Nima sababdan mening hisobim tavsiya etilmayapti?

Boʻlimga kirish


Agar hisobingiz tavsiya uchun mos kelmasa, nima boʻladi?Mos kelmaydigan hisob uchun shikoyat qanday yuboriladi






Agar hisobingiz tavsiya uchun mos kelmasa, nima boʻladi?


TikTokda har kim xavfsiz va yoqimli tajribaga ega boʻlishiga ishonch hosil qilmoqchimiz.Shuning uchun Siz uchun tasmasidagi nomaqbul kontentni cheklashimiz va bunday kontent joylagan hisoblarni topishni qiyinlashtirishimiz mumkin.

Siz uchun tasmasiga mos kelmaydigan kontentni takroran joylasangiz, hisob va postlaringiz Siz uchun tasmasida koʻrsatilmaydi va uni qidiruvda topish qiyinroq boʻladi.

Hisobingizdagi kontentning qancha qismi Siz uchun tasmasiga mos kelmasligiga qarab, istalgan vaqtda hisobingizni avtomatik ravishda yaxshi holatga qaytarishimiz mumkin.Aks holda, shikoyat yuborishingiz mumkin.






Mos kelmaydigan hisob uchun shikoyat qanday yuboriladi


Hisobingiz tavsiya uchun mos kelmaydiganga aylansa, qaysi kontentga va nima sababdan belgi qoʻyilganini tushunishingiz uchun sizga kiruvchi bildirishnomalar va profil orqali bu haqida xabar beramiz.

Xato sababli hisob yoki kontentingizni tavsiya uchun mos emas deb belgilaganimizga ishonchingiz komil boʻlsa, shikoyat yuborishingiz mumkin.

Shikoyat yuborish uchun:
Kiruvchi
1. TikTok ilovasida pastki qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Hisobingiz tavsiyalar uchun mos kelmasligi haqidagi bildirishnomaga tegining.
3. Koʻproq koʻrish tugmasiga tegining.
4. Mos kelmaydigan videolarni koʻrib chiqing, soʻngra yuroqidagi Shikoyat tugmasiga tegining.

Profil
1. TikTok ilovasida pastki qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Foydalanuvchi nomingiz ostidagi Tavsiya uchun mos emas eslatmasiga tegining.
3. Mos kelmaydigan videolarni koʻrib chiqing, soʻngra yuroqidagi Shikoyat tugmasiga tegining.

Foydali boʻldimi?