TikTokda xavfsizlik

Boʻlimga kirish


TikTokda Xavfsiz rejim nima?Xavfsiz rejim qanday boshqariladiFikrlarni himoyalash rejimi nima?Fikrlarni himoyalash rejimi qanday boshqariladiKalit soʻz filtrlari qaysilar?Kalit soʻz filtrlarini boshqarishOilaviy sozlamalar nima?Xavfsizlik resurslari


TikTokda biz ilovadan foydalanish vaqtida xavfsizligingiz haqida qaygʻuramiz.Shu sababli, maxfiylik parametrlarini boshqarish va siz yoki oilangiz uchun eng mos yoki aloqador kontentga kirish imkonini beruvchi bir nechta xavfsizlik vositalari va resurslarini taqdim etamiz.




TikTokda Xavfsiz rejim nima?


TikTokda Xavfsiz rejim kattalarbop yoki murakkab mavzularni oʻz ichiga olgan kontent kabi har kimga ham mos kelavermasligi mumkin boʻlgan kontentga kirishni cheklaydi.Xavfsiz rejimdan foydalansangiz, ayrim funksiyalar ishlamaydi, Kuzatuvchilar tasmasi, JONLI efir boshlash va JONLI efirda hadya berish shular jumlasidan.Xavfsiz rejim istalgan vaqtda yoqilishi yoki oʻchirilishi mumkin.Ota-onalar va vasiylar ham Oilaviy sozlamalar orqali oʻsmir farzandlari uchun Xavfsiz rejimni boshqarishlari mumkin.




Xavfsiz rejimni boshqarish


Xavfsiz rejimni yoqish va faolsizlantirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Kontent parametrlari tugmasiga tegining.
4. Xavfsiz rejim tugmasiga tegining.
5. Xavfsiz rejimni sozlash uchun ilovadagi koʻrsatmalarni bajaring, keyin bu rejimni yoqish yoki faolsizlantirish uchun kirish kodini kiriting.Agar Xavfsiz rejimni birinchi marta yoqayotgan boʻlsangiz, kirish kodini sozlashdan oldin Yoqish tugmasini bosishingiz kerak.

Xavfsiz rejim haqida bilish kerak boʻlgan bir nechta narsa:
• Agar sizda bir qancha hisob boʻlsa, Xavfsiz rejimni har bir hisobda alohida yoqishingiz kerak.
• Agar siz ota-ona yoki vasiy boʻlsangiz, Oilaviy sozlamalar orqali oʻsmir farzandingiz hisobida ham Xavfsiz rejimni yoqishingiz mumkin.

Xavfsiz rejim haqida batafsil bilib oling.




Fikrlarni himoyalash rejimi nima?


Fikrlarni himoyalash rejimi kontentingizga qoldirilgan fikrlarga qoʻshimcha filtrlarni qoʻllash orqali TikTokdagi tajribangizni yanada yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi.Bu rejimni yoqish nomaqbul, haqoratli va siz yoki boshqalar tomonidan belgilangan fikrlarni filtrlaydi.




Fikrlarni himoyalash rejimi qanday boshqariladi


Fikrlarni himoyalash rejimini yoqish yoki oʻchirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Maxfiylik tugmasiga tegining.
4. Fikrlar tugmasiga tegining.
5. Fikrlarni himoyalash rejimi tugmasiga tegining.
6. Sozlamani yoqing yoki oʻchiring, soʻngra Saqlash tugmasiga tegining.

Fikrlarni himoyalash rejimi haqida batafsil bilib oling.




Kalit soʻz filtrlari nima?


TikTokda dastaklanadigan tasmalaringiz, masalan, Siz uchun va Kuzatuvchilar tasmasida kontentni moslash uchun kalit soʻz filtrlarini sozlashingiz mumkin.

Eslatma: TikTok uchun qayerda roʻyxatdan oʻtganingizga qarab, ayrim tasmalarda kalit soʻzlarni filtrlash funksiyasidan foydalana olmasligingiz mumkin.




Kalit soʻz filtrlarini boshqarish


Kalit soʻz filtrlarini kiritish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Kontent parametrlari, undan keyin Kalit soʻzlarni filtrlash tugmasiga tegining.
4. Kalit soʻzlarni kiritish tugmasiga tegining, keyin siz filtrlamoqchi boʻlgan soʻz yoki heshtegni kiriting va kalit soʻzlarni filtrlamoqchi boʻlgan tasma(lar)ni tanlang.Maksimal 100 ta kalit soʻz kiritishingiz mumkin.
5. Saqlash tugmasiga tegining.

Kalit soʻzni qoʻshishdan oldin kalit soʻzlarni va kombinatsiyalarini filtrlar uchun Aqlli filtr sozlamasini yoqishingiz mumkin.Yodda tuting, hamma filtrlangan kalit soʻz kombinatsiyalari roʻyxatda berilmagan va ayrim kalit soʻzlar filtrlanmagan boʻlishi mumkin.

Kalit soʻz filtrlarini tahrirlash yoki oʻchirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Kontent parametrlari, undan keyin Kalit soʻzlarni filtrlash tugmasiga tegining.
4. Tahrirlash uchun kalit soʻzni bosing va sozlang, keyin Saqlash tugmasiga tegining.Oʻchirish uchun:
༚ Roʻyxatdagi kalit soʻz yonidagi Oʻchirish tugmasini bosing, keyin tasdiqlash uchun Oʻchirish tugmasiga qayta tegining.
༚ Kalit soʻzga tegining, so'ngra Kalit so'zni o'chirish tugmasiga tegining.Tasdiqlash uchun yana Oʻchirish tugmasiga tegining.


Eslatma: agar ota-ona yoki vasiy boʻlsangiz, Oilaviy sozlamalar orqali farzandingiz uchun kalit soʻz filtrlarini boshqarishingiz mumkin.

Post yoki Siz uchun tasmasidagi reklamadan heshteglarni filtrlash uchun:
1. TikTok ilovasida post ustiga bosib turing, keyin Qiziq emas tugmasiga tegining.Yon tomondagi Ulashish tugmasiga teginib, Qiziq emas bandiga teginishingiz ham mumkin.
2. Quyi qismdagi Tafsilotlar tugmasiga tegining.
3. Qiziq emas ostida qaysi variantni afzal koʻrishingizni tanlang.
4. Postdagi xeshteglar roʻyxatini chiqarish uchun quyi qismdagi Tafsilotlar tugmasiga qayta tegining.
5. Filtrlashingiz kerak boʻlgan heshteglarni tanlang, keyin Yuborish tugmasiga tegining.




Oilaviy sozlamalar nima?


TikTokdagi Oilaviy sozlamalar ota-onalar, vasiylar va ularning oʻsmir farzandlariga xavfsizlik sozlamalarini individual ehtiyojlar asosida moslash imkonini beradi.Oʻsmir farzandingizga TikTokni xavfsiz kezishda yordam berish uchun sizga resurslar taqdim etadigan Oilaviy sozlamalar funksiyalari bilan tanishing.




Xavfsizlik resurslari


TikTokda biz onlayn tajribangizni himoya qilish uchun xavfsizlik resurslariga ega bolishingizni taʼminlashni xohlaymiz.Siz yoki biror tanishingizga yordam kerak boʻlsa, quyidagi resurslar mavjud.

Xavfsizlik markazi
TikTokda xavfsizlikka resurslari va vositalari haqida batafsil maʼlumot olish uchun Xavfsizlik markazimizga kiring.Shuningdek, Xavfsizlik markazining ilova versiyasida hisobingiz holati haqidagi axborot va siz yuborgan shikoyatlarga oid qaydlarni topishingiz hamda fikr-mulohaza bildirishingiz mumkin.

Xavfsizlik markaziga kirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Yordam xizmati bandiga tegining.
4. Xavfsizlik markazi tugmasiga tegining.

Global resurslar
Onlayn Oila xavfsizlik instituti
Internet Watch fondi
WePROTECT Global alyansi
Yoʻqolgan va ekspluatatsiya qilingan bolalar milliy markazi

Mahalliy resurslar
Mahalliy tashkilotlar roʻyxati bilan tanishish uchun Xavfsizlik markazimizga kiring va mamlakat yoki mintaqangizni tanlang.

Qoʻshimcha resurslar
Xavfsizlik markazida quyidagilar uchun qoʻshimcha resurslarni topishingiz mumkin:
Jinsiy zoʻravonlikda yordam
Ovqatlanish tartibidagi buzilishlar
Kamsitishning oldini olish
Joniga suiqasd qilish va oʻziga shikast yetkazish
Salomatlik yoʻriqnomasi
Vasiy yoʻriqnomasi

Foydali boʻldimi?