Oʻsmirlar maxfiyligi va xavfsizligi sozlamalari

Boʻlimga oʻtish


TikTokda birlamchi maxfiylik sozlamalariTikTokda hisob maxfiyligini boshqarishTikTokda hisobni boshqalarga taklif qilishVideo yuklab olishlarni boshqarishTikTokda kimlar sizga shaxsiy xabarlar yubora oladiTikTokda kimlar videongizga Duet qilishi mumkinTikTokda videolaringizga kimlar Ulama video yarata oladiTikTokda kimlar postlaringiz va hikoyalaringizga fikr qoldira oladiTikTokda postlaringiz bilan kimlar stikerlar yarata oladi




TikTokda birlamchi maxfiylik sozlamalari


TikTokda biz har kim uchun xavfsiz va samimiy hamjamiyat yaratishni xohlaymiz. Oʻsmirlar internetda oʻz mavjudligini shakllantira boshlaganda, ular uchun oʻz maxfiylik sozlamalari va boshqaruv elementlari haqida maʼlumot olish hamda ularni koʻrib chiqish muhimdir.

TikTok hisoblaridan kamida 13 yoshdagi (yoki Maxfiylik siyosati va Xizmat shartlarida koʻrsatilgan boshqa yoshdagi) shaxslar foydalanishi mumkin. Tajribangiz xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoshingizga qarab funksiyalar uchun birlamchi maxfiylik sozlamalarini oʻrnatamiz va 16 yoki 18 yoshga toʻlmaguningizcha ayrim funksiyalardan foydalana olmasligingiz mumkin. Yoshingizga va mahalliy qonunlarga qarab, siz istalgan vaqtda, jumladan, TikTokka yozilganda yoki funksiya siz uchun mavjud bo‘lganda maxfiylik sozlamalarini o‘zgartirishingiz mumkin.

Yodda tuting – ota-ona yoki vasiy Oilaviy sozlamalar orqali hisobingizni boshqarsa, bu oʻzingiz sozlagan maxfiylik sozlamasini oʻzgartirishi mumkin. Oʻsmirlar xavfsizlik markazi qoʻllanmamizda 18 yoshgacha boʻlganlar uchun TikTok haqida batafsil bilib oling.




TikTokda hisob maxfiyligini boshqarish


Istalgan vaqtda hisobingizni ommaviy yoki maxfiy qilib o‘zgartirishingiz mumkin.

13-15 yoshlilar
• TikTokda roʻyxatdan oʻtganingizda hisobingiz birlamchi sozlama boʻyicha maxfiy etib sozlanadi. Maxfiylik sozlamalaringizda uni istalgan vaqtda sozlashingiz mumkin. Hisobingiz maxfiy boʻlganda, faqat siz tasdiqlagan odamlar sizni kuzatishi va postlaringiz, tavsifingiz, layklaringiz, shuningdek, siz kuzatayotganlar va kuzatuvchilaringiz roʻyxatlarini koʻrishi mumkin.
• Boshqalar videolaringiz bilan Duet, Ulama video, stikerlar yarata olmaydilar, postlaringizni yuklab ololmaydilar yoki postlaringizni Hikoyalariga kirita olmaydilar.

16-17 yoshlilar
TikTokda roʻyxatdan oʻtganingizda hisobingiz birlamchi sozlama boʻyicha maxfiy etib sozlanadi. Maxfiylik sozlamalaringizda uni istalgan vaqtda sozlashingiz mumkin.

Agar maxfiy hisobni tanlasangiz:
• Faqat siz tasdiqlagan odamlar sizni kuzatishi va postlaringiz, tavsifingiz, layklaringiz, shuningdek siz kuzatayotgan hisoblar va kuzatuvchilaringiz roʻyxatlarini koʻrishi mumkin.
• Boshqalar videolaringiz bilan Duet, Ulama video, stikerlar yarata olmaydilar, postlaringizni yuklab ololmaydilar yoki postlaringizni Hikoyalariga kirita olmaydilar.

Agar ommaviy hisob tanlasangiz:
• Istalgan kishi sizni kuzatishi mumkin.
• Agar maxfiylik sozlamalaringizni oʻzgartirmasangiz, profil va videolaringiz TikTok hisobi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, TikTokdagi yoki undan tashqaridagi istalgan kishiga koʻrinadi va ular tomonidan ulashilishi mumkin.
• Kontentingiz qidiruv vositalari, bloglar, ijtimoiy tarmoq postlari va yangiliklar saytlarida chiqishi mumkin.
• Odamlar videolaringiz bilan Duet, Ulama video, stikerlar yaratishlari, postlaringizni yuklab olishlari yoki maxfiylik sozlamalaringizga qarab postlaringizni oʻz Hikoyalariga kiritishlari mumkin.

Unutmang, hisobingiz maxfiy yoki ommaviy boʻlishidan qatʼi nazar nik, foydalanuvchi nomi va profil rasmi har doim TikTokdagi yoki undan tashqaridagi istalgan kishiga koʻrinadi. Siz har doim postlaringiz koʻrinuvchanligini maxfiylik sozlamalarini oʻzgartirish orqali cheklashingiz mumkin va postlaringiz siz tanlagan auditoriyaga cheklanadi.




TikTokda hisobingizni boshqalarga taklif qiling


Hisobingizni boshqalarga tavsiya qilish sozlamasi TikTokda hisobingizni boshqalarga tavsiya qilishning ayrim usullarini boshqarish imkonini beradi.

13-17 yoshlilar
• Hisobingiz maxfiy yoki ommaviy boʻlishidan qatʼi nazar ushbu sozlamalar oʻchirilgan. Ularni maxfiylik sozlamalarida yoqishingiz mumkin.
• Agar 18 yoshdan kichik boʻlsangiz, hisobingiz umumiy aloqalarga tavsiya qilinmaydi.

18 yosh va undan kattalar
• Bu sozlama birlamchi sozlama boʻyicha yoqilgan boʻladi. Uni maxfiylik sozlamalarida o‘chirishingiz mumkin.
• Agar hisobingizning boshqalarga taklif etilishini oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, Hisobingizni boshqalarga tavsiya qilish sozlamalarini qayta koʻrib chiqishingiz mumkin.




Video yuklab olishni boshqarish


Video yuklab olish sozlamasi yordamida boshqa odamlarga videolaringizni yuklab olish va ularni boshqa ilova hamda veb-saytlarga ulashish uchun ruxsat berish yoki bermaslikni boshqarishingiz mumkin.

13-15 yoshlilar
• Bu sozlama oʻchirilgan holatda va hatto ommaviy hisobga ega boʻlsangiz ham, uni oʻzgartirish imkonsiz.

16-17 yoshlilar
• Agar hisobingiz maxfiy boʻlsa yoki 16 yoshdan kichik boʻlsangiz, bu nazorat birlamchi sozlama boʻyicha o‘chirilgan bo‘ladi.
• Agar ommaviy hisobingiz boʻlsa va TikTokda boshqalarga videolaringizni yuklab olish uchun ruxsat bermoqchi boʻlsangiz, uni yoqishingiz mumkin.

Shuni yodda tutingki, bu sozlama oʻchiq boʻlsa ham, odamlar videongiz havolasini ulashishi mumkin.




TikTokda kimlar sizga shaxsiy xabarlar yuborishi mumkin


Maxfiylik sozlamalaridan sizga shaxsiy xabarlarni kimlar yuborishi mumkinligini boshqarishingiz mumkin.

13-15 yoshlilar
• Hisobingiz maxfiy yoki ommaviyligidan qatʼi nazar shaxsiy xabarlardan foydalanish imkonsiz.

16-17 yoshlilar
Agar ommaviy hisob tanlasangiz:
• Doʻstlaringizdan (siz javoban kuzatadigan kuzatuvchilardan) kelgan xabarlar Olinmasin tugmasini tanlamaguningizga qadar, kiruvchida ko‘rsatiladi.
Ehtimoliy aloqalardan (siz kuzatadigan hisoblar, kuzatuvchilaringiz va siz tanishingiz mumkin bo‘lgan insonlar) kelgan xabarlar, siz Olinmasin tugmasini tanlamaguningizga qadar, xabar so‘rovi sifatida yuboriladi.
TikTokdagi boshqalardan kelgan xabarlar, siz Olinmasin tugmasini tanlamaguningizga qadar, xabar so‘rovlari sifatida yuboriladi.

Agar maxfiy hisobni tanlasangiz:
• Doʻstlaringizdan (siz javoban kuzatadigan kuzatuvchilardan) kelgan xabarlar Olinmasin tugmasini tanlamaguningizga qadar, kiruvchida ko‘rsatiladi.
Ehtimoliy aloqalardan (siz kuzatadigan hisoblar, kuzatuvchilaringiz va siz tanishingiz mumkin bo‘lgan insonlar) kelgan xabarlar, siz Olinmasin tugmasini tanlamaguningizga qadar, xabar so‘rovi sifatida yuboriladi. Yodda tuting, siz kuzatadigan hisoblar va bilishingiz mumkin bo‘lgan insonlar sizni kuzatmaguniga qadar xabar so‘rovlari yubora olmaydilar.
TikTokdagi boshqalar sizni kuzatmaguniga qadar xabar so‘rovlari yubora olmaydilar.




TikTokda kimlar videolaringiz bilan Duet qilishi mumkin


Videongizni Duetda ishlatishi mumkin boʻlganlarni tanlashingiz mumkin. TikTokda Duetlar haqida batafsil.

13-15 yoshlilar
• Hech kim videolaringiz bilan Duet ololmaydi va buni oʻzgartirish imkonsiz.
• 16 yoshdan oshgan foydalanuvchilarning videolari bilan Duet olishingiz mumkin.

16-17 yoshlilar
Agar maxfiy hisobni tanlasangiz:
• Hech kim videolaringiz bilan Duet ololmaydi va buni oʻzgartirish imkonsiz.

Agar ommaviy hisob tanlasangiz:
• Bu boshqaruv birlamchi sozlama boʻyicha Doʻstlar (Siz javoban kuzatadigan kuzatuvchilar) parametriga sozlangan boʻladi. Bu siz TikTokda kuzatadigan va sizga javoban kuzatadigan odamlar videolaringiz bilan Duet olishi mumkinligini anglatadi.
• Bu boshqaruvni maxfiylik sozlamalaringizda Har kim rejimiga o‘zgartirishingiz mumkin.
• Video joylaganingizda Kontentdan qayta foydalanishga ruxsat berish bandini faolsizlantirishingiz mumkin, shunda boshqalar videolaringiz bilan Duet ololmaydi.

Unutmang, boshqalarga videolaringiz bilan Duet qilishga ruxsat berish uchun sizda ommaviy hisob bo‘lishi kerak.




TikTokda kimlar videolaringiz bilan Ulama video olishi mumkin


Videongizni Ulama videoda ishlata oladiganlarni tanlashingiz mumkin. TikTokda Ulama video haqida batafsil.

13-15 yoshlilar
• Hech kim videolaringiz bilan Ulama video ololmaydi va buni o‘zgartirish imkonsiz.
• 16 yoshdan oshgan foydalanuvchilar yaratgan videolar bilan Ulama video qilishingiz mumkin.

16-17 yoshlilar
Agar maxfiy hisobni tanlasangiz:
• Hech kim videolaringiz bilan Ulama video ololmaydi va buni o‘zgartirish imkonsiz.

Agar ommaviy hisob tanlasangiz:
• Bu boshqaruv birlamchi sozlama boʻyicha Doʻstlar (Siz javoban kuzatadigan kuzatuvchilar) parametriga sozlangan boʻladi. Bu siz TikTokda kuzatadigan odamlar va sizni javoban kuzatadiganlar videolaringiz bilan Ulama video olishi mumkinligini anglatadi.
• Bu boshqaruvni maxfiylik sozlamalaringizda Har kim rejimiga o‘zgartirishingiz mumkin.
• Video joylaganingizda Kontentdan qayta foydalanishga ruxsat berish bandini faolsizlantirishingiz mumkin, shunda boshqalar videolaringiz bilan Ulama video ololmaydi.

Unutmang, boshqalarga videolaringiz bilan Ulama video qilish imkonini berish uchun sizda ommaviy hisob boʻlishi kerak.




TikTokda kimlar postlar va hikoyalaringizga fikr bildira oladi


Maxfiylik sozlamalaringizdan postlar va hikoyalaringizga kimlar fikr bildira olishini oʻzgartirishingiz mumkin.

13-15 yoshlilar
Hisobingiz maxfiy yoki ommaviy:
• Bu boshqaruv Do‘stlar (siz javoban kuzatadigan kuzatuvchilar) parametriga sozlangan. Yaʼni TikTokda kuzatadigan va sizni javoban kuzatadigan foydalanuvchilar postlaringizga fikr qoldirishi mumkin.
• Agar maxfiy hisobingiz boʻlsa, fikr sozlamalarini Kuzatuvchilar qilib oʻzgartira olmaysiz. Agar ommaviy hisobingiz boʻlsa, fikr sozlamalarini Har kim qilib oʻzgartira olmaysiz.
• Post joylaganingizda, boshqalar videolaringizga fikr bildirishini toʻxtatish uchun Fikrlarga ruxsat berish bandini faolsizlantirishingiz mumkin.

16-17 yoshlilar
Agar maxfiy hisobni tanlasangiz:
• Bu boshqaruv birlamchi sozlama boʻyicha Kuzatuvchilar parametriga oʻrnatilgan. Bu siz TikTokda kuzatadigan odamlar postlaringizga fikr bildirishi mumkinligini anglatadi.
• Bu boshqaruvni Doʻstlar (siz javoban kuzatadigan kuzatuvchilar) parametriga oʻzgartirishingiz mumkin.
• Post joylaganingizda, boshqalar postlaringizga fikr bildirishini toʻxtatish uchun Fikrlarga ruxsat berish bandini faolsizlantirishingiz mumkin.

Agar ommaviy hisob tanlasangiz:
• Bu sozlama standart tarzda Har kim parametriga oʻrnatilgan. Bu TikTok hisobiga ega istalgan kishi postlar va hikoyalaringizga fikr bildirishi mumkinligini anglatadi.
• Bu boshqaruvni Doʻstlar (siz javoban kuzatadigan kuzatuvchilar) parametriga oʻzgartirishingiz mumkin.
• Post joylaganingizda, boshqalar postlaringizga fikr bildirishini toʻxtatish uchun Fikrlarga ruxsat berish bandini faolsizlantirishingiz mumkin.




TikTokda kimlar videolaringiz bilan stiker yaratishi mumkin


Kimlar videolaringiz bilan stikerlar yarata olishini oʻzgartirishingiz mumkin.

13-15 yoshlilar
• Hisobingiz maxfiy yoki ommaviy boʻlishidan qatʼi nazar, boshqalar siz joylagan har qanday videodan va kelgusi videolardan stikerlar yarata olmaydi.

16-17 yoshlilar
Agar maxfiy hisobni tanlasangiz:
• Boshqalar joylangan videolaringiz va kelgusi videolaringizning hech biridan stikerlar yarata olmaydi.

Agar ommaviy hisob tanlasangiz:
• Bu boshqaruv birlamchi sozlama boʻyicha Doʻstlar (Siz javoban kuzatadigan kuzatuvchilar) parametriga sozlangan boʻladi.
• Sizning doʻstingiz boʻlmagan foydalanuvchilarga videolaringizdan stikerlar yaratishga ruxsat berish uchun maxfiylik sozlamalarida bu sozlamani Har kim qiymatiga oʻzgartirishingiz mumkin.

TikTok videolaringiz uchun stiker maxfiylik sozlamalarini boshqarish haqida batafsil.

Foydali boʻldimi?