini yoqing yoki oʻchiring.18 yosh va undan kattalar uchun bu sozlama birlamchi ravishda yoqilgan boʻladi.

Yodda tuting, har ikkalangizda ham oʻqilganlik holati yoqilgan boʻlsagina, boshqa inson uning xabarini oʻqiganingizni biladi.





Shaxsiy xabarlar uchun xavfsizlik funksiyalari


Xabarlar Hamjamiyatimiz qoidalariga rioya qilishiga ishonch hosil qilish va quyidagi keraksiz xabarlar yoki insonlarga qarshi tadbir qilish uchun bir nechta xavfsizlik funksiyalarini taqdim etamiz:
• Shaxsiy xabarlanri yashirish uchun kalit soʻzlarni kiritish
• Xabar soʻrovlarini boshqarish
• Xabar yoki hisobot haqida xabar berish
• Biror kimning sizga xabar yuborishini bloklash


Shaxsiy xabarlarni filtrlash va yashirish

Muhim kontentga ega xabarlarni yashirish yoki xabarlarni xavfsiz bo‘lishi mumkin bo‘lgan manbalardan fitrlab olish uchun xavfsiz rejimdan foydalanishingiz mumkin.Bu soʻzlarga ega soʻzlarni yashirish uchun kalti soʻzlarni qoʻshishingiz mumkin.

Xavfsiz rejimga kirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Maxfiylik tugmasiga tegining.
4. Shaxsiy xabarlar tugmasiga tegining.
5. Xavfsiz rejim sozlamasini yoqing yoki faolsizlantiring.

Xavfsiz rejim haqida bilish zarur boʻlgan muhim narsalar:
• Bu sozlama birlamchi ravishda yoqilgan boʻladi.
• Joylashuvingiz va bu sozlama qachon yoqilishiga qarab, muhim kontentga ega xabarlarni yashirishingiz mumkin.Istasangiz, yashirish xabarni koʻrish imkoniga ega boʻlasiz.

Kalit soʻzlarni kiritish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Maxfiylik tugmasiga tegining.
4. Shaxsiy xabarlar tugmasiga tegining.
5. Filtrlangan kalit soʻzlar tugmasiga tegining.
6. Filtrlangan kalit soʻzlar sozlamasini yoqing.Chatlaringizda yashirmoqchi boʻlgan soʻz yoki jumlalarni kiriting, soʻngra Qoʻshish tugmasiga tegining.

Ayrim kalit soʻzlar filtrlanmasligini yodda tuting.


Filtrlangan soʻrovlarni boshqarish

Filtrlangan xabarlarni koʻrib chiqish uchun:

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Xabar soʻrovlari tugmasiga tegining.
3. Yuqoridagi Filtrlangan soʻrovlar tugmasiga tegining, soʻngra xabar soʻrovini tanlang.Unda quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
༚ Chatni filtrlangan soʻrovlardan kiruvchingizga koʻchirish uchun Qabul qilish tugmasiga tegining.
༚ Xabar soʻrovini rad etish uchun Oʻchirib tashlash tugmasiga tegining.
༚ Xabar haqida xabar berish uchun Xabar berish tugmasiga tegining.
Bu yerga teginish tugmasiga tegining, soʻngra xabar haqida Xabar berish yoki yuboruvchini Bloklash tugmasiga tegining.

Yodda tuting, muhim xabarlarni filtrlash uchun xavfsiz rejim sozlamasi yoqilgan boʻlishi kerak.


Shaxsiy xabar haqida xabar berish

Agar siz Hamjamiyatimiz qoidalariga mos kelmaydigan xabarni olsangiz, bu haqida bizga xabar berishingizni soʻraymiz.

Shaxsiy xabar haqida xabar berish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Bu yerdan:
༚ iOS qurilmalarida chatni suring va Xabar berish tugmasiga tegining va koʻrsatmalarni bajaring.
༚ Android qurilmalarida chatni bosib turing, soʻngra Xabar berish tugmasiga tegining va koʻrsatmalarni bajaring.
3. Koʻproq xabar berish xususiyatlari uchun chatga kiring:
༚ Yuqoridagi Xabar berish tugmasiga tegining va amallarni bajaring.
༚ Yuqoridagi Boshqa xususiyatlar ... tugmasiga tegining, soʻngra Xabar berish tugmasiga tegining va amallarni bajaring.
༚ Shaxsiy xabarni bosib turing, soʻngra Xabar berish tugmasiga tegining va koʻrsatmalarga amal qiling.Uni topish uchun varaqlashingiz kerak boʻlishi mumkin.
4. Bergan xabaringizni yuborish uchun keyingi ekrandagi amallarni bajaring.


Biror kim sizga xabar berishidan bloklash

Ular sizga shaxsiy xabarlarni yubora olmasligi yoki TikTokda videolaringizni koʻrish uchun kimnidir bloklashingiz mumkin.

Kiruvchingizdai biror kimni bloklash uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Bu yerdan:
༚ iOS qurilmalarida chatni suring va Koʻproq, soʻngra Bloklash tugmasiga tegining.
༚ Android qurilmalari uchun, chatni bosib turing, soʻngra Bloklash tugmasiga tegining.
3. Tasdiqlash uchun Bloklash tugmasiga tegining.


Shuningdek, chatga kirishingiz, soʻngra Boshqa variantlar... tugmasiga tegining va Bloklash sozlamasini yoqing.Chat bloklangan sifatida belgilanadi.

Foydali boʻldimi?