Auditoriya nazorati

Boʻlimga kirish


TikTokda auditoriya nazorati sozlamasi nima?  •  Auditoriya nazorati sozlamasidan nega foydalanish kerak?  •  Auditoriya nazorat ostida deb belgilangan kontentni kimlar koʻrishi mumkin?  •  Auditoriya nazorati sozlamasi qanday boshqariladi  






TikTokda auditoriya nazorati sozlamasi nima?


TikTokda auditoriya nazorati sozlamasi ijodkorlarga ularning kontent va profilini kimlar koʻra olishini boshqarish uchun yanada moslashuvchan variantlarni taqdim etadi. Ijodkorlar 18 yoshdan kichik foydalanuvchilardan yashirishni afzal ko‘rgan mavzularni o‘z ichiga olgan alohida kontentni belgilashi mumkin. Ijodkorlar, shuningdek, profil va kontentini 18 yoshga toʻlganlar bilan cheklash uchun hisoblarda auditoriya nazoratini sozlash imkoniyatiga ega.


Yodda tuting, auditoriyasi nazorat qilingan sifatida belgilangan kontent bizning Hamjamiyatimiz qoidalariga mos kelishi zarur va shunda ham kontent moderatsiya jarayonidan oʻtadi.






Auditoriya nazorati sozlamasidan nega foydalanish kerak?


Auditoriya nazoratida deb belgilangan kontentga 18 yoshdan kichik foydalanuvchilar kira olmaydi, bu oʻsmirlar uchun mos kelmasligi mumkin boʻlgan kontentga duch kelish ehtimolini cheklaydi. Masalan, nozik mavzular yoki voyaga yetganlarga mos videoni joylasangiz, u tegishli auditoriyaga yetib borishini taʼminlash uchun bu sozlamadan foydalanishni oʻylab koʻrishingiz mumkin.


Ijodkor sifatida, hisobingiz uchun auditoriya nazorati sozlamasini yoqishga qaror qilgan boʻlsangiz, profilingiz, kelajakdagi videolaringiz va JONLI efir videolari 18 yoshdan kichik boʻlgan foydalanuvchilar uchun mavjud boʻlmaydi. Individual kontentingiz uchun bu sozlamani oʻzgartira olmaysiz.






Auditoriya nazoratida deb belgilangan kontentni kimlar koʻrishi mumkin?


Auditoriyasi nazorat qilinadigan video postlar, JONLi efir videolari yoki hisoblarni koʻrish uchun 18 yoshga toʻlgan boʻlishingiz zarur. Yodda tuting, Xavfsiz rejimni yoqqan boʻlsangiz, yoshingizdan qatʼi nazar auditoriyasi nazorat qilinadigan kontentni koʻra olmasligingiz mumkin.


Eslatma: Agar siz 18 yosh yoki undan katta boʻlsangiz, auditoriyasi nazorat ostida boʻlgan kontentni koʻrish uchun TikTokka kirgan va tugʻilgan kuningiz hisobingizda registratsiya qilingan boʻlishi kerak.







Auditoriya nazorati sozlamasi qanday boshqariladi


Hisobingiz uchun auditoriya nazorati sozlamasini yoqishingiz yoki oʻchirishingiz mumkin. Yoki har bir video yoki JONLI efir videolaringiz uchun auditoriya nazoratlari sozlamasini boshqarishingiz mumkin.


Hisobingiz uchun auditoriya nazoratlari sozlamasini boshqarish uchun:

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil bandini tegining.

2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.

3. Auditoriya nazoratlari tugmasiga tegining.

4. 18 yosh va undan katta sozlamasini yoqing.


Yodda tuting, agar hisobingiz uchun auditoriya nazorati sozlamasini yoqqan bo‘lsangiz, kontentingiz avtomatik ravishda auditoriya nazorat qilingan sifatida belgilanadi va uni alohida videolar yoki JONLI efir videolari uchun oʻchira olmaysiz.


TikTok videongizni auditoriya nazoratida deb belgilash uchun:

1. TikTok ilovasida videongizni yarating.

2. Joylash ekranida Boshqa parametrlar tugmasiga tegining.

3. Auditoriya nazoratlari sozlamasini yoqing.

4. Shartlarni tekshiring va OK tugmasiga tegining.

5. Qoʻshimcha oʻzgarishlarni kiriting, soʻngra nashr qilish uchun Joylash tugmasiga tegining.


TikTok JONLI efir videongizni auditoriya nazoratida deb belgilash uchun:

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Post kiritish + tugmasiga tegining.

2. Pastki qismdagi JONLI efirga tegining. Sahifani varaqlashingiz kerak boʻlishi mumkin.

3. Sozlamalar bandiga tegining.

4. Auditoriya nazoratlari sozlamasini yoqing.

5. Shartlarni tekshiring va OK tugmasiga tegining.

6. Qoʻshimcha oʻzgarishlarni kiriting, soʻngra JONLI efiringizni boshlash uchun JONLI efirni boshlash tugmasiga tegining.


Foydali boʻldimi?