Boʻlimga kirish
Fikrlarni saralash rejimi nima? • Fikrlarni himoyalash rejimini yoqish yoki oʻchirish • Filtrlangan fikrlarni koʻrib chiqish
Fikrlarni saralash rejimi nima?
Fikrlarni himoyalash rejimi kontentingizga qoldirilgan fikrlarga qoʻshimcha filtrlarni qoʻllash orqali TikTokdagi tajribangizni yanada yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi. Bu rejimni yoqish nomaqbul, haqoratli va siz yoki boshqalar tomonidan belgilangan fikrlarni filtrlaydi.
Fikrlarni saralash rejimi quyidagicha fikrlarni filtrlaydi:
• Nomaqbul, haqoratli yoki soʻkinishdan iborat.
• Koʻplab odamlar tomonidan belgilangan yoki shikoyat qilingan.
• Siz yoki boshqalar oldin shikoyat qilgan, oʻchirgan yoki dizlayk bosganga oʻxshash fikrlar.
Fikrlarni himoyalash rejimini yoqish yoki oʻchirish
Fikrlarni himoyalash rejimini yoqish yoki oʻchirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Menyu ☰ tugmasiga tegining, soʻngra Sozlamalar va maxfiylik ruknini tanlang.
3. Maxfiylik tugmasini bosing.
4. Fikrlar tugmasiga tegining.
5. Fikrlarni himoyalash rejimi tugmasiga tegining.
6. Sozlamani yoqing yoki oʻchiring, soʻngra Saqlashga tegining.
Filtrlangan fikrlarni koʻrib chiqish
Filtrlangan fikrlaringizni tekshirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini, keyin Sozlamalar va maxfiylik tugmasini bosing.
3. Maxfiylik tugmasini bosing.
4. Fikrlar tugmasini bosing.
5. Filtrlangan fikrlarni koʻrib chiqish tugmasini bosing.
6. Siz tekshirmoqchi boʻlgan fikr ostidagi Tasdiqlash yoki Oʻchirish tugmasini bosing.