Mualliflik huquqi

Boʻlimga kirish


Mualliflik huquqi nima?Mualliflik huquqi himoyasi qanday olinadiTikTokda mualliflik huququ himoyasiMualliflik huquqiga tajovuzlarHisob tanbehlari va bloklanishlari






Mualliflik huquqi nima?


Mualliflik huquqi – bu videolar va musiqalar kabi original mualliflik ishlarini himoya qiluvchi qonuniy huquqdir.Mualliflik huquqi gʻoyaning original ifodasini (masalan, video yoki musiqani ifodalash yoki yaratishning oʻziga xos usuli) himoya qiladi, lekin asosiy gʻoyalar yoki faktlarni himoya qilmaydi.






Mualliflik huquqi himoyasini qanday olish mumkin


Odatda, asl ish yaratganingizda mualliflik huquqi himoyasini olasiz.

Mualliflik huquqi faqat original ifodalarni himoya qiladi.U gʻoyalar, protseduralar, ishlash usullari yoki matematik tushunchalarga tatbiq etilmaydi.Masalan, shaxs biror filmga mualliflik huquqiga ega boʻlishi mumkin, lekin asosiy syujet yoki bu filmda ifodalangan mavzularga emas.

Odatda mualliflik huquqi himoyasini olish uchun ishni roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi, lekin bunday qilish ayrim yurisdiksiyalarda nizolarni hal etishni osonlashtirishi mumkin.






TikTok Mualliflik huquqi himoyasi


Boshqa shaxsning mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentini uning ruxsatisiz TikTokka joylash mumkinmi?


Xizmat shartlari va Hamjamiyat qoidalariga koʻra, boshqa shaxsning mualliflik huquqi, savdo belgisiga boʻlgan huquqi yoki boshqa intellektual mulk (IP) huquqlarini buzadigan yoki ularga tajovuz qiladigan kontentni joylash, ulashish yoki yuborish taqiqlanadi.Bu boshqa shaxsning mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentidan tegishli ruxsat yoki qonuniy asoslarsiz foydalanishni ham oʻz ichiga oladi.

Muayyan sharoitlarda sizga boshqa shaxsning mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentidan uning ruxsatisiz foydalanish uchun qonuniy ruxsat berilishi mumkin.Bunga adolatli foydalanish, shuningdek, mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentdan iqtibos keltirish, uni tanqid qilish va/yoki tavfislash kabi mualliflik huquqi himoyasidan istisnolar kiradi.






Mualliflik huquqlarini buzish holatlari


TikTokda mualliflik huquqingiz buzilsa, nima qilish kerak


Agar TikTokda biror kim mualliflik huquqingizni buzdi, deb hisoblasangiz, bu masalani hal qilish uchun bevosita shu insonga murojaat qilishingiz mumkin.Yoki bizning onlayn shaklimiz yoki ilovada huquqbuzar kontentni TikTokdan olib tashlashni soʻrash uchun Mualliflik huquqiga tajovuz haqida shikoyat yuborishingiz mumkin.


TikTokda intellektual mulkka tajovuz haqida shikoyat qilish uchun:
1. TikTok ilovasida siz shikoyat qilmoqchi boʻlgan posst yon tomonidagi Ulashish tugmasiga tegining.
2. Xabar berish tugmasiga tegining.
3. Kontrafakt va intellektual mulk tugmasiga tegining.
4. Intellektual mulk huquqi buzilishi tugmasiga tegining va xabar berish uchun quyidagilarni bajaring.

Mualliflik huquqiga tajovuzlari haqida bilish zarur boʻlgan muhim narsalar:
• Murojaatingizda barcha kerakli va aniq maʼlumotlarni taqdim etishingiz kerak, aks holda shikoyatingiz rad etilishi mumkin.
• Mualliflik huquqiga tajovuz haqida shikoyat yuborish uchun tajovuzga uchragan ish egasi yoki uning vakolatli vakili boʻlishingiz lozim.Shikoyatga sizni ega yoki vakolatli vakil ekaningizni tasdiqlovchi hujjatlar kiritilganligiga ishonch hosil qiling.
• Agar qasddan yanglishtiruvchi yoki yolgʻon shikoyat yuborsangiz, bu, tegishli mamlakatlardagi qonunlarga muvofiq, yetkazilgan zarar uchun javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.
• Bu sahifadagi maʼlumotlar asosan foydalanuvchi yaratgan kontentga taalluqlidir.Ehtiyojlaringizni yaxshiroq qondirish uchun bizda TikTok Shop va TikTok For Businessʼni dastaklovchi IM boʻyicha maxsus jamoalar mavjud.Reklamalardagi muallifllik huquqiga tajovuzlar haqida xabar berish uchun biz bilan onlayn shakl yoki TikTok Shopdagi mualliflik huquqiga tajovuzlar uchun ushbu onlayn shakl orqali bogʻlaning.

Mualliflik huquqiga tajovuz haqidagi daʼvo TikTokka yuborilganidan keyin nima boʻladi?


Mualliflik huquqiga tajovuz haqidagi barcha daʼvolar IP mutaxassislari jamoasi tomonidan tekshiriladi.Biz shikoyat daʼvolarni oʻrganish uchun barcha zaruriy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgani va mualliflik huquqi egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan yuborilganini tekshiramiz.Yetishmayotgan maʼlumotlarni taqdim etishingiz uchun sizga murojaat qilishimiz mumkin.Kechikishlarni minimallashtirish uchun darhol javob berish tavsiya etiladi.

Agar Intellektual mulk siyosatini buzilgani aniqlansa, biz bu kontentni platformadan olib tashlaymiz.Koʻrilgan chora haqida shikoyat qilgan shaxs ham, shikoyat qaratilgan shaxs ham xabardor qilinadi.


Kontentingiz mualliflik huquqini buzganlikda notoʻgʻri ayblanib olib tashlansa, nima qilish kerak


Agar mualliflik huquqini buzganlik uchun kontentingiz olib tashlansa, ilovada bu haqida bildirishnoma olasiz.Agar sizda bu mualliflik huquqidan foydalanish vakolati borligi sababli kontentingizning olib tashlanishi notoʻgʻri deb hisoblasangiz yoki bu kontentdan foydalanish huquqiga ega ekaningizga ishonsangiz, ilovada bildirishnoma orqali shikoyat yuborishingiz mumkin.Siz shikoyatga barcha zaruriy maʼlumotlar, jumladan, kontakt maʼlumotingiz va daʼvongizni tasdiqlovchi har qanday dalilni kiritishingiz kerak.Aks holda, shikoyatingiz rad etiladi.

Hech qanday asosli dalilsiz quyidagi shikoyat sabablari odatda qabul qilinmaydi:
• Ishning faqat kichik qismi koʻchirilgan, butun ish emas.
• Bir xil kontentni joylayotgan boshqalar ham bor.
• Siz bu kontentga nisbatan mualliflik huquqiga ega ekaningizni daʼvo qilmaysiz.
• Siz bu kontentni ruxsatsiz joylash taqiqlanganini bilmagansiz.
• Bu kontentni joylash soʻz erkinligi huquqi bilan himoyalangan.

Agar shikoyatingiz tasdiqlansa, kontentingiz qayta tiklanadi.






Hisob tanbehlari va bloklanishlari


Mualliflik huquqini buzganlik uchun kontentingiz olib tashlansa, TikTok hisobingizga nima boʻladi?


Takroriy qoidabuzarlik siyosatimizga koʻra, agar kimningdir kontenti mualliflik huquqini buzganlik sababli olib tashlansa, ularga ogohlantirish beramiz.Har bir IM turi uchun 3 ta ogohlantirish limiti mavjud, shundan keyin hisob butunlay olib tashlanadi.Mualliflik huquqi va savdo belgisiga boʻlgan huquq buzilishlari uchun ogohlantirishlar alohida hisoblanadi.Masalan, mualliflik huquqini buzganlik uchun 2 ta ogohlantirish va savdo belgisiga boʻlgan huquqni buzganlik uchun 2 ta ogohlantirish olsangiz, hisobingiz bloklanmaydi.Biroq, mualliflik huquqini buzganlik uchun 3 ta ogohlantirish va savdo belgisiga boʻlgan huquqni buzganlik uchun bitta ogohlantirish olsangiz, hisobingiz bloklanadi.Hisoblangan ogohlantirishlar 90 kundan keyin yozuvingizdan oʻchib ketadi.Mualliflik huquqining buzilgani haqidagi shikoyat qaytarib olinsa yoki shikoyatingiz tasdiqlansa, qoidabuzarliklarni olib tashlashimiz ham mumkin.

Biz, ogohlantirishlar sonidan qatʼi nazar, Hamjamiyat qoidalarini buzgan har qanday hisobni darhol olib tashlash huquqini oʻzimizda saqlab qolamiz.


Mualliflik huquqini buzish natijasida kontentning olib tashlanishidan saqlanish uchun nima qilish kerak


TikTokka faqat asl kontent joylashingiz kerak.Agar boshqa shaxsga tegishli kontentdan foydalanmoqchi boʻlsangiz, oldindan bu shaxsning roziligini olish tavsiya etiladi.

Muayyan sharoitlarda sizga boshqa shaxsning mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentidan uning ruxsatisiz foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.Masalan, bu kontent jamoat mulki boʻlsa yoki boshqacha tarzda qonun bilan ruxsat etilgan boʻlsa.

Yodda tuting, bilmaslik mualliflik huquqiga tajovuz daʼvosiga qarshi yaroqli himoya vositasi emas.

Foydali boʻldimi?