Content violations and bans

Boʻlimga kirish


TikTokda kontent moderatsiyasiHisob tanbehlari va bloklanishlari


TikTokda kontent moderatsiyasi


Hamjamiyatimiz qoidalari barcha foydalanuvchilarga taaluqli boʻlib, barchaga maqbul, xavfsiz va qulay foydalanish muhitini taqdim etishga yordam berish maqsadida TikTokda nimalarga ruxsat berilgani va berilmagani haqida koʻrsatmalarni taqdim etadi.Hamjamiyatimiz qoidalariga zid zararli kontent va xatti-harakatlarni aniqlash va olib tashlash uchun vositalar va texnologiyalarni ishlab chiqdik.Bu vositalar hamjamiyatimiz xavfsizligini taʼminlash va platformamiz yaxlitligini saqlashga yordam beradi.

Bundan tashqari, biz monetizatsiya qiladigan yoki platformamizdan boshqacha tarzda foydalanib, oʻzini yuqoriroq darajaga koʻtaradigan ijodkorlarni saqlab turamiz.TikTokdagi ijodkorlardan bizning ijodkorlar uchun axloq kodeksimizga amal qilishni va boshqalarning xavfsizligi yoki platformamizning yaxlitligiga tahdid solmaydigan tarzda oʻzini tutishni kutamiz.


Ijodkorlar uchun axloq kodeksi haqida Ijodkorlar akademiyamizda bilib oling.

TikTok qoidabuzarliklar qanday aniqlaydi va oʻzining Hamjamiyati qoidalariga amal qilishga qanday majburlaydi?
Hamjamiyatimiz qoidalari buzilishini aniqlash uchun ham avtomatlashtirilgan, ham inson tekshiruvlardan foydalanamiz hamda qoidani buzga hisob va kontentga nisbatan chora koʻramiz.Agar biz qoidabuzarliklarni aniqlasak va chora koʻrsak, hisob egasiga xabar beriladi.

TikTok kontentingiz tekshiruv ostida boʻlsa, nima boʻladi?


TikTok kontentingiz tekshiruv ostida boʻlsa, u bizning Ishonch va Xavfsizlik jamoamiz tomonidan tekshiriladi, ular u olib tashlanishi yoki Hamjamiyatmiz qoidalariga koʻra uni Siz uchun tasmasiga nomuvofiq deya belgilaydi.Bu kontentni yuklaganingizda, u ommalashib ketsa, yoki u haqida xabar berilsa, yuz berishi mumkin.
Agar qoidabuzarlik aniqlansa:
• Biz kontentni olib tashlaymiz, agar shunday boʻlsa, sizga sababini tushuntiramiz.
• Sizga qaror ustidan shikoyat qilish imkoniyati beriladi.

Agar postingiz Siz uchun tasmasiga mos kelmasa, nima yuz beradi?


Ayrim hollarda Hamjamiyatimiz qoidalarida belgilanganidek, biz kontentingizni Siz uchun tasmasida tavsiya qilish uchun mos ekanligini aniqlashimiz mumkin.Bu yuz berganda, postingiz Siz uchun tasmasida boshqa koʻrsatilmaydi.Siz sababini tekshirishingiz, qarorimiz yuzasidan fikr-mulohaza yuborishingiz va biz xato qilganimizga ishonchingiz komil boʻlsa, shikoyat yuborishingiz mumkin.Agar shikoyatingiz qondirilsa, postingiz Siz uchun tasmasida tavsiya etish uchun mos boʻladi.

Qarorimizni koʻrish uchun TikTok sozlamalarida statistikani yoqishingiz kerakligini unutmang.

Postlaringizga oid statistikani yoqish uchun:
1. TikTok ilovasida pastki qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqori qismdagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, soʻngra TikTok Studioni tanlang.
3. Statistika ichida Boshlash tugmasiga tegining.
4. Yoqish tugmasiga tegining.

Qarorimiz haqida batafsil maʼlumot olish uchun:
1. TikTok ilovasida batafsil maʼlumot olmoqchi boʻlgan postga kiring.
2. Pastdagi Boshqa xulosalar tugmasiga tegining yoki post yonidagi Boshqa parametrlar … tugmasiga tegining, soʻngra Statistika tugmasiga tegining.
3. Mos kelmaydigan post bildirishnomasiga tegining.
4. Fikr-mulohazani tekshiring.Nima sababdan postingiz Siz uchun tasmasiga mos kelmasligini tushungan yoki tushunmaganingizni bildirish uchun Ha yoki Yoʻq tugmasini tanlang.Agar Yoʻq javobini tanlasangiz, fikr-mulohazangiz bilan ulashish va moderatsiya oʻlchovlarimizni yaxshilashda bizga yordam berish uchun keyingi ekrandagi koʻrsatmalarni bajarishingiz mumkin.

Agar postingiz Siz uchun tasmasiga mos kelmasligi haqidagi qarorimizga qoʻshilmasangiz, shikoyat yuborishingiz mumkin.

Shikoyat yuborish uchun:
1. TikTok ilovasida Siz uchun tasmasiga mos boʻlmagan postingizni oching.
2. Pastdagi Boshqa xulosalar tugmasiga tegining yoki post yonidagi Boshqa parametrlar … tugmasiga tegining, soʻngra Statistika tugmasiga tegining.
3. Mos kelmaydigan post bildirishnomasiga tegining.
4. Yuqori qismdagi Shikoyat qilish tugmasiga teging.


TikTok oʻzining Hamjamiyat qoidalrini hokimiyat, siyosatchilar va yangiliklar hisoblariga majburlaydi?


Biz Hokimiyat, Siyosatchi va Siyosiy partiyalar hisoblari va yangiliklar uchun boshqa TikTok hisoblari bilan bir xil kontentni moderatsiyalash tajribasidan foydalanamiz.Bu real hayotdagi zoʻravonlik yoki qiynoq kabi jiddiy kontent qoidabuzarliklari uchun biz qoidabuzar kontentni olib tashlashimizni va hisoblarni butunlay bloklashimizni anglatadi.Biroq, ushbu fuqarolar manfaatlari hisoblarning fuqarolik jarayonlari va fuqarolik jamiyatida tutgan oʻrni tufayli, biz inson huquqlari va soʻz erkinligiga sodiqligimizga muvofiq turli hisob cheklovlarini joriy etamiz.Agar ular barcha hisoblarida belgilangan tanbehlar chekloviga yetsa, ular 90 kun davomida Siz uchun va Kuzatilmoqda tasmalarida vaqtincha paydo boʻla olmaydilar.

Jamoat manfaatlari hisoblari jamoat xavfsizligiga alohida yuqori xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan ayrim holatlarda, masalan, jamoat tartibsizliklari, saylovlar yoki boshqa xavfi yuqori boʻlgan ijtimoiy va siyosiy muhitlar davrida – biz boshqa cheklovlarni joriy qilishimiz mumkin.Agar jamoat manfaatlari hisobi fuqarolik jarayoniga putur yetkazishi yoki real hayotga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan zoʻravonlik, nafrat yoki notoʻgʻri axborotni targʻib qiluvchi kontentni tahdidlar yuzaga kelishi yuqori boʻlgan davrda joylasa, biz bu hisobning kontent joylashtirish imkoniyatini qoidabuzarlikning jiddiyligi va atrofdagi tahdidga qarab 7 kundan 30 kungacha cheklashimiz mumkin.Agar hisob egasining xatti-harakatlari uning qoidabuzarliklarni davom ettirishidan dalolat berishini va jamoat xavfsizligi hali ham tahdid ostida ekanini aniqlasak, cheklov muddatini uzaytirishimiz mumkin.Qarorimizda TikTokdan tashqarida oʻzini tutish qoidalarini ham nazarda tutishimiz mumkin.


Hisob tanbehlari va bloklanishlari


Kontentingiz olib tashlansa, TikTok hisobingizga nima boʻladi?

Kontentingiz Hamjamiyat qoidalarini buzganlik uchun birinchi marta bloklanganda, hisobingizda ogohlantiruvchi tanbeh olasiz.Kontentingiz nega olib tashlangani, kontent qaysi qoidani buzgani va biz xatoga yoʻl qoʻyganimizga ishonchingiz komil boʻlsa, shikoyat yuborish haqida bildirishnoma olasiz.Yodda tuting, agar birinchi qoidabuzarligingiz jiddiy boʻlsa, bu amal qilmaydi va ogohlantirish oʻrniga tanbeh olasiz.Biz hisobingizni ham bloklashimiz mumkin.

Tizimimiz hisobingiz Hamjamiyat qoidalarini necha marta buzganini hisoblaydi va birinchi ogohlantirishdan keyin har bir qoidabuzarlik uchun hisobingizda tanbeh olasiz.

Biz Hamjamiyat qoidalarida keltirilgan siyosat sohasi (masalan, xavfsizlik va xushmuomalalik) yoki funksiya (masalan, fikrlar yoki shaxsiy xabarlar) tomonidan berilgan tanbehlarni hisoblaymiz.Hisobingiz siyosat qoidabuzarligi jiddiyligiga qarab ogohlantirish oladi.Ogohlantirishlar hisobingiz butunlay bloklanish chegarasiga yetguniga qadar hisoblab boriladi.Sizga qoidabuzarliklarning har qanday oqibatlari haqida sizga xabar beramiz, jumladan, siz bloklanishga yaqin boʻlsangiz ham.Hisobni tekshirish ruknida qoidabuzarliklaringiz haqidagi yozuvlarga ham kirishingiz mumkin.

Qoidabuzarliklar haqidagi eslatmalarni koʻrib chiqish uchun:
1. TikTok ilovasida Kiruvchi tugmasiga tegining.
2. Tizim bildirishnomalariga tegining.
3. Hisob yangiliklari tugmasiga tegining.Sahifani varaqlashingiz kerak boʻlishi mumkin.

Yodda tuting, takroriy qoidabuzarliklar uchun yoki bitta qoidabuzarlikning jiddiyligiga qarab, hisobingizni butunlay bloklashimiz mumkin.Ayrim holatlarda, JONLI edir yoki shaxsiy xabarlar kabi muayyan funksiyialardan foydalanayogandagi qoidabuzarliklar uchun qoidabuzarlik holati darhol takrorlanishining oldini olish maqsadida kontentingiz nazorat ostida boʻlgan vaqtda funksiyadan foydalanish imkoniyatini vaqtincha cheklashimiz mumkin.

TikTok hisobingiz amal qilish muddati haqida ogohlantirish oldingizmi?


TikTok hisobingizga berilgan tanbehlar 90 kundan keyin tugaydi va keyinchalik hisobni doimiy bloklash uchun hisobga olinmaydi.

TikTok hisoblarni butunlay bloklaydimi?


Agar Hamjamiyatimiz qoidalari va Xizmat shartlarini quyidagi shaklda buzilganligini aniqlasak, hisobingizni butunlay bloklashimiz mumkin:
• Siz Xizmat shartlarida koʻrsatilgan minimal yosh talabi yoki boshqa talablarga mos kelmaysiz.
• Hisob aldov yoʻli bilan oʻzini boshqa shaxs yoki tashkilot sifatida koʻrsatadi.
• Hisobingizda ogʻir qoidabuzarlik bor:
༚ Yoshlar ekspluatatsiyasi yoki bolalarni jinsiy tahqirlovchi materiallarni joylash, reklama qilish yoki targʻib qilish (CSAM).
༚ Zoʻravonlikni reklama qilish yoki tahdid qilish.
༚ Zoʻrlash yoki zoʻravonlik kabi roziliksiz jinsiy aloqani namoyish etuvchi kontentni joylash yoki tanitish.
༚ Odam savdosini targʻib qiladigan kontentni joylash.
༚ Real qiynoqlarni tasvirlovchi kontentni joylash.
Boshqa hisobga qoʻyilgan cheklovlar yoki doimiy bloklashni qasddan aylanib oʻtish uchun boshqa TikTok hisobini yaratish yoki foydalanish.
• Hisobingiz biror siyosat yoki funksiya doirasida koʻp marta qoida buzganlik uchun tanbehlar chegarasiga yetdi.
Intellektual mulk siyosatini koʻp marta buzish.
• Hisobingiz toʻliqligicha bizning qoidalarimizni buzish uchun yaratilgan.

TikTok hisobingiz butunlay bloklanganini qanday bilishingiz mumkin?


Agar hisobingiz bloklangan boʻlsa, keyingi safar kirishga uringaningizda bloklash haqida xabar berish uchun bloklovchi bildirishnomasini olasiz.

TikTok hisobim bloklangandan keyin unga qanday kirish mumkin


Agar hisobingiz bloklangan boʻlsa, shikoyat yuborish va shaxsiy maʼlumotlarni yuklab olish uchun hisobingizga kirishingiz mumkin.Yodda tuting, biz shaxsiy maʼlumotlarni amaldagi qonunlar va maʼlumotlarni saqlash siyosatimizga muvofiq muayyan vaqtdan keyin oʻchirib tashlaymiz.Oʻchirib tashlagandan keyin hisobingizdan boshqa foydalana olmaysiz.

Kontentingiz olib tashlangan yoki TikTok hisobingiz bloklangan boʻlsa, qanday shikoyat qilinadi


Agar kontent yoki hisobingiz xato tufayli olib tashlanganiga ishonchingiz komil boʻlsa, bu qaror ustidan shikoyat qilishingiz mumkin.
Shikoyatingiz tasdiqlansa:
• Kontent yoki hisobingiz tiklanadi (agar siz hisob yoki kontentni oʻchirib yubormagan boʻlsangiz).
• Tanbeh hisobingizdan olib tashlanadi.

Eslatma: Kontentni oʻchirib tashlash tanbehlarni olib tashlamaydi va siz qoidani buzgan kontentni oʻchirib tashlaganingizdan keyin ham tanbehlar yuborishimiz mumkin.

Bloklanishdan keyin yangi TikTok hisobi yarata olasizmi?


TikTokda bir necha hisob yaratishingiz mumkin.Lekin, agar siz boshqa hisobingizga qoʻyilgan cheklov yoki bloklashlardan qochishga harakat qilsangiz, jumladan, quyidagi holatlarda, hisobingizni cheklashimiz yoki butunlay bloklashimiz mumkin:
• Hisobingiz jiddiy qoidabuzarlik sababli bloklangandan keyin yangi hisob yaratish.
• Yangi yoki mavjud hisobga qoidalarga zid kontent joylash.
• Bir nechta hisoblar orasida kontent qoidabuzarliklarini tarqatish.

Bu cheklov boshqa hisobingizda faol boʻlgan davrda amal qiladi.

Foydali boʻldimi?