Pleylistlar

Boʻlimga kirish 


TikTokdagi pleylistlar nima?  •  TikTokda pleylist qanday yaratiladi  •  Pleylistga post qanday qoʻshiladi va olib tashlanadi  •
  Pleylistlaringiz qanday boshqariladi 






TikTokdagi pleylistlar nima?


TikTokdagi pleylistlar ijodkorlarga oʻzlarining ochiq kontentini toifalashga va tomoshabinlarga aloqador postlarni ketma-ket tomosha qilish imkonini beradi.


Pleylistlardan hozirda TikTokdagi hamma ham foydalan olmaydi Agar profilingizdagi postlar panelida pleylistlar yaratish variantini koʻrmasangiz, bu pleylistlar hali siz uchun mavjud emasligini bildiradi.






TikTokda pleylistlar qanday yaratiladi


Kirish huquqiga ega boʻlsangiz, profilingizdan yoki kontentingizni joylashdan oldin pleylist yaratishingiz mumkin. Yodda tuting, pleylistingiz bir yoki bir nechta ochiq postlarga ega boʻlsagina, u boshqalarga koʻrinadi. Agar siz shaxsiy hisobga oʻtsangiz ham, pleylistlaringizni boshqarishingiz mumkin boʻladi, lekin ular TikTokda boshqa hech kimga koʻrinmaydi.


Birinchi pleylistingizni yaratish uchun:

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil bandiga tegining.

2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin TikTok Studio bandini tanlang.

3. Boshqa vositalar ruknida Pleylist bandiga tegining.

4. Pleylist yaratish tugmasiga tegining.

5. Birinchi pleylistingizni yaratish uchun quyidagi amallarni bajaring.


Birinchi pleylistingizni yaratganingizdan soʻng, profilingizdagi postlarda Pleylistlarni boshqarish tugmasiga teginish yoki TikTok Studio orqali pleylistlarni yaratishda davom etishingiz mumkin.


Profilingizdan pleylist yaratish uchun:

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil bandiga tegining.

2. Profilingizdagi postlar panelida Pleylistlarni boshqarish tugmasiga tegining.

3. Pleylist yaratish tugmasiga tegining.

4. Birinchi pleylistingizni yaratish uchun quyidagi amallarni bajaring.






Pleylistga post qanday qoʻshiladi va olib tashlanadi


Pleylistingizni yaratganingizdan keyin pleylistga siz avval yaratgan yana boshqa postlarni kiritishingiz yoki yangi postlarni kiritishingiz mumkin.


Pleylistga kontentni postdan toʻgʻridan-toʻgʻri kiritish uchun:

1. TikTok ilovasida siz pleylist kiritish uchun foydalanmoqchi boʻlgan videongizni oching.

2. Boshqa parametrlar … tugmasiga tegining. Bu yerdan:

   ༚  Pleylistga qoʻshish tugmasiga tegining va postni qoʻshmoqchi boʻlgan pleylistni tanlang.

   ༚  Postni hozir turgan pleylistidan olib tashlash uchun Pleylistdan olib tashlash tugmasiga tegining.


Eslatma: Post bir vaqtda faqat bitta pleylistda boʻlishi mumkin. Agar postni boshqa pleylistga kiritmoqchi boʻlsangiz, u allaqachon mavjud boʻlgan pleylistdan uni olib tashlashingizga toʻgʻri keladi.


Post e'lon qilinishidan oldin postni pleylistga qoʻshish uchun:

1. TikTok ilovasida postingizni yarating.

2. Joylash ekranida Boshqa parametrlar … tugmasiga tegining.

3. Pleylistga kiritish tugmasiga tegining. Unda quyidagilarni bajarishingiz mumkin:

   ༚  Siz videoni kiritmoqchi boʻlgan pleylistni tanlang.

   ༚  Yangi pleylist tugmasiga tegining va yangi pleylist yaratish uchun quyidagilarni bajaring. Yodda tuting, avval kamida bitta pleylist yaratishingiz zarur. Agar pleylist yaratmagan boʻlsangiz, Pleylistga kiritish parametrini koʻrmaysiz.

4. Videongizni joylash uchun Joylash tugmasiga tegining.






Pleylistlaringiz qanday boshqariladi


Postlar panelida yoki TikTok Studioda pleylistlaringizni istalgan vaqtda boshqarishingiz mumkin.


Pleylistni tahrirlash uchun:

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil bandiga tegining.

2. Profilingizdagi postlar panelida Pleylistlarni boshqarish tugmasiga tegining. TikTok Studio orqali pleylist menejeriga kirishingiz ham mumkin.

3. Tahrirlanadigan pleylistni tanlang. Unda quyidagilarni bajarishingiz mumkin:

   ༚  Postlarni olib tashlash tugmasiga tegining, soʻngra olib tashlamoqchi boʻlgan post(lar)ni tanlang.

   ༚  Postlarni kiritish tugmasiga tegining, soʻngra kiritmoqchi boʻlgan post(lar)ni tanlang.

   ༚  Joriy pleylistingiz nomi yonidagi Tahrirlash tugmasiga tegining va yangi pleylist nomini kiriting, soʻngra Bajarildi tugmasiga tegining.

   ༚  Postni pleylistingizda koʻrsatiladigan tartibga oʻzgartirish uchun uni bosing va tortib oʻtkazing. Yodda tuting, pleylistga oxirgi qoʻshilgan post birinchida turadi, agar siz tartibni oʻzgartirmasangiz.

4. Oʻzgarishlarni saqlash uchun Olib tashlash yoki Kiritish tugmasiga tegining. Yoki qayta tartiblash oʻzgarishlarini saqlash uchun pleylistdan chiqing.


Pleylistni oʻchirish uchun:

1. Profilingizdagi postlar sahifasida siz oʻchirib tashlamoqchi boʻlgan pleylistga tegining.

2. Pleylistingiz ekranining quyi qismidagi Boshqa parametrlar … tugmasiga tegining.

3. Pleylistni oʻchirish tugmasiga tegining.

4. Tasdiqlash uchun Oʻchirish tugmasiga tegining. Bu pleylist ichidagi postlarni oʻchirib tashlamaydi.



Foydali boʻldimi?