TikTok Notes

Boʻlimga sakrash


TikTok Notes nima?  •  TikTok Notes bilan ishlashni boshlash  •  TikTok Notesʼda post joylash  •  TikTok Notesʼda hisobingiz sozlamalari  •  Postlar va profilingizni oʻchirish 






TikTok Notes nima?


TikTok Notes – bu odamlar suratli postlar orqali lahzalarini ulashish uchun moʻljallangan ilovadir. Sarguzashtlaringizni hujjatlashtirishingiz, fikrlaringizni bildirishingiz yoki shunchaki kuningiz lavhalarini ulashishingizdan qatʼi nazar, bu taassurot suratli kontent orqali ulashish va ishtirok etishni xohlovchilar uchun moʻljallangan.






TikTok Notes bilan ishlashni boshlash


TikTok hisobingiz TikTok Notes ilovasiga ulanadi, shunda siz hisobga kirgan holatda qolishingiz va hisob yaratishda taqdim etgan joriy maʼlumotlaringizdan foydalanib, ikkita ilova orasida harakatlanishingiz mumkin. Agar sizda TikTok hisobi boʻlmasa, TikTok Notes orqali registratsiya qilishingiz mumkin.






TikTok Notesʼda post joylash


TikTok Notesʼda kontent yaratish uchun bevosita ilovada post joylashingiz hamda TikTok ilovasidagi istalgan suratli postlaringiz va eng sara fikrlaringizdan istalganini TikTok Notesʼda koʻrinadigan qilishingiz ham mumkin. TikTokdagi original postingiz boshqalarga u TikTok Notesʼda ham mavjudligini bildirish uchun havolani koʻrsatadi.

Agar TikTok Notesʼda TikTok suratli postlar va suratli fikrlaringizni koʻrinadigan qilishni tanlasangiz:
Ilovani yuklab olish va kirishdan oldin
•  TikTok Notes profilingiz koʻrinadi va foydalanishga tayyor boʻladi.
•  Profilingiz va mavjud ommaviy suratli postlar va eng sara fikrlaringiz TikTok Notesʼda TikTok foydalanuvchi nomingiz orqali koʻrinadi va qidirilishi mumkin.
•  Agar 18 yoshdan kichik boʻlsangiz, TikTok Notes profilingiz birlamchi sozlamalarda yopiq qilib sozlangan.
•  Agar TikTokdagi ommaviy suratli postlar yoki eng sara fikrlardan birini oʻchirsangiz, post yoki fikr TikTok Notesʼdan ham oʻchirib tashlanadi.
•  Ilova ishga tushmasdan oldin TikTok hisobingizni faolsizlantirsangiz yoki oʻchirib tashlasangiz, TikTok Notesʼdagi barcha postlar va fikrlar oʻchirib tashlanadi. Hisobingizni qayta faollashtirganingizda, avvalgi suratli postlar TikTok Notesʼda tiklanmaydi.

Ilovani yuklab olgandan va kirgandan keyin
•  Suratli postlaringizni TikTokdagi joylash ekranida TikTok Notesʼga ulashishni tanlashingiz mumkin (bu sozlama birlamchi sozlamalarda faolsizlantirilgan).
•  TikTok Notesʼdagi postlaringiz oʻz statistika majmuasiga ega boʻladi (post tomoshalari, layklar va fikrlar kabi) va TikTokdagi statistikadan alohida boʻladi.

Unutmang, TikTok Notes suratli postlarga diqqat qaratgan, shuning uchun ularni TikTok Notesʼga joylaganingizda TikTok postlaringizdagi har qanday ovoz olib tashlanadi.






TikTok Notesʼda hisobingiz sozlamalari


Ilovani yuklab olib, registratsiya qilganingizdan yoki unga kirganingizdan keyin TikTok Notesʼda maxfiylik sozlamalari va profil axborotingizni mustaqil boshqarishingiz mumkin.

TikTok Notesʼda maxfiylik sozlamalari va mustaqil boshqarishingiz mumkin boʻlgan profil axboroti:
Hisob turi: TikTok Notesʼda maxfiy hisob yoki ommaviy hisobga ega boʻlishni tanlashingiz mumkin.
Postlarimga kimlar fikr bildira oladi: Har bir postingiz uchun fikrlarni yoqish yoki faolsizlantirishingiz mumkin.
Kuzatish: Har bir ilovada turli hisoblarni kuzatishingiz mumkin. TikTok Notesʼga birinchi marta kirganingizda sizga TikTokda kuzatadigan hisoblaringiz roʻyxati koʻrsatiladi va siz TikTok Notesʼda bir xil hisoblarni kuzatish yoki kuzatmaslikni tanlashingiz mumkin.
Nik: Sizda har bir ilova uchun turli nik tanlash imkoniyati mavjud.
Profil rasmi: Sizda har bir ilova uchun turli profil rasmiga ega boʻlish imkoniyati mavjud.

Eslatma: Yuqoridagi sozlamalar yoki profil axborotlariga kiritilgan har qanday oʻzgarishlar faqat TikTok Notes profilingizga tatbiq etiladi.

TikTok va TikTok Notes orasida ulashilgan hisob sozlamalari:
Foydalanuvchi nomi: TikTok hisobingiz va TikTok Notes profilingiz bir xil foydalanuvchi nomiga ega boʻladi. TikTok ilovasidagi foydalanuvchi nomingizga kiritilgan har qanday oʻzgarishlar TikTok Notes profilingizga ham tatbiq etiladi.
Bloklangan hisoblar: Siz bloklagan hisoblar TikTok va TikTok Notesʼda bloklanadi.
Oilaviy sozlamalar: Ota-onalar va vasiylar TikTokda Oilaviy sozlamalar orqali oʻsmir farzandlari uchun xavfsizlik sozlamalarini sozlashda davom etishi mumkin. Unutmang, topilish imkoniyati va fikrlarni bevosita TikTok Notesʼda boshqarish kerak.

TikTok Notes ilovasidagi profilingiz haqidagi axborot tafsilotlari uchun Maxfiylik siyosatimiz bilan tanishing.






Postlar va profilingizni oʻchirish


Postlar yoki fikrlaringizni oʻchirish uchun har bir post yoki fikringizni bevosita TikTok Notes ilovasida oʻchirishingiz mumkin. Agar TikTokda suratli post yoki fikrni oʻchirib tashlasangiz, ilovani yuklab olib, unga kirganingizdan keyin u TikTok Notes ilovasida avtomatik ravishda oʻchirib tashlanmaydi. Unutmang, ilovani yuklab olish va unga kirishingizdan oldin siz TikTokda oʻchirib tashlagan suratli postlar va fikrlar TikTok Notes ilovasida ham oʻchirib tashlanadi.

TikTok Notes profilingizni oʻchirish uchun TikTok hisobini boshqarish sozlamasi orqali soʻrov yuborishingiz mumkin. Unutmang, agar soʻrov yuborsangiz, biz TikTok hisobingiz va TikTok Notes profilingizni oʻchirib tashlaymiz va ortiq ulardan foydalana olmaysiz. Shu bilan bir qatorda, siz TikTok hisobingiz va TikTok Notes profilingizni faolsizlantirishni tanlashingiz mumkin hamda biz maʼlumotlaringizni saqlaymiz, shunda ularni istalgan vaqtda tiklashingiz mumkin.

TikTok Notes profilingizni qayta faollashtirish uchun ilovada avval ishlatgan ayni login maʼlumotlaringiz bilan kirishingiz mumkin. TikTok hisobingiz ham qayta faollashtiriladi.

TikTok Notes maʼlumotlaringizni talab qilish, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, foydalanuvchi nomi, suratlar tarixi, fikrlar tarixi va maxfiylik sozlamalarini talab qilish uchun Maʼlumotlaringizni yuklab olish vositasidan foydalanishingiz mumkin.



Foydali boʻldimi?