Boʻlimga kirish
Biror TikTok postiga qanday fikr bildiriladi • Fikr qanday oʻchiriladi
Biror TikTok postiga qanday fikr bildiriladi
Postga fikr bildirish uchun:
1. Siz fikr bildirmoqchi boʻlgan postga kiring.
2. Postning yon tomonidagi Fikrlar tugmasiga tegining.
3. Fikr bildirish tugmasiga tegining.Unda quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
༚ Fikringizni kiriting.
༚ Fotosuratni yuklash (tanlangan mintaqalarda) tugmasiga tegining va fotosuratli fikrni joylash uchun qurilmangizdan fotosuratni tanlang.Fotosurat bilan birinchi marta fikr bildirayotgan boʻlsangiz, ilovaga qurilmangizdagi fotosuratlarga kirish imkoniyatini taqdim etishingiz zarur.
4. Fikr joylash tugmasiga tegining.Agar fikr nomaqbul deb hisoblanishi mumkin boʻlsa, uni joylashni oʻylab koʻrishingizni soʻraydigan ogohlantirish chiqishi mumkin.Unutmang, nomaqbul fikrlar olib tashlanishi mumkin.
Fikr qanday oʻchiriladi
Siz bildirgan fikr yoki postingizdagi fikrni oʻchirib tashlash uchun:
1. TikTok ilovasida postning yon tomonidagi Fikrlar tugmasiga tegining.
2. Siz oʻchirmoqchi boʻlgan fikrni bosib turing.
3. Oʻchirib tashlash tugmasiga teginig.
Postingizdagi fikrlarni ommaviy tarzda oʻchirish uchun:
1. TikTok ilovasida postning yon tomonidagi Fikrlar tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Filtrlar tugmasiga tegining yoki fikrni bosib turing va Bir nechta fikrni boshqarish tugmasiga tegining.
3. Siz oʻchirmoqchi boʻlgan fikrlarni tanlang.Maksimal 100 ta fikr tanlashingiz mumkin.
4. Oʻchirish tugmasiga tegining va tanlovingizni tasdiqlang.
Agar siz keraksiz fikrlarni olayotgan boʻlsangiz, fikrlarni filtrlash uchun turli vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
Fikrlar haqida shikoyat qilish Biz har doim xavfsiz, ijobiy va doʻstona hamjamiyatni taʼminlash ustida ishlaymiz.Siz Hamjamiyat qoidalariga zid deb hisoblagan fikrlar haqida qanday xabar berishni bilib oling va videongizga fikr bildira olmasliklari uchun boshqa hisoblarni bloklang.Unutmang, agar hisobni bloklasangiz, u shaxs videolaringizni koʻra olmaydi yoki shaxsiy xabarlar, fikrlar, kuzatuvlar yoki layklar orqali siz bilan munosabatga kirisha olmaydi.