Hisobingizni faolsizlantirish

TikTok hisobingizni faolsizlantirish sizga uni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish imkonini beradi. TikTokka qaytishga tayyor boʻlganingizda uni istalgan qayta faollashtirishingiz mumkin.

TikTok hisobingizni faolsizlantirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini bosing.
3. Sozlamalar va maxfiylik bandini bosing.
4. Avval Hisob, keyin Hisobni faolsizlantirish yoki oʻchirish tugmasini bosing.
5. Hisobni faolsizlantirish uchun Hisobni faolsizlantirish tugmasini bosing va koʻrsatmalarni bajaring.

Agar TikTok hisobingizni faolsizlantirsangiz:
•  Siz hisobingizga kira olmaysiz, lekin agar hisobingizni qayta faollashtirishni tanlasangiz, uni tiklay olishingiz uchun maʼlumotlaringizni saqlaymiz.
•  Siz avval boshqalarga yuborgan shaxsiy xabarlar ularga koʻrinadigan holatda qolishi mumkin.
•  Videolaringizga aloqador Duetlar va Ulama videolar shunda ham boshqalarga koʻrinishi mumkin.
•  Kontent yoki profilingizni hech kim koʻrmaydi.

TikTok hisobingizni qayta faollashtirish uchun:
1. Hisobingizga siz avval ishlatgan ayni hisob maʼlumotlari bilan kiring.
2. Hisobingizni tiklash uchun Qayta faollashtirish tugmasini bosing.

Bunga muqobil ravishda, hisobingizni butunlay oʻchirib tashlashingiz ham mumkin.

Agar TikTokda boshqa hisob yuzasidan yordam talab qilsangiz, xabar yuboring.


Foydali boʻldimi?