Kontenga oid qoidabuzarliklar va bloklash

Boʻlimga kirish 


TikTokda vaqtincha bloklash  •  Hisob ogohlantirishlari va bloklashlar 






TikTokda kontent moderatsiyasi


Hamjamiyat qoidalari doʻstona, xavfsiz va koʻngilochar foydalanish muhitini taʼminlashga yordam berish maqsadida TikTokda nimalarga ruxsat berilgani va berilmagani haqida qoidalarni belgilab beradi. Hamjamiyat qoidalariga zid boʻlgan zararli kontent va harakatlarni aniqlash hamda olib tashlash uchun turli vositalar va texnologiyalarni ishlab chiqqanmiz. Bu vositalar hamjamiyatning xavfsizlik darajasini oshirish va platforma yaxlitligini taʼminlashimizga yordam beradi. 


TikTok qoidabuzarliklarni qanday aniqlaydi va Hamjamiyat qoidalarini qay tarzda qoʻllaydi?


Hamjamiyat qoidalarini buzish holatlarini aniqlash va ularga qarshi chora koʻrish uchun avtomatlashtirilgan va inson baholashidan foydalanmiz. Agar qoidabuzarliklarni aniqlasak, bu kontentni olib tashlaymiz va hisob egasi bundan xabardor qilinadi. Agar qoidabuzarliklarni aniqlasak va kontentni olib tashlasak, hisob egasi bundan xabardor qilinadi. 


TikTok kontentingiz tekshuvda boʻlsa, nima boʻladi?


Agar TikTok kontentingiz tekshiruvda boʻlsa, u ishonch va xavfsizlik jamoasi tomonidan tekshiriladi, keyin Hamjamiyat qoidalariga muvofiq, bu kontent olib tashlanishi yoki olib tashlanmasligi kerakligi yoki Siz uchun tasmasiga mos yoki mos emasligi haqida qaror chiqariladi. Bu yuklagan kontentingiz ommalashsa yoki u haqida shikoyat kelib tushda sodir boʻlishi mumkin.

Agar qoidabuzarlik aniqlansa:
•  Bu kontenntni olib tashlaymiz va buning sababi haqida sizga xabar beramiz.
•  Sizga qarorimiz ustidan shikoyat qilish imkoniyati beriladi. 


Videongiz Siz uchun tasmasiga mos boʻlmasa, nima boʻladi?

Ayrim holatlarda Hamjamiyat qoidalarida belgilanganidek, biz videongizni Siz uchun tasmasiga mos emasligini aniqlashimiz mumkin. Bu yuz berganida videongiz ortiq Siz uchun tasmasida chiqmaydi va qidiruvda topish ham qiyinroq boʻlishi mumkin. Siz sababini tekshirishingiz, qarorimizdan yuzasidan fikr-mulohaza yuborishingiz va biz xato qildik deb hisoblasangiz, shikoyat yuborishingiz mumkin. Agar shikoyat muvaffaqiyatli qanoatlantirilsa, videongiz Siz uchun tasmasida tavsiya qilish uchun muvofiq boʻladi va uni qidirish osonlashadi.

Qarorimizni koʻrish uchun TikTok sozlamalaridan statistikani yoqishingiz kerakligini unutmang.

Videolaringizga oid statistikani yoqish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi
Profil tugmasini bosing.
2. Yuqori qismdagi
Menyu ☰ tugmasini bosing.
3.
Ijodkorlik vositalari tugmasini bosing.
4.
Boshlash tugmasini bosing.
5.
Yoqish tugmasini bosing.

Qarorimiz haqida batafsil axborot uchun:
1. TikTok ilovasida batafsil axborot olmoqchi boʻlgan videoga kiring.
2. Avval bu videoning yon tomonidagi
Boshqa parametrlar ... tugmasini, keyin Statistika tugmasini bosing. Yoki pastki qismdagi Koʻproq statistika tugmasini bosing.
3.
Unumdorlik sahifasining yuqorisida videongiz Siz uchun tasmasiga muvofiq emasligi haqidagi bildirishnomani bosing.
4. Fikr-mulohazani tekshiring. Videongiz nega Siz uchun tasmasiga mos emasligini tushungan yoki tushunmaganingizga qarab,
Ha yoki Yoʻq javobini tanlashingiz mumkin. Agar Yoʻq javobini tanlasangiz, fikr-mulohaza bildirish va moderatsiya imkoniyatlarimizni yaxshilashda bizga yordam berish uchun keyingi ekrandagi koʻrsatmalarni bajarishingiz mumkin.

Agar videongiz Siz uchun tasmasiga mos emasligi haqidagi qarorimizga qoʻshilmasangiz, shikoyat yuborishingiz mumkin.

Shikoyat yuborish uchun:
1. TikTok ilovasida Siz uchun tasmasiga mos boʻlmagan videongizni oching.
2. Avval bu videoning yon tomonidagi
Boshqa parametrlar ... tugmasini, keyin Statistika tugmasini bosing. Yoki pastki qismdagi Koʻproq statistika tugmasini bosing.
3.
Unumdorlik sahifasining yuqorisida videongiz Siz uchun tasmasiga muvofiq emasligi haqidagi bildirishnomani bosing.
4. Yuqoridagi
Shikoyat tugmasini bosing.

Shikoyatni nega qarorimizga qoʻshilmasligingiz haqida fikr-mulohazangizni bildirganingizdan keyin yuborishingiz ham mumkin. 


TikTok hukumat, siyosiy va yangiliklar hisoblari uchun Hamjamiyat qoidalarini qay tarzda tatbiq etadi?

Hukumat, siyosatchi va siyosiy partiyalar hisoblari hamda yangiliklar tashkilotlari uchun ishlatiladigan kontent moderatsiyasi amaliyotlari boshqa TikTok hisoblari uchun ishlatiladigan kontent moderatsiyasi amaliyotlari bilan bir xildir. Qoidalarga zid har qanday kontentni olib tashlaymiz va kotentga oid bitta jiddiy qoidabuzarlik, masalan, real hayotdagi zoʻravonlik yoki qiynoqni namoyish qilganlik uchun hisobni butunlay oʻchirishimizni anglatadi. Biroq, bu jamoatchilik manfaatlari hisoblari fuqarolik jarayonlari va fuqarolik jamiyatida oʻynagan roli tufayli, inson huquqlari va soʻz erkinligi boʻyicha majburiyatimizga muvofiq, ularga nisbatan boshqacha hisob cheklovlarini qoʻllaymiz. Agar ular barcha hisoblar uchun belgilangan ogohlantirish limitiga yetsa, Siz uchun va Kuzatilmoqda tasmalarida koʻrinish imkoniyatidan 90 kunga mahrum qilinadi.

Jamoatchilik manfaatlari hisoblari jamoat xavfsizligi uchun alohida yuqori xavf tugʻdirsa, masalan, fuqaroviy tartibsizliklar, saylovlar yoki boshqa yuqori xavfli ijtimoiy yoki siyosiy sharoitlar vaqtida boshqa cheklovlarni belgilashimiz mumkin. Agar yuqori xavf mavjud vaqtlarda jamoatchilik manfaatlari hisobi zoʻravonlik, nafrat yoki fuqarolik jarayoniga putur yetkazishi yoki real xavf yetkazishi mumkin boʻlgan yolgʻon axborotni targʻib qiluvchi kontentni joylasa, qoidabuzarlikning jiddiylik darajasi va unga aloqador xavfga qarab, bu hisobning kontent joylash imkoniyatini 7 kundan 30 kungacha cheklashimiz mumkin. Agar bu hisob egasining harakatlari qoidabuzarliklarni davom ettirishi mumkinligini koʻrsatadi va jamoat xavfsizligi hali ham yuqori xavf ostida degan qarorga kelsa, cheklov muddatini uzaytirishimiz mumkin. Qaror chiqarishda TikTokdan tashqaridagi harakatlarni ham hisobga olishimiz mumkin.






Hisob ogohlantirishlari va bloklashlar 



Kontentingiz olib tashlansa, TikTok hisobingizga nima boʻladi?

Birinchi marta Hamjamiyat qoidalari buzilgani sababli kontentingiz olib tashlanganida hisobingizda ogohlantiriish olasiz. Siz kontentingiz nega olib tashlangani, qanday qoida buzilgani va agar bizni xato qilgan deb hisoblasangiz qanday shikoyat yuborish mumkinligini tushuntiruvchi bildirishnoma olasiz.

Unutmang, agar birinchi qoidabuzarligingiz jiddiy boʻlsa, buz sizga tatbiq etilmaydi va xabar berish oʻrniga ogohlantirish olasiz. Biz hisobingizni bloklashimiz ham mumkin.

Tizimimiz hisobingiz Hamjamiyat qoidalarini necha marta buzganligini hisoblaydi va birinchi xabar olganingizdan keyin har bir qoidabuzarlik uchun hisobingizga ogohlantirish olasiz.

Biz Hamjamiyat qoidalarida keltirilgan siyosat sohasi (masalan, xavfsizlik va xushmuomalalik) yoki funksiya (masalan, fikrlar yoki shaxsiy xabarlar) asosida ogohlantirishlarni hisoblaymiz. Hisobingiz siyosati qoidabuzarligi jiddiyligiga qarab ogohlantirish oladi. Ogohlantirishlar hisobingiz butunlay bloklanish chegarasiga yetgunicha hisoblanadi. Bloklanish arafasida boʻlsangiz, sizga bu haqida xabar beramiz.

Unutmang, takroriy qoidabuzarliklar uchun yoki bitta qoidabuzarlikning jiddiylik darajasiga qarab, hisobingizni butunlay bloklashimiz mumkin. Ayrim hollarda JONLI efir yoki shaxsiy xabarlar kabi muayyan funksiyalardan foydalanishdagi qoidabuzarliklar uchun, qoidalarga zid faoliyat bilan yana darhol qoʻllanmasligingizni taʼminlash maqsadida, bunday funksiyadan foydalanish imkoniyatingizni cheklashimiz mumkin. 


TikTok hisobidagi ogohlantirishlarning amal qilish muddati tugaydimi? 


TikTok hisobingizdagi ogohlantirishlarning amal qilish muddati 90 kundan keyin tugaydi, keyin ular hisobni butunlay bloklash uchun hisobga olinmaydi.  

TikTok qachon hisoblarni butunlay bloklaydi? 


Agar Hamjamiyat qoidalari va Xizmat shartlariga oid quyidagi qoidabuzarliklarni aniqlasak, hisoblarni butunlay bloklashimiz mumkin:
Bularga quyidagilar kiradi:
•  Siz Xizmat shartlarida koʻrsatilgan minimal yosh talabi yoki boshqa talablarga mos kelmaysiz.
•  Hisob aldov yoʻli bilan oʻzini boshqa shaxs yoki tashkilot sifatida koʻrsatadi.
•  Hisobingizda jiddiy qoidabuzarlik mavjud:
   ༚  Yoshlar ekspluatatsiyasi yoki bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik kontentlarini (CSAM) joylash, targʻib qilish yoki ularning tarqalishiga yordam berish.
   ༚  Zoʻravonlikni targʻib qilish yoki zoʻravonlik bilan tahdid qilish.
   ༚  Nomusga tegish yoki jinsiy zoʻravonlik kabi rozilikka asoslanmagan jinsiy aloqalar aks etgan kontentni joylash yoki targʻib qilish.
   ༚  Odam savdosini osonlashtiradigan kontentni joylash.
   ༚  Real hayotdagi qiynoq holatlari aks etgan kontentni joylash.
•  Boshqa bir hisobga qoʻyilgan cheklovlar yoki butunlay bloklashdan qochish maqsadida boshqa TikTok hisobini yaratish yoki ishlatish.
•  Hisobingiz biror siyosat yoki funksiya doirasida koʻp marta qoida buzganlik uchun ogohlantirishlar chegarasiga yetgan.
•  Intellektual mulk siyosatini koʻp marta buzish.


TikTok hisobingiz butunlay bloklanganini qanday bilasiz? 


Agar hisobingiz bloklansa, hisobingizga kirishga uringaningizda bloklash bildirishnomasini olasiz, u sizga bloklash haqida xabar beradi. Bloklash bildirishnomasi orqali kiruvchi jildining
Hisob holati ruknida qoidabuzarliklaringizni tekshirishingiz ham mumkin. 

Hisob bloklangandan keyin unga kirish 


Hisobingiz bloklansa, shikoyat yuborish va shaxsiy maʼlumotlaringizni yuklab olish uchun unga kirishingiz mumkin. Amaldagi qonunlar va maʼlumotlarni saqlash siyosatimizga muvofiq, shaxsiy maʼlumotlarni muayyan vaqtdan keyin oʻchirishimizni unutmang. Oʻchirilganidan keyin hisobingiz ortiq mavjud boʻlmaydi. 

Kontentingiz olib tashlansa yoki TikTok hisobingiz bloklansa, qanday shikoyat qilish mumkin 


Agar kontent yoki hisobingiz xatolik tufayli olib tashlangan, deb hisoblasangiz, bu qarordan shikoyat qilishingiz mumkin.

Shikoyatingiz tasdiqlansa:
•  Kontent yoki hisobingiz qayta tiklanadi (agar bu hisob yoki kontent allaqachon oʻchirmagan boʻlsangiz).
•  Hisobingizdan ogohlantirish olib tashlanadi.

Eslatma: Kontentingizni oʻchirish ogohlantirishlarning olib tashlanishiga sabab boʻlmaydi va qoidalarga zid kontentingizni oʻchirganingizdan keyin ham ogohlantirish berishimiz mumkin. 

Bloklashdan keyin yangi TikTok hisobini yaratish mumkinmi? 


TikTokda bir qancha hisob yaratishingiz mumkin. Biroq agar sizga tegishli boshqa bir hisobga oʻrnatilgan cheklovlar va bloklashdan qochishga urinsangiz, jumladan, quyidagi harakatlarni bajarsangiz, hisobingizni cheklashimiz yoki butunlay bloklashimiz mumkin:
•  Jiddiy qoidabuzarlik uchun hisobingiz bloklanganidan keyin yangi hisob yaratish.
•  Biror yangi yoki mavjud hisobda qoidalarga zid kontent joylash.
•  Kontentga oid qoidabuzarliklarni bir qancha hisob boʻylab tarqatish.

Bu boshqa hisobingizdagi cheklov olib tashlanmaguncha amal qiladi.


Foydali boʻldimi?