Boʻlimga kirish
Mualliflik huquqi nima? • Mualliflik huquqi himoyasini qanday olish mumkin? • Boshqa shaxsning mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentini uning ruxsatisiz TikTokka joylash mumkinmi? • TikTokda mualliflik huquqingiz buzilsa, nima qilish kerak? • Mualliflik huquqi buzilgani haqidagi daʼvo TikTokka yuborilganidan keyin nima boʻladi? • Kontentingiz mualliflik huquqini buzganlikda notoʻgʻri ayblanib TikTokdan olib tashlansa, nima qilish kerak? • TikTok mualliflik huquqini qayta-qayta buzganlik uchun ogohlantirish beradimi? • Mualliflik huquqini buzish natijasida kontentning olib tashlanishidan saqlanish uchun nima qilish kerak?
Mualliflik huquqi nima?
Mualliflik huquqi – bu videolar va musiqalar kabi original mualliflik ishlarini himoya qiluvchi qonuniy huquqdir. Mualliflik huquqi gʻoyaning original ifodasini (masalan, video yoki musiqani ifodalash yoki yaratishning oʻziga xos usuli) himoya qiladi, lekin asosiy gʻoyalar yoki faktlarni himoya qilmaydi.
Mualliflik huquqi himoyasini qanday olish mumkin?
Odatda, agar original ish yaratsangiz, avtomatik tarzda mualliflik huquqi himoyasiga ega boʻlasiz.
Mualliflik huquqi faqat original ifodalarni himoya qiladi. U gʻoyalar, protseduralar, ishlash usullari yoki matematik tushunchalarga tatbiq etilmaydi. Masalan, shaxs biror filmga mualliflik huquqiga ega boʻlishi mumkin, lekin asosiy syujet yoki bu filmda ifodalangan mavzularga emas.
Odatda mualliflik huquqi himoyasini olish uchun ishni roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi, lekin bunday qilish ayrim yurisdiksiyalarda nizolarni hal etishni osonlashtirishi mumkin.
Boshqa shaxsning mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentini uning ruxsatisiz TikTokka joylash mumkinmi?
Xizmat shartlari va Hamjamiyat qoidalariga koʻra, boshqa shaxsning mualliflik huquqi, savdo belgisiga boʻlgan huquqi yoki boshqa intellektual mulk (IP) huquqlarini buzadigan yoki ularga tajovuz qiladigan kontentni joylash, ulashish yoki yuborish taqiqlanadi. Bu boshqa shaxsning mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentidan tegishli ruxsat yoki qonuniy asoslarsiz foydalanishni ham oʻz ichiga oladi.
Muayyan sharoitlarda sizga boshqa shaxsning mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentidan uning ruxsatisiz foydalanish uchun qonuniy ruxsat berilishi mumkin. Bunga adolatli foydalanish, shuningdek, mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentdan iqtibos keltirish, uni tanqid qilish va/yoki tavfislash kabi mualliflik huquqi himoyasidan istisnolar kiradi.
TikTokda mualliflik huquqingiz buzilsa, nima qilish kerak?
Agar TikTokda boshqa bir foydalanuvchi mualliflik huquqingizni buzdi, deb hisoblasangiz, bu masalani hal qilish uchun bevosita shu foydalanuvchiga murojaat qilishingiz mumkin. Yoki huquqbuzar kontentni TikTokdan olib tashlashni soʻrash uchun Mualliflik huquqiga tajovuz haqida shikoyat shaklini yuborishingiz mumkin.
TikTokda intellektual mulkka tajovuz haqida shikoyat qilish uchun:
1. TikTok ilovasida siz shikoyat qilmoqchi boʻlgan video yon tomonidagi Ulashish tugmasini bosing.
2. Shikoyat tugmasini bosing.
3. Intellektual mulkka tajovuz tugmasini bosing.
4. Mualliflik huquqiga tajovuz haqida shikoyat tugmasini bosing va berilgan koʻrsatmalarni bajaring.
TikTokda intellektual mulkka tajovuz haqida shikoyat qilish uchun onlayn shakldan foydalanishingiz ham mumkin.
Yodda tuting:
• Murojaatingizda barcha kerakli va aniq maʼlumotlarni taqdim etishingiz kerak, aks holda shikoyatingiz rad etilishi mumkin.
• Mualliflik huquqiga tajovuz haqida shikoyat yuborish uchun tajovuzga uchragan ish egasi yoki uning vakolatli vakili boʻlishingiz lozim. Shikoyatga sizni ega yoki vakolatli vakil ekaningizni tasdiqlovchi hujjatlar kiritilganligiga ishonch hosil qiling.
• Agar qasddan yanglishtiruvchi yoki yolgʻon shikoyat yuborsangiz, bu, tegishli mamlakatlardagi qonunlarga muvofiq, yetkazilgan zarar uchun javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin
Reklamalardagi mualliflik huquqiga tajovuzlar haqida shikoyat qilish uchun tegishli onlayn shakl orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin.
TikTok Shopʼdagi mualliflik huquqiga tajovuzlar haqida shikoyat qilish uchun tegishli onlayn shakl orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin.
Mualliflik huquqiga tajovuz haqidagi daʼvo TikTokka yuborilganidan keyin nima boʻladi?
Mualliflik huquqiga tajovuz haqidagi barcha daʼvolar IP mutaxassislari jamoasi tomonidan tekshiriladi. Biz shikoyat daʼvolarni oʻrganish uchun barcha zaruriy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgani va mualliflik huquqi egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan yuborilganini tekshiramiz. Yetishmayotgan maʼlumotlarni taqdim etishingiz uchun sizga murojaat qilishimiz mumkin. Kechikishlarni minimallashtirish uchun darhol javob berish tavsiya etiladi.
Agar Intellektual mulk siyosatini buzilgani aniqlansa, biz bu kontentni platformadan olib tashlaymiz. Koʻrilgan chora haqida shikoyat qilgan shaxs ham, shikoyat qaratilgan shaxs ham xabardor qilinadi.
Kontentingiz mualliflik huquqini buzganlikda notoʻgʻri ayblanib TikTokdan olib tashlansa, nima qilish kerak?
Agar mualliflik huquqini buzganlik uchun kontentingiz olib tashlansa, ilovada bu haqida bildirishnoma olasiz. Agar sizda bu mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentdan foydalanish vakolati borligi sababli kontentingizning olib tashlanishi notoʻgʻri deb hisoblasangiz yoki bu bu kontentdan foydalanish huquqiga ega ekaningizga ishonsangiz, TikTok ilovasida shikoyat yuborishingiz mumkin. Shikoyatni Qarshi bildirishnoma shakli orqali yuborishingiz ham mumkin. Siz shikoyatga barcha zaruriy maʼlumotlar, jumladan, kontakt maʼlumotingiz va daʼvongizni tasdiqlovchi har qanday dalilni kiritishingiz kerak, aks holda shikoyatingiz rad etilishi mumkin.
Hech qanday asosli dalilsiz quyidagi shikoyat sabablari odatda qabul qilinmaydi:
• Ishning faqat kichik qismi koʻchirilgan, butun ish emas.
• Bir xil kontentni joylayotgan boshqa foydalanuvchilar ham bor.
• Siz bu kontentga nisbatan mualliflik huquqiga ega ekaningizni daʼvo qilmaysiz.
• Siz bu kontentni ruxsatsiz joylash taqiqlanganini bilmagansiz.
• Bu kontentni joylash soʻz erkinligi huquqi bilan himoyalangan.
Agar shikoyatingiz tasdiqlansa, kontentingiz qayta tiklanadi.
TikTok mualliflik huquqini qayta-qayta buzganlik uchun ogohlantirish beradimi?
Ha. TikTok Takroriy qoidabuzarlik siyosatiga koʻra, agar foydalanuvchilarning kontenti mualliflik huquqini buzganlik sababli olib tashlansa, ularga ogohlantirish beriladi. Har bir IP turi uchun 3 ta ogohlantirish limiti mavjud, shundan keyin hisob butunlay olib tashlanadi. Mualliflik huquqi va savdo belgisiga boʻlgan huquq buzilishlari uchun ogohlantirishlar alohida hisoblanadi. Masalan, mualliflik huquqini buzganlik uchun 2 ta ogohlantirish va savdo belgisiga boʻlgan huquqni buzganlik uchun 2 ta ogohlantirish olsangiz, hisobingiz bloklanmaydi. Biroq, mualliflik huquqini buzganlik uchun 3 ta ogohlantirish va savdo belgisiga boʻlgan huquqni buzganlik uchun bitta ogohlantirish olsangiz, hisobingiz bloklanadi.
Yodda tuting, biz, ogohlantirishlar sonidan qatʼi nazar, Hamjamiyat qoidalarini buzgan har qanday hisobni darhol olib tashlash huquqini oʻzimizda saqlab qolamiz.
Hisoblangan ogohlantirishlar 90 kundan keyin yozuvingizdan oʻchib ketadi. Mualliflik huquqining buzilgani haqidagi shikoyat qaytarib olinsa yoki shikoyatingiz tasdiqlansa, qoidabuzarliklarni olib tashlashimiz ham mumkin.
Mualliflik huquqini buzish natijasida kontentning olib tashlanishidan saqlanish uchun nima qilish kerak?
TikTokka faqat original joylashingiz kerak. Agar boshqa shaxsga tegishli kontentdan foydalanmoqchi boʻlsangiz, oldindan bu shaxsning roziligini olish tavsiya etiladi.
Muayyan sharoitlarda sizga boshqa shaxsning mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentidan uning ruxsatisiz foydalanishga ruxsat berilishi mumkin. Masalan, bu kontent jamoat mulki boʻlsa yoki boshqacha tarzda qonun bilan ruxsat etilgan boʻlsa.
Yodda tuting, bilmaslik mualliflik huquqiga tajovuz daʼvosiga qarshi yaroqli himoya vositasi emas.